Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
91
kaltaklar bilan tashlansa, boshqalar qurol-yaroqsiz, lekin bo‘riday qahr-g‘azab-la kurashib, qirg‘inbarotu 
yong‘inlar alangasida to‘qnashishar edi. Turli mamlakatlar va shaharlardagi mahbuslar isyonlarining 
tashqi sababi nima ekanligidan qat’iy nazar, mash’um Kassandra tamg‘asi – jazo muddatini o‘tayotgan 
jinoyatchilarning g‘ashiga tekkan o‘sha mash’um xol asosiy sabab bo‘lganligi aniq.
Jurnalistlar o‘sha kuni yanada g‘aroyib xabarlar keltirishdi, masalan, portlarning birida uyushtirilgan 
reportajda dengizchilar norozilik bildirib safarga chiqishdan bosh tortishgan. Langar tashlangan kemalar 
oyna-derazalari singan kimsasiz uylarga o‘xshab qaqqayib turar ekan.
Gapirganlarning hammasi bir narsani – samoviy tajovuzkor Filofeyni raketa bilan urib tushirishni, 
zondaj-nurlarning manbai bo‘lmish orbital stantsiyani yo‘qotishni talab qilishar edi.
Televizorlarda sayyoraning turli nuqtalaridagi shu kabi voqealar darhol ko‘zdan kechirilgandan keyin 
nihoyat ekranda matbuot konferentsiyasi o‘tkaziladigan zal paydo bo‘ldi. Zalda odam liq to‘la edi. 
Odamlar devorlarga suyanib tik turishar, yo‘laklarga o‘tirib olishgan edi. Hammaning ko‘zi tegishli 
asbob-uskunalar bilan jihozlangan sahnada edi – orbitadagi Filofey ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan katta 
ekran sahnaning yon tomonida zalga qiya turar edi. Har biri talay mikrofonlar qurshovida ikki kishi – 
Entoni Yunger va teleko‘rsatuvlarni olib boruvchi, ma’lum va mashhur Uolter Shermet sahnadagi stol 
atrofidan o‘rin olishdi. Zaldagilar hammasi hayajonda – buni sokin va umidvor chehralardan, balqib 
turgan sergak ko‘zlardan, cho‘zilgan bo‘yinlardan ham ko‘rsa bo‘lardi. Kerak bo‘lsa shaytonni ham 
suratga ola biladigan ko‘pni ko‘rgan fotoreportyorlar daryodan suzib o‘tishga majbur bo‘lgan echkilarga 
o‘xshab qo‘rqa-pisa ishga kirishishmoqda edi.
Tepakal, bashang kiyinib olgan so‘zamol Uolter Shermet kasbi-kori taqozosi ila tabassum qilmoqchi 
bo‘ldi-yu, uddasidan chiqa olmadi. Hozir uning so‘zamolligiyu artistlarga xos beparvoligi ham ish 
bermadi. Entoni Yunger esa, aksincha, xayolchanlik bilan ish tutdi. Uning musibatdan dili vayron 
ekanligidan va iroda kuchi ila o‘zini dadil tutgani bilan kimning ne ishi bor deysiz, axir u Robert Borkning 
o‘rnini bosishi, million-million teletomoshabinlarning ko‘z o‘ngida kosmosdagi Filofey bilan muloqotda 
ishtirok etishi kerak-ku! Buning ustiga kechasi uning qallig‘i Ketti onasi bilan Dublin shahridan kelgan, 
matbuot konferentsiyasi deb ularni aeroportda kutib ololmadi. Bu ham uning dilini g‘ash qilar edi. Entoni 
diqqat-e’tibor bilan ish ko‘rar, yonoqlarida g‘urralar bo‘rtib chiqqanday edi. Entoni tushunar edi: u o‘z 
qo‘lida vafot etgan Robert Borkning ishi haq ekanligiga ishongan holda o‘z fikrida mudom turishi yoki 
Ordok qo‘mondasidan bo‘lgan kechagi og‘aynilarning mazaxlariyu ahmoqona harakatlari, ko‘chalardagi 
hushtakbozliklaru otilgan toshlar dastidan Bork singari nobud bo‘lishi uchun taqdir uni voqealar 
peshsahnasiga olib chiqqan edi.
Shu asnoda qutqudan o‘zini unutgan odamlar orasidagi asabiy vaziyat taranglashib so‘nggi nuqtasiga 
yetdi. Hamma eng muhim paytni – teleefirda Filofeyning paydo bo‘lishini kutar, sharhlovchilardan biri 
aytganidek, uni ko‘plashib dunyoviy nafrat oloviga uloqtirish uchun tayyor turar edi. Bu lahza tobora 
yaqinlashmoqda. Endi portlatish oldidan bo‘lgani kabi sekundlar ko‘plikdan ozlik sari teskari yo‘nalishda 
sanalmog‘i kerak edi.
Kunduzi kuni gospitalda Robert Borkning o‘z ajalidan o‘lmaganligi haqida xulosa chiqarilganda Jessi 
ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib, dedi:
— Entoni, agar seni mening Robertimning qismati kutayotgan bo‘lsa, bu yo‘ldan qayt. Robert uchun 
haqiqat hamma narsadan muhim edi, u shu yo‘lda halok bo‘ldi. Sen o‘zing haqingda o‘yla. Hali yoshsan. 
Sening o‘n gulingdan bir guling ochilgan emas. Robertga o‘xshab joningni tikishing shartmi?
Shu daqiqada suhbatni davom ettirish oson bo‘lmaganidan u qisqagina javob qildi:
— Men sizni tushunyapman, Jessi. Lekin Robert Bork o‘z qismatiga chap berishni xohlamagan ekan
nega men chap berishim kerak?
Ular gospitalning kutish xonasida katta deraza yonida, kasallar bilan shifokorlardan nariroqda turishar 
edi. Quyosh oyna orqali xonaga shaffof yog‘dusini sochib turar, osmon ham osoyishta va tiniq edi, sal 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish