www.ziyouz.com kutubxonasi
88
bo‘lmaydi. Kimki Ollohga va uning payg‘ambariga osiylik qilsa, ro‘y-rost adashgan
hisoblanadi".
Turmush qurishganidan keyin Zaynab eridan o‘zini ustun qo‘yib, takabburlik qildi. Bu
haqoratga chidolmagan Zayd rasulullohga dardini aytganda, u kishi asrandi o‘g‘lini sabr
qilishga, turmush qiyinchiliklarini og‘ir-bosiqlik bilan yengishga undadilar. Oradan ko‘p
o‘tmay o‘ziga bino qo‘ygan bu xotin bilan murosa qilolmasligini aytib yana bir necha
marta nolidi. Zo‘rlik bilan qurilgan oila buzilib, xotinining talog‘ini berdi. Shundan keyin
Olloh taolo payg'ambar alayhis-salomga Zaynabni nikohiga olishni buyurdi. Shu bilan
har xil gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan mojarolarga chek qo‘yildi hamda Zaynabning qulga
nikohlanishi bilan oilasining yerga urilgan qadr-qimmati tiklandi.
Payg‘ambar alayhis-salom odamlarning Muhammad asrandi o‘g‘lining xotinini tortib
oldi, deya gap-so‘z qilishlaridan qo‘rqib, Zaydga: "Turmushingni buzishga Xudodan
qo‘rqqin. Sabr-toqat bilan chidab yashayver", derdilar. Rasululloh Olloh taoloning
bo‘yrug‘ini oshkor etishdan hayiqdilar. Ahzob surasining 37-oyati bilan parvardigor
bunday o‘y-fikrlarni bekor etdi: "Mo‘minlarga ularning asrandi o‘g‘illari taloq qilgan
xotinlarini nikohlab olish gunoh bo‘lmasligi uchun Zayd xotinini qo‘yib yuborgach, uni
senga nikohlab berdik, Ollohning amri bajo keltirilishi kerak".
Parvardigori olam arablardagi bola asrash odatining ayrim zararli tomonlarini e’tiborga
olib, bu odatni Ahzob surasining 40-oyati bilan bekor qildi: "Muhammad orangizdagi
biron erkakning otasi emas, u Ollohning payg‘ambari va nabiylarning so‘nggisidir. Olloh
hamma narsani (ko‘rib) bilib turguvchidir". Shu daqiqadan e’tiboran asrandi o‘g‘il
Muhammadning o‘g‘li Zayd deb emas, Horisaning o‘g‘li Zayd deb atala boshlandi. Shu
lahzadan e’tiboran uning ismi Qur’onda asrlar mobaniyda zikr etiladigan bo‘ldi.
Ayrim nodon tarixchi-yu, g‘arazli kimsalar bu voqeani o‘z mayllariga moslab talqin
etishadi. Ularning aytishicha, go‘yo kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom asrandi
o‘g‘li Zaydni ko‘rgani borganda shamol bo‘lib, Zaynabning yuzidagi parda ochilib
ketganmish va Sarvari olamning ammavachchasiga ishqi tushib, subhonalloh, deb
yuborganmishlar. Zaynab bu voqeani aytgach, Zayd o‘zini ajralishim kerak deb o‘ylab,
niyatini rasulullohga aytganmish. Lekin rasululloh uni niyatidan qaytarish uchun ko‘p
nasihat qilganmishlar va hokazo va hokazo...
Bu gaplarning yolg‘onligi shundan ma’lumki, u paytlarda arab ayollari yuzlarini
berkitib yurishlari hali rasm bo‘lmagan edi; qolaversa ammalarining qizi Zaynab
rasululloh Makkada paytlarida Islomga kirgan edi. Payg‘ambar alayhis-salom uni o‘n yil
mobaynida biron marta ko‘rmay shamol ro‘molini ko‘tarib yuborishi bilan ko‘zi tushib
qoladimi? Zaynabni Zaydga rasulullohning o‘zlari olib berganlar. Agar u kishining
ko‘nglida boshqacha niyat bo‘lsa, bu ishga o‘zgacha tus berib, Zaynabga uylanishlariga
nima mone’lik qilardi? Chindan ham Olloh tomonidan yuborilib, Qur’ondagi: "Biz
kofirlardan bir jamoani manfaatlantirgan dunyoning mol-mulki, zeb-ziynatlariga ko‘z
tashlamagin", degan buyrug’ini ertayu kech takrorlab, odamlarga ezib-ichki qilib
yuradigan payg‘ambar o‘z yaqinining uyiga kirib, xotiniga tasodifan ko‘zi tushib qolsa,
darrov uni olish fikriga borishiga aql bovar qilmaydi. G’ayritabiiy bu ish odatdagi odam
tomonidan sodir etilsa ham ayblanishi turgan gap.
Bunday ish barcha tarixchilar tomonidan birdek eng odobli, dunyoviy, hoyu
havaslardan holi, hushyor va dono deb e’tifor etilgan, hatto parvardigor Qalam
surasining 4-oyatida: "Sen chindan ham ulug‘ axloq egasisan", deya maqtagan zot
tomonidan sodir etilishi sira mumkin emas. Bu gapni xuddi G’aroniq afsonasidek Islom
dinining dushmanlari o‘z chirkin maqsadlariga yetib, Xudoning elchisini qoralash niyatida
o‘ylab topishgan. Xudoga shukrki, ularning yovuz niyatlari aqliy va naqliy dalillar bilan
barbod etildi. Odamlarning xohishi bilan payg‘ambarni badnom etib bo‘lmasligi yana bir
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |