Microsoft Word navoiy xamsatul mutahayyirin lotin ziyouz com doc



Download 344,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/63
Sana19.05.2023
Hajmi344,61 Kb.
#940970
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
Bog'liq
navoiy xamsatul mutahayyirin lotin ziyouz com (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
Biz faqirlar ne istihqoq bila ta’rif qila olg‘aybiz. Muncha gustohliq qilildikim, ul qasidani sihr 
xayol qilur erduk, bu she’r ani past qilg‘ondek ko‘runadur, hamonoki mo‘‘jiza desa bo‘lg‘ay. 
* * * 
«Nafahot ul-uns» mutolaasida bir kun bu mahalg‘a yetib erdikim, Shayx Abulhasan Durroj
70
(quddisa sirrihu) yiroq yo‘l qat’ qilib, Imom Yusuf bin Abulhusayn Roziy
71
(Quddisillohi sirrihu 
laziz)
72
ziyoratig‘a Rayg‘a bordi. Va imom Mullo Mutannabihdin erdi. Shayx muddate ul diyorda 
imomni tilab, har kishidin so‘rog‘ qilsa erdi, aytur erdilarkim, ul kofirni istarsan, ul zindiqni istarsen. 
To bir kun ani bir buzuqda toptikim, Qur’on o‘quydur erdi. Oncha turdikim, ul Qur’on o‘qumoqdin 
forig‘ bo‘ldi. Shayx yurub salom qildi. Imom javob berib ayttikim: «Xush kelding, Abulhusayn, bir 
bayt o‘qi!» Shayx bir bayt o‘qug‘ach Imomg‘a vaqt xush bo‘lub, vajd
73
yuzlanib, samo’
74
tuzdi. Bu 
samo’da aytur erdikim: «Sen bu muddatdakim, meni sevar erding ul kofirni, ul zindiqni sevarsen deb 
chin ayturlar erdikim, muddatekim, Qur’on tilovat qilur erdim, menga vajdu hol yuzlanmadi. Holo sen 
bir bayt o‘qug‘on uchun muncha vajd dast berubdur. Bu so‘zni Muqarrabi hazrati boriy Xoja Abdulloh 
Ansoriy (Quddisillohi sirrihu) debturlarkim: «Oyo, Yusuf bin Al-Husang‘a Abulhasanning muddate 
kirib, oni so‘rg‘ani, ul so‘zni eldin eshitgani hamul vajd holatida makshuf bo‘ldi. Yo ul muddatdakim, 
ul so‘rar erdi, bu voqif erdi. Agar hamul zamon makshuf bo‘lg‘on bo‘lsa, muning martabasi 
biyikroqdur. Va hol ulki, zohir ahli qoshida shon budurkim, birining martabasi biyikroq bo‘lg‘ay». 
Doyim bu so‘z faqirning xotirig‘a uyrulur erdi va o‘z xayol va fikrim bila bu shubha raf’ bo‘lmas erdi, 
to bir kun hazrati irshodpanoh va valoyati dastgoh halloli mushkiloti majoniy Mavlono Muhammad 
Tobadgoniy
75
(quddisa sirrihu) xizmatlarida arz qilib, bu shubham raf’ini istid’o qildym. Alar 
ayttilarkim: «Bu toyifatning kamolig‘a hazrat haq subhona taoloning mutolaa jamolida bir shuhudu 
istig‘roq doyimiy bo‘lurkim, andin o‘zga nima sori iltifot qilmas, har qachon vojib zoti mushohadasi 
imkon olamig‘a tazalzul va iltifot voqe’ bo‘lmasa, bu jonibg‘a shuur voqif bo‘la olmag‘ay. Bas hamul 
zamonkim, ul tavajjuhdin bu sori tazolzul qildi, agar aning mazkur bo‘lg‘on holatig‘a matla’ bo‘ldi. 
Ersa har oyina muning martabasi andin kam, muning ahvolig‘a matla’ bo‘lg‘on bo‘lg‘ay biyikroq 
bo‘lg‘ay. Nevchunkim, doyim aning ahvolig‘a matla’ bo‘lg‘ondin tavajjuh shuhud asli nuqsoni lozim 
kelur. Har qachon ul holg‘akim, hayot va zindagonlig‘din maqsud uldurkim, futur yuzlansa 
muqarrardurkim, bu rutbadin ul martaba biyikroq bo‘lg‘ay. Bu faqirg‘a Hazrat Mavlononing bu 
faraxafzo va ruhoso takallumidin nihoyatsiz xushholliq dast berib, xayolg‘a keldikim, bu mas’alani 
Hazrati Maxdumdin ilqo qilg‘ay. Hamul zamon andin chiqib, ul hazrat mulozamatig‘a musharraf 
bo‘lub, o‘tgan dastur bila so‘zni arz qilib, ul Hazratdin ham istid’oi javob qilildi. Alar dag‘i biaynih 
Hazrati Mavlonai mazkur ado qilg‘ondek foyda buyurdilar. Faqirg‘a avvalg‘i nishot va farax birga o‘n, 
balki yuz bo‘ldi. 
Xushe ul zamonkim, zamon mundog‘ buzurgvorlar sharif vujudlari bila orosta va davron mundoq 
rafe’ miqdorlar xilqatlari bilan piyrosta erdi. Hayf va yuz ming darig‘kim, ul quyoshlar uyoqib, bir 
necha tiyra ro‘zgor xuffoshlar paru bol ochib, nazarbozliq va baland parvozliq havosida jilva qilurlar. 
Va ul tengizlar sug‘olib, bir necha kuduratosor xaydek mulavvasliqqa foshlar naxvat yelidin 
70
Shayx Abdulhasan Durroj – Bag‘dodlik mashhur shayxlardan. 320/932 h. da vafot etgan. 
71
Imom Yusuf bin Abdulhusayn Roziy – Kunyati Abu Ya’qub «Malomatiya» tariqatiga mansub. Bu shayxlar haqida Na-
voiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida ma’lumot bor. 304/916 – 917 y.da vafot etgan. 
72
a.: olloh sirrini muqaddas va aziz saqlasin! 
73
vajd – sufiylikda ishq va ishtiyoq g‘alabasi natijasida o‘zidan ketish. 
74
samo’ – sufiylarning zikr tushishi (ko‘pincha musiqa bilan, qo‘shiq bilan). 
75
Muhammad Tobadgoniy – ismi Shamsuddin. Mashhur shayxlardan. Navoiy «Majolis un-nafois»ida u haqda ma’lumot beradi. 
Xonaqohi va qalin muridlari bo‘lgan. Hirotda 891/ 1486 y.da vafot etgan. Qabri Xiyobondadir. Uning asarlarn: «Asmoulloh» sharhi, 
«Manozil us-soyirin» va «Qasidai Burda»ga muxammas, «Tazkirat ul-habib», «Vasoyo» tarjimasi, Zikr bobida «Arba’in» va faqru 
suluk bobida yana bir «Arba’in» tarjimasi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da Muhammad Tobadgoniyni zikr etadi. 87 yoshda vafot 
etgani, vafoti ta’rixi «Qutbi zamon biraft» iborasida berilganini qayd qiladi. Abjad bo‘yicha 891/1486 y. chiqadi. 


Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher 

Download 344,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish