www.ziyouz.com kutubxonasi
87
Maozga munosib ko‘rishdi. Sa’d ibn Muoz Xandaq jangida yaralanib, yaradorlar uchun
ajratilgan maxsus chodirda yotardi. Payg‘ambar alayhis-salom yuborgan odamlar uni
eshakka mindirib olib kelishdi. Avs qabilasining oqsoqollari Sa’dning atrofini o‘rab,
yahudiylarga qattiqqo‘llik qilmaslikni o‘tinishdi. "Odamlarning ayblashlaridan qo‘rqmay
Ollohning hukmini ijro etadigan payt keldi," dedi Sa’d. U yetib kelganda rasululloh
sahobalar bilan gaplashib o‘tirgan edilar. "Boshlig‘inglarni eshakdan tushirib qo‘ynnglar",
dedilar payg‘ambar alayhis-salom uning atrofida turganlarga. Odamlar buyruqni bajo
keltirishgach, rasululloh senga ittifoqchilarning ustidan hukm
chiqarishni topshirmoqchilar, deyishdi.
Payg‘ambar alayhis-salom bu fikrii tasdiqlab: "Ey Sa’d, bani Qurayza yahudiylari
ustidan hukm chiqar, dedilar. Sa’d sahobalarga yuzlanib: "Men chiqargan hukmni ijro
etishga Xudoni o‘rtaga qo‘yib qasam ichasizlarmi?" deb so‘radi. Sahobalar qasam ichib,
rasululloh ularning fikrini tasdiqlagach, Sa’d qarorini aytdi: "Erkaklarni o‘limga, ayollar
bilan bolalarni asir olishga hukm etaman". "Sen Ollohning hukmi kabi hukm chiqarding",
dedilar rasululloh. Suiqasdchi xoinlarning jazosi shunday bo’lishi kerak. Payg‘ambar
alayhis-salomning amriga binoan hukm shu zahoti ijro etildi.
Bir yarim ming qilich, uch yuz sovut, ikki ming nayza, besh yuz qalqon, juda ko‘p
ro‘zg’or buyumlari, idish-tovoq, tuya, qo‘y ganimat olindi. Bularga xurmo va asirlarni
ham qo‘shib, beshga bo‘lindi. Suvoriylarga uch hissa, piyodalarga bir hissa, hatto
yaradorlarga qaraydigan ayollarga ham ma’lum ulush berildi. Ichkilik solingan
idishlarning ichidagi aroq-sharoblar to‘kib tashlandi. Bu ishlar nihoyasiga yetmay turib
Sa’d ibn Muoz ham vafot etdi. U juda ko‘p qon yo‘qotgan, jarohati tuzalish o‘rniga battar
zo‘rayib ketgan edi. Uning ansorlar orasidagi obro‘-e’tibori Abu Bakrning muhojirlar
o‘rtasidagi martabasi bilan tang edi. Sa’d ibn Muoz hamma g‘azotlarda qatnashib
beqiyos qahramonliklar ko‘rsatgan, shu bois rasululloh uni juda yaxshi ko‘rardilar. Dafn
marosimida jannatu rizvonga noil bo‘lajagini bashorat qildilar.
Musulmonlar Madinaga qaytib kelgach, Olloh taolo Qur’ondagi Tavba surasining 102-
oyatini nozil qilib, Abu Lubobaning tavbasini qabul etdi: "Yaxshi ishga yomonlikni
aralashtirilib bajargan bir guruh odam o‘zlarining gunohini tan olishdi, Olloh ularning
tavbasini qabul qilishi mumkin, Olloh mag‘firat etguvchidir, benihoya mehribondur. "Abu
Luboba xiyonat qilgan joyi — bani Qurayza diyorini butunlay tark etishga qasam ichdi.
Bu g’azot tufayli parvardigor musulmonlarni ikkiyuzlamachilik va xoinlikka odatlangan
yahudiylarning xavf-xataridai xolos etdi. Aslida Xandaq urushiga kelganlarni vasvasga
solganlar yahudiylarning Haybarda qolgan bir guruh buzg‘unchi kattalari edi. Ularning
qanday ta’zirini yeganligi haqida keyingi boblarda to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |