QO’SHIN YUBORISH
Shu yili jumoidul oxir oyida payg‘ambar alayhis-salom Muhammad ibn Maslamaning
hamrohlarini o‘ldirgan bani Sa’laba qabilasidan qasos olish uchun Zayd ibn Horisa
boshchiligida o‘n besh kishini jo‘natdilar. Madinadan o‘ttiz olti mil yiroqda Iroq yo‘lidagi
Tarif jilg‘asining bo‘yida yashovchi bu qabila sahobalarni ko‘rgach, ularni musulmon
qo‘shinining bir qismi degan xayolda bor budini tashlab turli tomonga tirqirab ketishdi.
Musulmonlar ularning mol-mulki bilan chorvasini o‘lja olib qaytishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |