Muso (a.s.) qissalaridan dars va ibratlar
Alloh taolo Muso (a.s.) va qavmlari bani Isroil haqida Qur’oni karimda juda batafsil ma’lumot bergan. Muso
(a.s.)ning tavalludlaridan boshlab, to umrlarining oxirigacha hayotlari aks etgan oyati karimalarning ma’nolari
va ularning hikmatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, bu qissadan juda katta dars va ibrat olishimiz mumkin.
Qissada Alloh taolo o‘zining qudratini ham, Fir’avn va uning tarafdorlari makriga munosib makrini ham,
kutilmagan yerda bandalariga najot beruvchi mehribon Zotligini ham, bani Isroil qavmini qirq yil Tiyh vodiysida
sargardon qilganidek qahrini ham namoyish etgan. Har bir kitobxon bu qissani o‘qir ekan, o‘ziga quyidagi
ibratlarni olish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |