Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
va’dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin, ko‘pchiligi
(buni)
bilmaydilar».
(Qosos, 13.)
Alloh taoloning hikmatini qarangki, kohinlarning bashoratidan so‘ng Fir’avn qattiq qo‘rqib yurgan Musoni –
o‘zining ashaddiy dushmanini o‘z himoyasida, o‘z bag‘rida o‘stirib-ulg‘aytirdi.
Muso (a.s.) chopib yuradigan bo‘lganda, Osiya Yukobidga odam yuborib: «Men o‘g‘limni juda sog‘indim,
saroyga-mening ziyoratimga olib kel!» - deb buyurdi. Saroy a’yonlariga esa: «Biror
kishi qolmasdan mening
sevikli o‘g‘limni hadyalar va izzat-ikrom bilan kutib olsin!» - deb amr etdi. Saroy a’yonlari turli-tuman sovg‘alarni
qo‘llarida ushlagancha, Osiyaning saroyidan Muso tug‘ilgan uyning darvozasigacha saf tortib, Muso
va uning
onasi Yukobidga hurmat bajo keltirdilar.
Muso (a.s.) saroyga yetib kelgach, Osiya ham o‘g‘lini bag‘riga bosib, hurmat bajo keltirib, hadyalar berdi.
Keyin Muso (a.s.)ni qo‘lida ko‘tarib, Fir’avn huzuriga olib bordi va uning tizzasiga o‘tqazib qo‘ydi. Muso (a.s.)
Fir’avnning
soqolidan ushlab, pastga torta boshladilar. Buni ko‘rib turgan g‘alamus kimsalar yomon gumon
qilishib, Fir’avnga: «Eshitmaganmisiz, Ibrohimga uning Allohi nima deb va’da qilgan edi? Shubhasiz,
bu bola
ham sizning soqolingizni yerga tortib, o‘zini sizga merosxo‘r bo‘lishiga, sizga g‘olib bo‘lishiga, sizni halok
etishiga ishora qilyapti!» - deyishdi.
Fir’avn g‘azab otiga minib, darhol Musoni jallodlar qo‘liga yubordi. Buni ko‘rgan Osiya Fir’avnning
yoniga kelib, bolaga
qahr qilganining sababini so‘radi. Fir’avn unga: «Ko‘rmayapsanmi, u mening soqolimni yerga ishqab,
meni halok etishga
va mendan g‘olib bo‘lishga ishora qilyapti» - dedi. Osiya unga javoban: «Axir, bu aqli yo‘q yosh bola-ku! Agar unga cho‘g‘
bilan tilloni yonma-yon qo‘ysang, ularni bir-biridan ajratolmaydi» - dedi. Bir idishga qizib turgan cho‘g‘ni, ikkinchi idishga
yaltirab turgan tillo tangalarni solib Muso (a.s.)ning oldilariga qo‘yilgan edi, Muso (a.s.) cho‘g‘ga qo‘l uzatdilar. Shunday
qilib, Muso (a.s.)ni o‘ldirishdan Fir’avn ikkinchi bor qo‘l siltadi».
(Nasaiy. Kitobut-tafsir. Toho surasining 40-oyati tafsirida.)
Muso (a.s.) voyaga yetib, aqllari to‘lgan vaqtda Alloh taolo u kishini fahm-farosat va ilm-hikmat sohibi qildi.
Buning ustiga Muso (a.s.) Fir’avnning saroyida hech narsaga muhtoj bo‘lmasdan, yayrab,
jismonan baquvvat
bo‘lib o‘sdilar. Shunga qaramasdan, o‘zlari isroiliy bo‘lganlari uchun, mazlum qavmlariga imkoniyatlari
yetganicha
yordam berar edilar, ularni qibtiylarning zulmidan himoya qilardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: