Kutubxonachi.uz
92
nariroqda zarang daraxtining barglari oftob nurida beozor oltinlanmoqda edi... Futurologning
musibatdan ado bo‘lgan bevasi birdan keksayib qolgan edi. U daydi darvishga o‘xshab qolgandi. Jessi
nima qilishini bilmas edi. Alamini yig‘idan olar edi. O’zini tutib olish uchun bo‘lsa kerak, nimalarnidir
o‘zicha to‘ng‘illar, allanimalarnigina o‘ylar edi.
— Robert sevgi ikki daryo qo‘shilganday gap deb ko‘p aytar edi. Men esa kulardim: o‘zing ana shu
azim daryoda cho‘kib ketasan, Bob, der edim. Mana endi tushundim – mening daryom yo‘q. Bu daryo
to‘xtab, qurib qoldi, men esa bo‘m-bo‘sh qirg‘oqqa uloqtirildim...
Shu on Jessining og‘zidan qandaydir g‘alati, sirli ibora chiqib ketdi:
— O’, sho‘rlik kitlar, men violenchel chalganimda endi senlarni kim eslaydi?
Bu so‘zlardan Entoni hang-mang bo‘lib qolib, bu bilan Jessi nima demoqchi bo‘lganini so‘ramoqchi
bo‘ldi-yu botina olmadi. Ayriliq ne ko‘ylarga solmaydi odamni deb o‘ylab qoldi.
Shundan keyin ular ertagacha xayrlashishdi. Entoni telealoqaga tayyorlanishi kerak edi. Vaqt juda
kam qolgan. Jessi Chikagodan qizi bilan kuyovining kelishini kutib gospitalda qoldi. Entonining omadi
chopdi, gospitalga Dublinga telefon qilib, safarga otlanayotgan Ketti bilan gaplashdi, u hayajonda edi –
axir Kettilar kelishi bilan to‘y masalasini kelishib olish kerak edi-da. hamma ishlar bir vaqtga to‘g‘ri kelib
qolishini kim bilibdi deysiz. Ehtimol, uchar yulduzlargina Vaqt
va Fazo orqali o‘tib bir-birlari bilan shunday to‘qnashishar.
Ketti bilan suhbatlashishning o‘zi bo‘lmadi. Ketti En-tonining qo‘ng‘irog‘ini kutib turdi va uning yoqimli
ovozi bir zum baxtli onlar bo‘lib qulog‘iga kirdi. Ketti turgan-bitgani – kiprik qoqishi, nafas olishi-yu
qadam tashlashigacha Entoni uchun hech qanday dalil-isbotsiz baxt edi.
— Bormisan, Entoni?! – dedi Ketti. — Telefon qilasan deb rosa kutdim. — Telefondan tanish taft
kelganday tuyuldi. — Onam bilan chorak soatdan keyin yo‘lga chiqamiz. Qanday, yaxshi yuribsanmi,
Entoni? Kutyapsanmi?
— Uzr, Ketti. Men ham o‘lguday tajang bo‘ldim, seni ko‘rmay qolamanmi deb cho‘chidim.
— Hechqisi yo‘q, yaqinda diydor ko‘rishamiz. Shunchaki sening ovozingni eshitay degan edim.
— Bilasanmi, bir muammo chiqib qoldi. Hozir tushuntirib o‘tirishga vaqt yo‘q. Keyin hammasini aytib
beraman. Mening uchun onangdan kechirim so‘ra: men senlarni aeroportda kutib ololmayman.
Taksiga o‘tiringlar.
— Nima gap o‘zi, Entoni? Jiddiy bir voqea sodir bo‘ldimi?
— Ha, bo‘lganda qanday. Bu uzoq gap. Qisqacha aytib qo‘yay. Men bugun kechqurun halok bo‘lgan
futurolog Robert Borkning o‘rniga matbuot konferentsiyasida ishtirok etishim kerak.
— Nega endi? Uni darg‘azab namoyishchilar o‘ldirishdi deb radioda xabar berishdi. Bunga sening
nima daxling bor?
— Bilasanmi, men Filofey bilan o‘rnatiladigan kosmik telealoqaning me’mori edim. —
Filofey bilan? O’sha, haligi bilan-a?
— Ha. O’sha bilan Robert Bork gaplashishi kerak edi.
— Hech narsa tushunmayapman, Entoni! hech narsa!
— Keyin hammasini aytib beraman. Shunday bo‘p qoldiki, Filofey bilan endi men suhbatlashaman,
keyin senga va onangga tushuntirib beraman, lekin boshqa iloji yo‘q.
Kettining ovozi pasayib qoldi va uning kafti bilan telefon dastasini to‘sib turganini sezdi:
— Yaxshi, Entoni. Keyin aytib berasan. Men onamga hozircha hech nima demay turaman. U juda
hayajonda, darg‘azab – qandaydir esi past kosmosdan turib butun dunyoni alg‘ov-dalg‘ov qilsa-ya,
deydi. Har holda xursand emas.
— Men onangning ham, sening ham holingga tushunib turibman, — javob berdi Entoni. — Lekin
o‘tinib so‘rayman, Ketti, onang bo‘lar-bo‘lmasga tashvish tortmasin. Keyin hammasini ipidan
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |