Kutubxonachi.uz
87
–
Bu nima deganing? hozirgina Entoni kosmos bilan aloqa o‘rnatadi, men Filofeyni ko‘raman va u
bilan hamma narsani gaplashib olaman, kechqurun esa Filofey bilan birgalikda matbuot
konferentsiyasi o‘tkazamiz, muammoni o‘z nuqtai nazarimizdan tushuntirib beramiz degan eding-ku!
O’ylaymanki, odamlar nihoyat, sizlarning ularga yomonlik ravo ko‘rmasdan, yaxshilik qilmoqchi
ekanliklaringizni tushunib olishadi.
–
Hozircha men sening gaplaringni eshityapman, fikringga qo‘shilaman, Jessi, ha, hozircha. Axir,
bu yerda to‘planganlar matbuot konferentsiyasini kutib o‘tirishmaydi-ku! Ular tezda orani ochiq
qilishlari kerak. Qaragin, odamlar ustma-ust kelishyapti, odam qancha ko‘p to‘plansa, shuncha
tajovuzkor bo‘ladi. Hali vaqt bor, ular bilan ochiqchasiga gaplashib olishim kerak.
–
Bilmadim. O’zingni tahlikaga solayapsan.
–
Demak, men o‘zimni xavfga qo‘yyapmanmi? Men ularga Filofey kashfiyoti haqidagi o‘z fikrimni
aytib bermoqchiman.
–
Sen bu fikringni o‘z maqolangda aytgansan.
–
Bu yetarli emas. Yoki undan qoniqishmagan. Bu odamlar maqola o‘qishmaydi.
–
Robert, qara-qara, ular nima qilishyapti — sening suratlaringni yondirishyapti!
–
Mening suratlarimnimi? Nima bo‘pti, men siyosiy yo‘lboshchimanmi?
–
Qara! Bu suratingning kattalashtirilgan nusxalari.
–
Nima deya olardim? Esiz, qog‘ozlar yonyapti.
–
Xo‘sh, politsiya qani?
–
Politsiyaning nima keragi bor? Politsiya kelgan. Ho‘ ana, uchtasi muyulishda turibdi. Sen ularni
ko‘rmadingmi?
–
Atigi uchtami? Nega ular jim turishibdi?
–
Ularning qo‘lidan nima kelardi? Birovning suratlarini yondirganlari bilan ularning necha pullik ishi
bor. Vassalom.
–
Bunday holni televizorda ko‘p ko‘rganman. Mana endi o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Go‘yo hindistonda
bo‘layotganga o‘xshaydi. Xuddi o‘zi-ya! Tezroq Entoni kelib qolsa edi! Nima uchun ular
kelishmayaptikin?
–
Bilmayman. Shu paytda ko‘chalar tiqilinch bo‘ladi. O’zing bilasan-ku!
Ikkalasi jim bo‘lib qolishdi. Shu topda ularning o‘tirgilari ham, turgilari ham, gapirgilari ham, biron
nima degilari ham kelmayotgan edi.
Xuddi shu on olomon harakatga kelib buyruq berilganday baravar “Bork javob bersin!”, “Bork
javobgarlikka tortilsin!” deya bo‘kira boshlashdi.
Keyin bu baqiriq-chaqiriqlar avj olib g‘azabga mina bordi. Endi chidab bo‘lmay qoldi. Odamlar
Borkning tashqariga chiqishini talab qila boshlashdi. Qayoqdandir manglayini bo‘yab olgan bir to‘p
ayollar paydo bo‘lishdi. Ular “Tribyun” gazetasining yangi sonlarini silkitib “Bork razil! Borkka Kassandra
tamg‘asini kuydirib bosish kerak! Kassandra tamg‘asi uchun kaltaklansin! Bork — yaramas!” deb dod
sola boshlashdi. Boshqa bir guruh odam “Ordok haq! Ordok haq!” deb hayqirar edi.
Vaziyat jo‘shga kirib, olomon hayajonlana boshladi. Tartib o‘rnatmoqchi bo‘lgan politsiyachilar
butunlay ojizlik qilib qolishdi. Ulardan biri olomondan bir amallab qutulib chiqib mashinasidan
qayoqqadir telefon qilib yordam so‘raganga o‘xshaydi.
Olomon ko‘chani to‘ldirib Borkning uyi tomon yo‘l oldi. Xaloyiq xiyobondagi uzun o‘rindiqlar,
fonuslarni uzib sindirib borardi. Kishilar ovozi boricha qiyqirishar, ayollar dod-voy solishar edi.
Erining pidjak kiyayotganini ko‘rib Jessi:
–
Qayoqqa ketayapsan! Bora ko‘rma! — deya qichqirib yubordi.
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |