Microsoft Word O'quv qo'llanma



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

 
guruhi
 
97
 
79
 
72
 
66 87 84 65 72 58 60 77
 
49
 
59
 
64 51 53
Nazorat 
guruhi
 
97
 
76
 
76
 
64
 
78 91 61 78 54 59 73
 
43
 
53
 
68 56 49
 
Ikkinchi murakkablik darajasidagi test topshiriklarini to‘g‘ri bajarish uchun 
talabadan fizikaning mazkur bo‘limlari bo‘yicha biror bir fizikaviy qonuniyat yoki 
tushuncha doirasida muayyan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etilgan. 
Ushbu murakkablik darajasidagi «Doimiy magnitning maydon kuchlanganligini 
hisoblang» mazmunidagi test topshirig‘ini tajriba guruhidan 58 nafar, nazorat 
guruhidan esa 54 nafar o‘quvchi to‘g‘ri bajargan. «Magnit kuch chiziqlari va elektr 
kuch chiziqlari o‘rtasida qanday farq bor va u matematik usulda qanday 
hisoblanadi?» deb ifodalangan test topshirig‘ini eng ko‘p – tajriba guruhidan 77 
nafar va nazorat guruhidan 73 nafardan talabalar to‘g‘ri hal etishgan.
 
Uchinchi murakkablik darajasidagi testlar hodisa va jarayonlarni tegishli 
tushuncha hamda qonunlar orqali tahlil qilib, qo‘yilgan muammoni ularning 
matematik ifodasi yoki formulasini keltirib chikarish yo‘li bilan hal etilishini 
taqozo qilardi. Ushbu testlarni to‘g‘ri bajarishda, har uchala universitet talabalari 


i
v

o
j
327
ham qiynalishdi. Natijalar tahlil etilganda, ular, ayniqsa, aralash testlarni va 
qo‘yilgan topshiriqni ikki yoki undan ortiq formuladan foydalanib hal etishda 
qiynalishlari aniqlandi. Tajribaning birinchi bosqichi, dastlabki holatda tanlangan 
tajriba va nazorat guruhlarida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari deyarli bir xil ekan, 
degan xulosaga olib kelinadi. Talabalarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlarida 
bo‘sh joylar mavjudligi, muammoli vaziyatlarda ko‘proq qiynalishlari aniqlandi. 
Kuzatish, suhbat, og‘zaki so‘rov natijalari esa ularda bilimlarni mustaqil 
o‘zlashtirish ko‘nikmalari yetarli shakllanmaganligini, birmuncha oddiy 
vaziyatlarda ham o‘qituvchi ko‘magiga ehtiyoj sezishlarini ko‘rsatdi.
 
2017–2018 o‘quv yildagi tajriba-sinov ishlarining uchinchi bosqichi 
doirasida har uchala universitetning ikkinchi kurslarida fizikadan «Elektr tok», 
«Magnit maydon», «Elektromagnit induksiya» kabi mavzularga pedagogik 
texnologiyalarni joriy qilish orqali dars jarayonida sinab ko‘rildi. Ilk sinovda 
“Elektrmagnit induksiya hodisasi”,“Vakuumda elektrostatik va magnit 
maydonlarining kuch xarakteristikasi”, “Elektr zaryadining xossalari” mavzulari 
bo‘yicha texnologik xaritalar hamda mavzuning texnologik modellari talabalarga 
tanishtirildi. Bu texnologik modelda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining 
vazifalari bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan. Ushbu vazifalar asosida talabalarning 
mavzular bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari solishtirilganda, tajriba guruhi 
talabalarining bilim darajalari, mavzuni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi 
aniqlandi.
 
Shuningdek, “Keys-stadi” metodi asosida talabalarning o‘zlashtirishlari 
solishtirildi.
“O‘zgarmas tokning murakkab zanjirlari parametrlarini hisoblash” 
mavzusiga doir masalalarni muvaffaqiyatli yechish uchun talabalar maslahat va 
tavsiyalarga amal qilishdi, so‘ngra “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishdi. 
Bunda, muammoli vaziyat turlari aniqlandi, muammoli vaziyatlarning kelib chiqish 
sabablari o‘rganildi hamda vaziyatdan chiqib ketish yo‘llari topildi. Keys bilan 
ishlash jarayonini baholash mezonlari ishlab chiqildi.
 
Tajriba-sinov ishlari ikkita guruhda: noan’anaviy va an’anaviy usullarda 
parallel olib borildi. Ularga maxsus tayyorlangan texnologik xarita va mavzuning 


i
v

o
j
328
texnologik modellari tarqatilib, tushuntirish ishlari olib borildi va berilgan ketma-
ketlikda topshiriqlarni bajarishlari lozimligi aytildi. Tajriba guruhi bilan ishlashda, 
dastlabki dars soatlarida, talabalar o‘qituvchiga tez-tez murojaat qilib turishdi, 
keyinchalik esa texnologik model va darslik bilan deyarli o‘zlari mustakil ishlay 
boshlashdi. Texnologik modellar bilan ishlayotgan a’lochi talabalarning aksariyati 
mavzuni belgilangan vaqtdan ilgarirok o‘zlashtirib bo‘lishdi. Texnologik 
modellarni vaqtida yakunlash uchun esa, o‘qituvchilar, faqat ortda qolayotgan bir 
nechta talabaga ko‘mak berishlariga to‘g‘ri keldi. Ushbu usulda nazariy 
ma’lumotlarni o‘zlashtirgan talabalar, amaliy mashg‘ulotlar davomida faolroq 
ishtirok etishayotganliklari namoyon bo‘ldi. Ular og‘zaki savol-javoblarda mantiqiy 
fikrlab, asosliroq javoblar bilan ishtirok etishdi. Masalalar yechishda ham 
texnologik xarita va texnologik modelli usul afzal ekanligi dastlabki tajribadayoq 
yaqqol sezildi. Bo‘lim yakunida butun guruhda yozma ish o‘tkazildi. Tajribada 
texnologik modelli asosda o‘qigan talabalar guruhi ko‘rsatgan ijobiy natija alohida 
ajralib turdi.
 
Mazkur o‘quv yilining birinchi yarmida har uchala universitet fizika 
fakultetlarining ikkinchi kurs talabalari bilan tajriba o‘tkazildi. Unda tanlangan 
guruhlar, fizikadan o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki 
bo‘lakka bo‘lindi. «O‘zgarmas tok» mavzusi bo‘yicha texnologik model 25 nafar 
talabadan iborat bo‘lgan birinchi kichik guruhlarga tarqatib chiqildi. Qolgan 25 
nafar talaba – ikkinchi guruhlar esa fizikaning mazkur qismini an’anaviy usulda 
o‘zlashtirdi. Pedagogik texnologiya asosida o‘qigan kichik guruhlarda, 
ayrimtalabalar ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirishda qiynalishdi. O‘qituvchi 
mazkur talabalarga tez-tez muayyan porsiyali yordam berib turishiga to‘g‘ri keldi. 
Qolgan talabalar pedagogik texnologiyalarni o‘quv mavzulariga joriy etishga tezda 
ko‘nikib ketishdi.
 
Bo‘lim yakunida talabalar bilandan test sinovlari o‘tkazildi. Tajribaning 
birinchi bosqichidagidan farqli o‘laroq, talabalar o‘quv materialini qanday darajada 
o‘zlashtirganligini aniqlash maqsadida har qaysi test topshirig‘i uchun bittadan 
to‘liq to‘g‘ri javob (TTJ) , bittadan to‘liq to‘g‘ri bo‘lmagan javob (TTBJ) va 


i
v

o
j
329
3tadan noto‘g‘ri javob (NJ) berildi. Talabalarning bilimlarini sinash uchun 
barchaga bir xil bo‘lgan quyidagi vazifalarni bajarish tavsiya etildi:
 
1.
Elektr toki deb nimaga aytiladi? 
2.
Tashqi kuchlar, elektr yurituvchi kuch nima? 
3.
Tok manbalari, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokni izohlang. 
4.
Zanjirning bir qismi uchun Om qonunini tushuntiring. 
5.
Elektr qarshilik va o‘tkazuvchanlik ifodalari hamda birliklarini yozing. 
6.
O‘tkazgichning qarshiligi, solishtirma qarshilikning haroratga bog‘liqligini 
tushuntiring. 
7.
To‘la zanjir uchun Om qonuni mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
8.
Dastlabki cho‘g‘lanma lampochka kim tomonidan ixtiro qilingan? 
9.
Kirxgof qoidalarining to‘g‘ri va to‘la qoidalari ta’riflarini izohlang. 
10.
Ketma-ket va parallel ulangan batareyaning EYUK va qarshiligi 
nimaga teng bo‘ladi? 
11.
Tokning ishi va quvvati, ularning birliklarini yozing 
12.
Joul-Lens qonuni, o‘tkazgichdan tok o‘tkazilganda ajralib chiqqan 
issiqlik miqdori nimalarga bog‘liq? 
13.
EYUKlari 2,2 V va ichki qarshiliklari 4 Om bo‘lgan ikkita doimiy tok 
manbai bir xil qutblari bilan ulangan. Bu manbalar batareyasini qanday teng kuchli 
bir manba bilan almashtirish mumkin? 
14.
15V kuchlanishni o‘lchashga mo‘ljallangan voltmetr bilan 150 V 
kuchlanishni o‘lchash uchun unga qanday qo‘shimcha qarshilik ulash mumkin?
15.
Ampermetrning ichki qarshiligi 9,9 Om bo‘lib u 0,1 A gacha tokni 
o‘lchashga mo‘ljallangan. Shu ampermetr bilan 10 A gacha bo‘lgan tokni o‘lchash 
uchun unga qanday shunt ulash kerak? 
Olingan natijalar quyidagi diagrammada keltirilgan va natijalarni shu asosda 
tahlil etish mumkin (4.1-diagrammaga qarang) .

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish