www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
Barcha so‘gvorlik libosida, balki motam va azo balosida to ulki hazrati Sulton sohibqiron (xallada
mulkahu va tavvala umrahu)
202
— tashrif kelturdilar, hoy-hoy yig‘lab va talx-talx sho‘robalar o‘tkub,
bir zamon o‘lturub, Mavlono Ziyovuddin Yusufni shafqat yuzidin quchub, muddate boshin qo‘ynida
asrab yig‘lab, soyir ashobg‘a ko‘ngul berib, bu faqirni sohib azo tutub, holimg‘a dilso‘zluqlar bilan
ashk to‘kub, nasoyih va mavoiz durbor alfozlaridin zohir qilib, chun muborak mizojlarida za’f bor erdi
— xilofat taxti va saltanat masnadi azimati qildilar va sultonzodalarni va arkoni davlatni borchasin
anda alarning ko‘tarur ishiga qo‘ydilar. Sulton Ahmad mirzo
203
va Muzaffar Husayn mirzo
204
boshlig‘
salotin va podshohzodalar bir-biriga navbat berishmay, alarning mahfuf mahofasin eginlarig‘a ko‘tarib,
Musallog‘a elttilar. Xaloyiq g‘avg‘osi ul martabada erdikim, necha yuz ming xalqni tasavvur qilsa
bo‘lg‘aykim, bir jism bo‘lub erdilar. Namozgohda Hazrati Xoja Azizulloh ul hazratg‘a soyir ashrof bila
namoz qilib, yana mutahhar ravzalarig‘a olib qayttilar va xalq g‘avg‘osidin mihaffani kelturmak
dushvor erdi. Podshohzodalar yaso-vulluq qilib, elni ko‘rub, yo‘l ochib, na’sh madfang‘a yetti va
hazrati qutb ul-avliyo Mavlono Sa’duddin Koshg‘ariy yonidaki; zohiran tariqat odobida alarning
piridur — dafn qildilar.
Va hazaroti oliyot mahdi ulyo Bikabegimki
205
, soyir abnoyi jinsdin fazlu kamol va aqlu hamida
xisol bila mumtozdurlar va alarg‘a irodat va ixloslari benihoyatdur, ham so‘gvorlig‘ va motamzadalig‘
tavrida kelib, azo so‘rar qoidasin bajo kelturdilar va bu faqirg‘a navozishlar qilib, borcha ashobni va
maxdumzoda
206
ni iltifotlar bila musharraf qildilar.
Soyir azizlarkim, atrofdag‘i viloyatdin alarning azosi uchun keldilar, chun filhaqiqat bu faqir sohib
azo erdi, hamul dastur bila faqirni-o‘q sohib azo tutub, so‘rmog‘ rasmin mar’iy tuttilar. Hattokim,
hazrati saltanat shior, xilofat. disor Sulton- Badiuzzamon mirzo
207
(Abbada l-lohu taolo zilol shafatihi
alo naforiqi l-muhibbin ila yavmiddin)
208
Mozandaron mulkidin kishi yiborib, alar azosi uchun
ba’zig‘a liboslar iltifot qilib erdilar ham muxotab faqir erdim va ul Hazratning Hazrati saltanat shior
bila go‘shai xotir va himmatlari bag‘oyat ko‘p erdi. Hazrati saltanat shiorning ham alarg‘a irodat va
ixlosi benihoyat erdi.
Bir yilg‘acha olam ahlig‘a umuman va Xurosonu Hirot ahlig‘a xususan, motam erdi. Yil
bo‘lg‘ondin so‘ngra Hazrati Sultoni sohibqiron alarning yil oshin base e’zoz va ehtirom bila
podshohona berib, muxlislaridin ba’zy ul hazratning mutahhar marqadi boshida oliy imorat solib,
huffozu imom va muqriyu xuddom tayin qildi. Va nazm ahli ko‘p ta’rixlar aytib o‘kudilar. Ul jumladin
huruf roqimi
209
bu marsiya bila ta’rixni aytib, yil oshi tortarda sultoni sohibqiron oliy majlislarida
o‘tkardi va hukm bo‘ldikim, Mavlono Husayn Voiz
210
minbar ustida o‘qudi.
Ta’rix budurkim:
Gavhari koni haqiqat, durri bahri ma’rifat,
K-o‘ ba haq.vosil shudu dar dil nabudash mosivoh,
Koshnfi sirri ilohiy bud beshak, z-on sabab
Gasht ta’rixi vafotash: «Koshifi sirri iloh»
211
.
202
(a.: Olloh mulkini boqiy va umrini uzun qilsin!).
203
Sulton Ahmad mirzo – Husayn Boyqaroning nufuzli amirlaridan.
204
Muzaffar Husayn mirzo – Husayn Boyqaro o‘g‘illaridan.
205
Bikabegim (Xadichabegim) – Husayn Boyqaro xotinlaridan eng e’tiborlisi.
206
Maxdumzoda – Jomiyning o‘g‘li Ziyovuddin. Yusuf ko‘zda tutiladi.
207
Sulton Badiuzzamon mirzo – Husayn Boyqaroning to‘ng‘ich o‘g‘li.
208
(a.: Olloh taolo shafqat soyasini do‘stlar ayrilig‘i ustida to qiyomat abadiy qilsin.)
209
Huruf roqimi – harflarni yozuvchi, demakdir. Navoiy bu yerda o‘zini ko‘zda tutmoqda.
210
Husayn Voiz – Hirotning mashhur olimi, shoiri va notiqi. «Majolis un-nafois»da alohida hurmat bilan tilga olinadi.
211
«Koshifi sirri iloh» – U Olloh sirlarini kashf etuvchi, demakdir. Bu iboraning arab yozuvidagi harflari yig‘indisidan abjad
hisobida 898/1492 y. chiqadi.
T a ‘ r i x n i n g m a z m u n i:
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Do'stlaringiz bilan baham: |