www.ziyouz.com kutubxonasi
26
uzilgan odamlar qonsirab o‘lishgan. Ba’zilarning bo‘yniga arra tortishgan. Musulmonlar
shunda ham dindan qaytishmagan. Yaratgan egam islom dinini g‘olibu muzaffar qilishi
muqarrar. O’shanda Yamanning San’o shahridan yo‘lga chiqqan yo‘lovchi Hazri
Mavtgacha hech narsadan xavotir olmay bemalol yetib keladi, bo‘rilar orasiga kirib
qolgan qo‘y bexavotir yuraveradi", dedilar.
Rasululloh bu gaplarni aytgan paytlarida musulmonlarning holi tang, ro‘shnolik
ko‘rishlari dargumon, eng zakiy odam ham najot topishiga ishonmas edi. Faqat
payg‘ambar alayhis-salomgina Olloh dillariga solgan vahiy tufayli kelajakni oldindan
ko‘rib, bashorat qildilar. Parvardigori olam musulmonlarning irodasini mustahkamlash
uchun Ankabut surasining 2-3-oyatlarini nozil qildi: "Insonlar imon keltirsak sinovlardan
ozod bo‘lamiz, deb o‘ylashadimi? Ulardan avvalgilarni ham sinagan edik. Olloh rost
gapiruvchilarni ham, yolg‘onchilarni ham juda yaxshi biladi". Abubakr Siddiq ham islom
dinini qabul qilgani uchun ko‘p aziyat chekdi. Mushriklarning zulmi jonidan o‘tib ketgach,
Habashistonga hijrat qilishga qaror qildi. Makkadan besh kunlik yiroqdagi Barko‘lg‘imod
degan joyga yetib kelganda ibn Dag‘na degan kishi bilan uchrashib qoldi. Ibn Dag‘na
qora qabilasining oqsoqoli edi. U Abubakrdan qayerga ketayotganini so‘radi. Abubakr
qabiladoshlarining zulmidan qochib, yurtidan bosh olib chiqqanini, Ollohga ibodat
qilishdan boshqa niyati yo‘qligini aytdi. "Yo‘qsillarning holidan xabar olsang, xesh-
aqrobalaringga silai-rahm qilsang, ojizlarni qo‘llasang, mehmonlarni ochiq chehra bilan
kutsang, mazlumlardan yordamingni ayamasang, sendek odamni yurtidan haydab
chiqarishadimi? Bu qanday noinsoflik, — dedi ibn Dag‘na. — Yur, yurtingga qayt, seni
men himoyamga olaman. Ibodatingni tug‘ilib o‘sgan joyingda qil". Ikkovlon birgalashib
orqaga qaytishdi. Ibn Dag‘na quraysh oksoqollaryga uchrashib, Abubakrdek odamni
yurtiga sig‘dirmaslik adolatdan emasligini aytdi. Ibn Dag‘naning o‘rtaga tushishi quraysh
oqsoqollariga qattiq ta’sir qildi. "Abubakrga ayt. Xudosiga hovlisida ibodat qilsin, Ka’bada
qur’on o‘qib bizni ranjitmasin. Oshkora diniy faoliyat olib bormasin. Unga ergashib bola-
chaqamiz yo‘ldan ozishidan qo‘rqamiz", deyishdi ular. Abubakr bu talablarga rozi bo‘ldi.
Toat-ibodatini o‘z uyida ado etaverdi. Keyinchalik hovlisiga masjid qurdirib, oshkora
ibodat qilishga o‘tdi. Mushriklarning bola-chaqalari, ayollari kelib, uning qanday namoz
o‘qishini, Qur’on tilovatini qiziqsinib kuzata boshlashdi. Abubakr ko‘ngli bo‘sh odam edi.
Qur’on o‘qiganda o‘zini tutolmai ho‘ng-ho‘ng yig‘lar edi. Quraysh oqsoqollarining
yuragiga battar vahm tushdi, darrov ibn Dag‘nani chaqirtirib kelib diydiyo qilishdi: "Sen
o‘rtaga tushganing hurmati uchun Abubakr qaytib kelishiga, hovlisida namoz o‘qishiga
rozi bo‘lgan edik. Lekin izzatini bilmagan bu kimsa hovlisiga masjid qurdirib, oshkora
ibodatga o‘tdi. Bola-chaqamiz uning hovlisidan beri kelmay atrofida o‘ralashib yurishibdi.
Ular yo‘ldan ozib ketishidan qo‘rqyapmiz. Agar yashirin ibodat qilishga, baland ovozda
Quron o‘qimaslikka va’da bersa berdi, bo‘lmasa, endi sen o‘rtaga tushma, homiylikdan
voz kech, bu odam o‘rtaga tushishingga arzimaydi. Endi uning oshkora ibodat qilishiga
yo‘l qo‘yolmaymiz", deyishdi. Boshi qotgan ibn Dag‘na: "Ey Abubakr, ikkalamiz yaxshi
niyatda ahdu paymon qilishgan edik. Sen yo o‘sha paytdagi va’daga binoan ish tutishing,
yo mening homiyligimdan voz kechishing kerak. Ssn tufayli odamlar orasida ibn Dag‘na
lafzida turmas ekan, degan gap tarqalishini istamayman", dedi. Abubakr uning
homiyligidan voz kechib, Ollohning himoyasiga suyaiajagini bildirdi. Ularning o‘rtasidagi
ahdning buzilishi Abubakrgl juda ko‘p tashvish keltirdi. O’sha paytda mushriklardan jabr
ko‘rmagan musulmonning o‘zi yo‘q edi. Lekin bu azob-uqubatlar ularni dindan
qaytarmadi, aksincha imonlarini mustahkamladi. Rasulullohga ergashganlar orasida
musulmonchilik tufayli bu dunyoda biron narsaga erishishni ko‘zlagan, manfaat
orqasidan quvgan odam yo‘q edi. Agar o‘rtada manfaat ilinji ko‘ndalang tursa ularning
imondan qaytishi juda ham oson bo‘lardi.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |