www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Islom dini yoyilmasligi uchun qo‘llagan chora— tadbirlari samara bermaganidan,
musulmonlarning soni kamayish o‘rniga ortib borayotganidan tashvishga tushgan
mushriklar maslahat kengashiga yig‘ildilar. Abdushams ibn Abdumonof jamoasidan Utba
ibn Robia Abshami hammaga gapi o‘tadigan qabila boshliqlaridan biri edi. U
yig‘ilganlarga murojaat qilib: "Men Muhammadga uchrashib bir-ikkita narsani taklif etay,
zora birontasini ma’qul ko‘rib, bizni o‘z diniga da’vat etishni to‘xtatsa", dedi. Bu fikr
hammaga ma’qul tushdi. Utba izlab kelganda rasululloh masjidda namoz o‘qiyotgan
edilar. "Ey jiyan, — dedi Utba. — Hammaga ma’lumki, sen nasl-nasabi toza odamsan.
Shuning uchun seni qattiq hurmat qilamiz. Lekin hozir o‘ylab topgan ishing birligimizga
putur yetkazdi, odamlarimizni aqlsizga, ma’budlarimizni qo‘lidan hech narsa
kelmaydigan haykalga, dinimizni keraksiz ermakka, shu dinga e’tiqod qilgan ota-
bobolarimizni kofirga chiqarding. Bu ishing bizni tashvishga solib qo‘ydi. Shu sababli
huzuringga bir-ikkita taklif bilan keldim. Qaysi birini qabul qilsang, biz o‘shanisiga
rozimiz". "Qanday takliflar ekan, eshitib ko‘ray-chi", dedilar rasululloh. "Ey jiyan, agar
yangi dinga da’vat qilishdan maqsading boylik topish bo‘lsa, mol-dunyo yig‘ib, seni
hammamizdan boy-badavlat odamga aylantirib yuboraylik. Agar ko‘ngling shon-
shuhratni tusab qolgan bo‘lsa, o‘zimizga rahnamoyu boshliqlikka saylab faqat sening
maslahating bilan ish tutaylik. Agar podsho bo‘lishni istasang, ertagayoq taxtga
chiqaraylik. Mabodo jin chalib ketib, chorasiz dardi bedavoga uchragan bo‘lsang, sarf-
xarajatini to‘lab davolataylik. Bunaqa dardga chalingan odam davolanmasa tuzalishi
qiyin", dedi Utba. "Gaping tugadimi?" dsb so‘radilar rasululloh. "Ha, tugadi", dedi Utba.
"Unday bo‘lsa, gaplarimga yaxshilab quloq sol, — dedilar sarvari olam va Qur’ondagi
fussilat surasining dastlabki oyatlarini o‘qidilar.
— Bismillahir rohmavir rohim. Homim. Bu benihoya mehribon va shafqatli Olloh nozil
qilgan vahiydir, oyatlari ravshan bayon etilgan kitobdir, biladigan qavm uchun nozil
bo‘lgan bashoratchi va ogohlantiruvchi arabcha Qur’ondir. Afsuski, ularning aksariyati
yuz o‘girishadi, unga (Qur’on oyatlariga) quloq solishmaydi. Ular dillarimiz chalg‘igan,
sen da’vat etayotgan narsalarni tushunmaymiz. Quloqlarimiz og‘irlashib qolgan. Sen
bilan bizning o‘rtamizda parda bor. Sen o‘z ishingni qil, biz ham o‘z tirikchiligimizdan
qolmaylik, deyishadi. Sen ularga men ham sizlarga o‘xshagan odamman, menga yolg‘iz
Ollohdan o‘zga iloh yo‘q, deya vahiy qilindi, unga yuzlaninglar, faqat undangina
mag‘firat tilanglar, degin. Mushriklarning holiga voy! Ular zakot berishmaydi, oxiratni
inkor etishadi. Imon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga albatta uzluksiz savob
berilajak. Sen ularga: Sizlar zaminni ikki kunda yaratgan Ollohni inkor etasizlarmi, unga
shirk keltirasizlarmi? U jam’i olamlarning parvardigori, degin. Olloh zaminni, tog‘larni
barpo etib, qut-baraka koniga aylantirdi, jonli mavjudotlarning rizqini oldindan belgilab
qo‘ydi. Bu ishlarni to‘rt kunda birdaniga nihoyasiga yetkazdi. Qiziquvchilar uchun shu
javobning o‘zi kifoya. Shundan so‘ng osmonni yaratishga chog‘landi, ungacha samo
tuman holatida edi. Olloh osmon bilan zaminga o‘z maylingiz bilan yoki majburan keling,
deb buyurdi. Ular o‘z ixtiyorimiz bilan keldik, deyishdi. Parvardigor yetti qavat osmonni
ikki kunda yaratdi. Har bir osmonga o‘zining vazifasini tayin etdi. Eng pastdagi osmonni
yulduzlar bilan ziynatlab asrab-avayladi. Bu hamma narsani bilguvchi muzaffar Ollohning
tadbir-laridir. Agar ular (mushriklar) bo‘yin tovlashsa, sizlarni Od va Samud
qavmlarining boshiga tushgan kulfatga o‘xshash azobdan ogohlantiraman, degin. Ilgari
ketma-ket kelgan payg‘ambarlar yagona Ollohdan boshqa narsaga ibodat qilmang,
deyishsa, ular: agar parvardigorimiz istasa farishtalarni yuborar edi, biz bu
payg‘ambarlarni butunlay inkor qilamiz, deyishadi".
Utba, qarindoshligimizning haqqi-hurmati tilovatingni bas qil, dedi-da, shartta o‘rnidan
turib, iziga qaytdi. Yo‘liga ko‘z tikib o‘tirgan oqsoqollarning huzuriga kelib:
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |