Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
88
َﺷ
ْﻢُﻬُﺘَﻋﺎَﻔَﺷ
ﻲِّﻨَﻋ
ِﻦْﻐُﺗ
ﻻ
ﱟﺮُﻀِﺑ
ُﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا
ِنْدِﺮُﻳ
ِنوُﺬِﻘْﻨُﻳ
ﻻَو
ﺎًﺌْﻴ
)
٢٣
(
ٍﻦﻴِﺒُﻣ
ٍلﻼَﺿ
ﻲِﻔَﻟ
اًذِإ
ﻲِّﻧِإ
)
٢٤
(
ِنﻮُﻌَﻤْﺳﺎَﻓ
ْﻢُﻜِّﺑَﺮِﺑ
ُﺖْﻨَﻣﺁ
ﻲِّﻧِإ
)
٢٥
(
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ
ﻲِﻣْﻮَﻗ
َﺖْﻴَﻟ
ﺎَﻳ
َلﺎَﻗ
َﺔﱠﻨَﺠْﻟا
ِﻞُﺧْدا
َﻞﻴِﻗ
)
٢٦
(
ﺎَﻤِﺑ
َﻦﻴِﻣَﺮْﻜُﻤْﻟا
َﻦِﻣ
ﻲِﻨَﻠَﻌَﺟَو
ﻲِّﺑَر
ﻲِﻟ
َﺮَﻔَﻏ
)
٢٧
(
َﻋ
ﺎَﻨْﻟَﺰْﻧَأ
ﺎَﻣَو
َﻦِﻣ
ٍﺪْﻨُﺟ
ْﻦِﻣ
ِﻩِﺪْﻌَﺑ
ْﻦِﻣ
ِﻪِﻣْﻮَﻗ
ﻰَﻠ
َﻦﻴِﻟِﺰْﻨُﻣ
ﺎﱠﻨُآ
ﺎَﻣَو
ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا
)
٢٨
(
َنوُﺪِﻣﺎَﺧ
ْﻢُه
اَذِﺈَﻓ
ًةَﺪِﺣاَو
ًﺔَﺤْﻴَﺻ
ﻻِإ
ْﺖَﻧﺎَآ
ْنِإ
)
٢٩
(
«Ey, Muhammad, Siz ularga qishloq
(Qishloqning nomi Antokiya bo‘lib, u Rum (hozirgi Italiya)ning qadimiy
qishloqlaridan biridir.)
ahlining u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring! O’shanda Biz ularga ikkita elchini
yuborganimizda ular ikkisini yolg‘onchiga chiqarishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik. Bas,
(uchchala elchi
Antokiya ahliga)
: «Haqiqatan, biz sizlarga yuborilgan elchilarmiz» - degan edilar. Ular: «Sizlar ham xuddi bizlarga
o‘xshagan odamlarsiz. Rahmon biror narsa nozil qilgani yo‘q. Sizlar faqat yolg‘on so‘zlamoqdasizlar» - dedilar.
Elchilar aytdilar: «Robbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga yuborilgan elchilardirmiz! Bizlarning zimmamizda
faqat Allohning vahiysini sizlarga aniq yetkazishgina bordir. Ular dedilar: «Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz.
Qasamki, agar da’vatlaringizni to‘xtatmasangizlar, sizlarni albatta, toshbo‘ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan
alamli azob yetar». Elchilar aytdilar: «Shumlanishingiz o‘zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa
shumlanasizlarmi?! Yo‘q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!» Shu payt bir kishi
(Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi
Habib ismli bir xudojo‘y duradgor edi)
shaharning ichkarisidan shoshganicha kelib, dedi: «Ey qavmim, bu elchilarga
ergashinglar! O’zlari hidoyatda bo‘lgan va sizlardan haq so‘ramaydigan zotlarga ergashinglar!» U yana aytdi:
«Nega men o‘zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? Sizlar ham Ungagina qaytarilursizlar. Men Undan o‘zgalarni
iloh qilib olaymi? Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u
(iloh)
larning shafoatlari menga
biror foyda bera olmas va ular meni azobdan qutqara olmaslar. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo‘lurman-
ku! Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo‘yingiz!»
(So‘zlariga boqmay uni qatl qilishgach,
unga)
«Jannatga kir», - deyildi.
(U joydagi noz-ne’mat va izzat-ikromni ko‘rgach)
, u aytdi: «Qani edi qavmim bilsalar
Robbimning meni mag‘firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini». Biz undan
(Habib an-Najjor qatlidan)
keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qo‘shin
(azob farishtalarini)
tushirmadik. Biz
(shoshilinch)
tushiruvchi
bo‘lmadik. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo‘ldi-yu, birdaniga ular «o‘chib» qoldilar».
(Yosin, 13-29.)
Avvalgi ulamolardan Ibn Abbos, Ka’bul-Ahbor va Vahb ibn Munabbahdan, keyingi ulamolardan Burayda ibn
al-Xasib, Ikrima, Qatoda, az-Zuhriy va boshqalardan qilingan rivoyatlarga qaraganda mazkur qavm yashagan
qishloqning nomi «Antokiya»dir.
Ibn Ishoq nomlari zikr etilgan avvalgi ulamolardan yana
shuni ham rivoyat qilganki, mazkur qavmning Antixus ibn
Antixus ismli podshohlari bo‘lib, ular sanamlarga sig‘inardilar. Alloh taolo ularga Sodiq, Masduq va Shalum ismli uch
payg‘ambarni yubordi. Qavm esa payg‘ambarlarning da’vatiga quloq tutmadilar, ularni yolg‘onchi qildilar.
(Ibn Kasir.
Qisasul-anbiyo. Qohira. 212-bet.)
Qatodaning
taxmin qilishicha, Antokiya xalqiga yuborilgan uch payg‘ambarning ismlari Sham’un, Yo‘hanno
va Pavlus bo‘lib, ular Iso (a.s.)ning elchilari edilar.
Qatodaning fikri noto‘g‘ri, chunki tarixda Antokiya shahri Iso Masih dinlarini qabul qilgan birinchi shahardir. Shuning uchun
ham mazkur shahar dunyoda eng katta bo‘lgan to‘rt patriarxiya – Antokiya, Quddus, Iskandariya va Rumiyaning bittasi
hisoblanadi. Qustantiniya esa beshinchi o‘rindadir. Qur’onda zikr etilgan qavm esa, payg‘ambarni tan olmagani uchun
halokatga uchragan.
(Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 213-bet.)
Lekin ikki rivoyatni quyidagicha jamlash mumkin. Ya’ni Antokiya qavmiga qadimda ham mazkur uch payg‘ambar –
Sodiq, Masduq va Shalum ismli payg‘ambarlar yuborilgan.
Ular inkor etilgach, qavmni Alloh taolo halokatga uchratgan.
Oradan uzoq yillar o‘tgandan keyin, Iso Masih davrida ham shu shahar aholisiga yana uch havoriy-Sham’un, Yuhanno va
Pavlus Iso payg‘ambar tomonidan da’vat uchun yuborilgan. Qavm ularni yaxshi kutib olishib, Iso (a.s.) shariatlarini qabul
etishgan. Ammo bu fikr tarixiy nuqtai nazardan ancha uzoq, chunki, Antokiya tarixida hech qachon, Iso (a.s.)ning davrida
ham, undan oldin ham biror qavm ommaviy halokatga uchramagan.
(Muxtasari tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 121-bet.)
Qur’onda qissa qilingan uch payg‘ambarning Iso Masih havoriylari emasligiga uch dalil bor.
Birinchisi shuki,
oyatda xabar berilgan payg‘ambarlarni Alloh tomonidan yuborilganiga
Do'stlaringiz bilan baham: