aniqlovchi-ta’kidlovchi
tajriba-sinov ishlari (2012–2013 va 2013–
2014 o‘quv yillari) ni o‘tkazishda quyidagi metodlardan foydalanildi: tadqiqot
muammosi bo‘yicha pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish,
xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish; oliy ta’lim muassasalari fizika darslarida
talabalarning kasbiy kompetentliligini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmi
jarayonini o‘rganish va tahlil qilish, kuzatish; suhbat va anketa so‘rovlarini
o‘tkazish; oliy ta’lim muassasalari fizika fakultetlari fizika darslarida talabalarni
kasbiy kompetensiyalarni egallashlariga oid materiallar to‘plash, tahlil qilish va
shular aosida xulosalar chiqarish.
Tajriba-sinov ishi birinchi – aniqlovchi bosqichining maqsadi tanlangan
muammoning oliy ta’lim muassasalaridagi holatini o‘rganish, talabalarda mustaqil
i
v
‐
o
j
321
bilim olish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonini ishlab
chiqishdan iborat bo‘ldi. Buning uchun oliy ta’lim muassasalarida talabalarning
fizikadan nazariy va amaliy mashg‘ulotlardagi faoliyati o‘rganildi va o‘quv
dasturlari tahlil etildi. Mazkur bosqichda tabiiy fanlar yo‘nalishi va ixtisoslashgan
fizika guruhlaridagi fizika darslari kuzatildi.
Oliy ta’lim muassasalari fizika fakultetlari fizika darslarida talabalarning
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida kasbiy kompetentlilikni egallashlariga
yo‘naltirilgan aniqlovchi-ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari natijalari quyidagi
yo‘nalishlarda tahlil etildi: oliy ta’lim muassasalari fizika darslarida talabalarni
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida kasbiy kompetentlilikni egallashlariga bo‘lgan
ehtiyojlari tahlil qilindi; tajriba-sinov ishlari jarayonida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish yo‘llari aniqlandi va hk.
Oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy usulda o‘qitiladigan fizika darslarida
talabalarning o‘zlashtirish darajasi tekshirildi. Buning uchun talabalar bilan alohida
suhbat, anketa so‘rovnomalari, og‘zaki savol-javoblar va test sinovlari o‘tkazildi.
Javoblar tahlili natijalaridan oliy ta’lim muassasalari talabalari fizikadan o‘quv
materiallarini talab darajasida o‘zlashtira olmayotganliklari ayon bo‘ldi. Ularning
yangi o‘quv materiali ustida yetarlicha mustaqil ishlay olmasliklari, egallangan
bilimlarning yaxshi tizimga solinmaganligi, muammoli vaziyatlarni hal etishda
darslik va qo‘llanmalardan mustaqil foydalanib, bilimlarining kemtik joylarini
mustaqil to‘ldira bilmasliklari aniqlandi.
Mamlakat oliy ta’lim muassasalari fizika fakultetlari fizika darslarida
talabalarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida kasbiy kompetentlilikni
egallashlariga yo‘naltirilgan shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari (2014–2015 va
2015–2016 o‘quv yillari) ni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish
ko‘zda tutildi: shaxsga yo‘naltiilgan ta’lim asosida talabalarning kasbiy
kompetentliligini shakllantirish va rivojlantirish tizimini yaratishga oid ilmiy-
metodik tavsiyalar bilan tanishtirish; ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni
amaliyotga tatbiq etish; tajriba guruhlarini tanlash; tajriba-sinov ishlari davomida
tajriba guruhlaridagi natijalarni umumlashtirib tahlil qilish; tajriba-sinov ishlari
i
v
‐
o
j
322
jarayonida ma’lum bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash;
olingan natijalarga ko‘ra ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni
takomillashtirish.
Tajriba-sinov ishlarining mazkur ikkinchi bosqichida oliy ta’lim muassasalari
talabalarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya asosida o‘qitishda fizikadan o‘quv
materiallarini o‘zlashtirish darajasining dastlabki holati hamda shaxsga
yo‘naltirilgan ta’limning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi
imkoniyatlari aniqlandi. Shu boisdan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
tajribalar o‘rganildi, umumlashtirildi, fizikaga oid nazariy bilimlar xulosalandi.
Tajribaning boshlanishida reprezentativ shartlar bajarilishi uchun
o‘zlashtirish darajalari bir-biriga yaqin bo‘lgan talabalar guruhlari tanlandi. Oliy
ta’lim muassasalarida fizika ta’limini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya asosida
o‘qitish jarayonida, talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirishlarini aniqlashda
baholash natijalari uch darajali (a’lo, yaxshi, o‘rta) baholash mezoniga keltirildi.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarida obzor, anketa, suhbat, intervyu,
savol-javob metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalarni matematik statistika
yordamida tahlil qilish va umumlashtirish nazarda tutildi.
Samarqand, Jizzax va Qarshi davlat universitetlari fizika fakultetlari fizika
darslari misolida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida talabalarning kasbiy
kompetentlilikni egallashlariga yo‘naltirilgan yakunlovchi tajriba-sinov ishlari
(2016–2017 va 2017–2018 o‘quv yillari) da yuqorida belgilangan tizimni
yaratishga oid ilmiy-nazariy va amaliy xulosalarni umumlashtirish mo‘ljallandi.
Shundan kelib chiqqan holda quyidagi ishlar amalga oshirildi: tajriba
guruhlarida olib borilgan didaktik ishlar natijalari asosida xulosalar chiqarish;
talabalarning ma’naviy kamoloti uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi kasbiy
kompetentlilik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmini tadqiqot
natijasida aniqlangan yangiliklar, tavsiyalar va xulosalar bilan boyitish; o‘tkazilgan
barcha tajriba-sinov ishlari natijalarini tahlil qilish va mavjud takomillashgan
mexanizmni amaliyotga tatbiq etish uchun ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
i
v
‐
o
j
323
Yakunlovchi tajriba-sinov ishlarining umumiy tahlilida quyidagilarga
alohida e’tibor qaratildi: aniqlovchi-ta’kidlovchi va shakllantiruvchi tajriba-sinov
ishlari natijalarini taqqoslash orqali oliy ta’lim muassasalari fizika fakultetlari
fizika darslarida talabalarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida kasbiy
kompetentlilikni egallash bilan bog‘liq ehtiyojlariga asoslangan metodik
qo‘llanmalar yaratildi; mazkur tizimni yaratish va uni amaliyotga tatbiq etishning
afzalliklari asoslandi; takomillshatirilgan yangi mexanizm samaradorligi mavjud
natijalar bilan qiyoslandi; bu sohada amalga oshiriladigan ishlarni ilmiy-pedagogik
jihatdan asoslovchi tavsiyalar ishlab chiqildi.
O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari orqali oliy ta’lim muassasalari fizika
fakultetlarida olib boriladigan fizika darslarida talabalarni shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim asosida kasbiy kompetentlililikni egallashlariga yo‘naltirilgan darslarda bu
bilan bog‘liq shakllantirilgan tizimning zamonaviy mexanizmi ilmiy-nazariy va
amaliy jihatdan asoslandi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlari uchun Samarqand davlat universiteti, Qarshi
muhandislik iqtisodiyot instituti, Jizzax pedagogika instituti hamda Qarshi davlat
universitetining har biridan 97 ta, jami 388 nafar talaba tanlab olindi hamda
fizikani o‘qitish jarayonida amaliyotga tatbiq etildi.
Pedagogik tajribada turli o‘quv yillaridagi talabalar kontingenti akademik
hislatlarining bir-biriga aynan mos kelmasligi, ob’ektiv ravishda natijalarni
taqqoslashda, o‘quv samaradorligini hisoblashda, tabiiyki, tahlilni bir muncha
qiyinlashtirdi.
Tajriba-sinov ishining uchinchi bosqichida, oliy ta’lim muassasalari uchun
mo‘ljallangan fizika o‘quv dasturlari va DTS asosida shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv
dasturlari loyihalandi. Shuningdek, metodik qo‘llanmalar, plakatlar, laboratoriya
ishlari hamda ishlab chiqilgan uslubiyatning samaradorligini tekshirishga qaratildi.
Tajriba-sinov jarayonida talabalarning fizika o‘quv materialini
o‘zlashtirishlarida an’anaviy o‘qitish usuli bilan shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya
asosida o‘qitish usuli o‘rtasida keskin tafovut mavjudligi aniqlandi. Ya’ni, tajriba
guruhlaridagi talabalar fizika masalalarini yechganlarida, laboratoriya ishlarini,
i
v
‐
o
j
324
mustaqil ishlarni bajarganlarida nazorat guruhidagilarga nisbatan olgan nazariy
bilimlarini amaliyotga yaxshiroq tatbiq eta olishlarini namoyon etdilar. Tadqiqot
natijasida chiqarilgan asosiy xulosalar aniqlashtirildi, tajriba natijalari matematik-
statistika metodlari yordamida qayta ishlandi.
Samarqand, Qarshi davlat universitetlari va Jizzax pedagogika institutlari
fizika fakultetlari fizika darslarida amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida
muallif hamkorligida yaratilgan talabalarning “Umumiy fizika (elektr va
magnetizm) kursi bo‘yicha mustaqil ishlashlar”ini tashkil etishga qaratilgan o‘quv-
metodik qo‘llanmadan unumli foydalanildi. Mazkur oliy ta’lim muassasalarida
fizikadan dars beradigan professor-o‘qituvchilar ushbu o‘quv qo‘llanma bilan to‘liq
ta’minlandilar.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida fizikaning qo‘llanmadan o‘rin olgan
elektromagnetizm bo‘limi bo‘yicha mavzulari: “Elektr tokining o‘zaro ta’siri”,
“Magnit maydoni materiyaning maxsus turi ekanligi”, “Magnit maydonining kuch
chiziqlari”, “To‘g‘ri tokli o‘tkazgichning magnit maydoni”, “Vint qoidasi.
Aylanma tokning va tokli g‘altak (Solenoid) ning magnit maydoni”, “Tokli g‘altak
magnit qutblarining joylashishini aniqlash qoidasi”, “Magnit maydonining tokli
o‘tkazgichga ta’siri”, “Chap qo‘l qoidasi”, “Magnit induksiyasi. Magnit
induksiyasining o‘lchov birligi”, “Magnit oqimi. Magnit oqimining o‘lchov
birligi”, “Magnit induksiyasining magnit maydonini yuzga keltiruvchi tokka
bog‘liqligi”, “Elektromagnit sistemasidagi elektr o‘lchov asboblari”,
“Magnitoelektrik sistemadagi elektr o‘lchov asboblari”, “Elektromagnit induksiya
hodisasi”, “Elektromagnit induksiya qonunining ikki ko‘rinishi”, “Elektromagnit
to‘lqinlar” kabi mavzularni o‘rganish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
asosida talabalarning kasbiy kompetentliligini shakllantirish va rivojlantirish
ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Samarqand, Qarshi davlat universitetlari va Jizzax pedagogika institutlari
fizika fakultetlari fizika darslarida elektromagnetizm bo‘limini o‘rganishda shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim asosida talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va
i
v
‐
o
j
325
rivojlantirishda shu tariqa ish olib borildi. Bu jarayonda olingan natijalar bobning
keyingi paragrafida matematik-statistik tahlil asosida aniqlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |