www.ziyouz.com kutubxonasi
90
Islomning avvalida ayollar xuddi johiliyat davridagidek faqat ko‘ylagu yopinchih bilan
tashqariga chiqib ketishaverardi, Kiyinishda hur ayol bilan cho‘riiing farqi yo‘q edi,
Cho‘rilar kechasi hojat uchun tashqariga chiqishganda yosh-yalang sho‘xlik qilib,
yo‘llarini to‘sishardi. Hur ayollarning ham yo‘llarini to‘sib, cho‘ri deb o‘ylabmiz,
deyishardi. Shu bois hur ayollarga yopinchiq yopinib, yuzi va ko‘ksini berkitib yurish
joriy etildi. Bunday libosdagi hur ayolga birov botinib so‘z qotolmasdi. Olloh taolo Ahzob
surasining 59-oyatida rasulullohga bunday iltifot qiladi: "Ey Payg‘ambar, ayollaringga,
qizlaringga va mo‘minlarning ayollariga aytginki, nimcha bilan badanini o‘rab olishsin.
Shundagana ular yaqqol ko‘zga tashlanib turishadi, hech kim ularga teganishga
botinolmaydi. Olloh bandalariga mag‘firat qilguvchidir, benihoya mehribondir".
Ayollarning turmushga chiqayotgan kishisiga ko‘rinmay turib mastura bo‘lishi
rasululloh davrida ham, salaf-solihlarning zamonasida ham odat tusiga kirmagan edi.
Payg‘ambar alayhis-salom xotinni ko‘rib olishni sunnat qildilar. Bu erkak kishi olayotgan
ayoli bilan tanishib, bilishib, totuv oila qurishiga xizmat qiladigan islomiy omillardan
biridir. Buyuk alloma imom G’azzoliy "Ihyou ulumiddin" nomli kitobida bu xususda
alohida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan: "Shariat er-xotinning inoq bo‘lishini e’tiborga olib,
uylanishdan oldin ayol bilan ko‘rishishni lozim topadi. Shunday ekan, biron ayolni
olmoqchi bo‘lsang, ko‘rib ol, buning totuv o‘tishga foydasi bor. Payg‘ambar alayhis-
salom: "Ansor ayollarining ko‘zlarida qusur bor, uylanishni istaganlar ularni ko‘rib
olishsin", deganlar. Ba’zi birovlar ularning ko‘zi xira desa, birovlar ko‘zi kichik edi, deydi.
Uylanmoqchi bo‘lgan ayrim dindorlar chuv tushib qolishdan qo‘rqib, olayotgan xotinini
sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazardi. A’mash ismli olim: "Olayotgan ayolni ko‘rmasdan
qilingan to‘yning hammasi oxir-oqibat kishiga g‘am-qayg‘u olib keladi", deb yozadi.
Zamon buzilgani va odamlarni go‘zal axloq egasi qilib voyaga yetkazadigan haqiqiy diniy
tarbiya yo‘qligi uchun islomning avvalida musulmonlar buzuqchilikni cheklab, fisqu
fujurning oldini olish maqsadida barcha ayollarning begona ko‘zdan o‘zlarini yashirib,
mastura bo‘lishlarini to‘g‘ri deb topishgan.
__________________
*Tobelar — qorin to‘yg‘azish ilinjida birovlarnikiga boradigan chaqirilmagan mehmonlar, yoshi o‘tib qolgan yoki
aqliy noqisligi tufayli ayollarga hojati tushmaydigan kishilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |