Microsoft Word navoiy tarixi anbiyo va hukamo lotin ziyouz com doc



Download 303,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/48
Sana26.04.2022
Hajmi303,03 Kb.
#583049
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Bog'liq
alisher navoiy . tarixi anbiyo va hukamo ( lotin)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
41
Tengri taoloning dushmani payg‘ambarni butxonag‘a eltib, hukm qildikim, butqa sajda qilg‘ay. Ul 
hazrat «Zabur»ni biyik o‘qub, ul lang va gungga buyurdikim, borib butlarg‘a aytkim, sizlarni Jirjis a. s. 
tiladi. Ul bordi va bu so‘zni degach, butlar barchasi Jirjis a. s. sori mutavajjih bo‘ldilar. Payg‘ambar 
ayog‘ini yerga urg‘och, borchasin yer yutti. Va Jnrjis a; s. duo qildikim, xudoyo, yeti yilkim va’da qilib 
erdiig bo‘ldi va kuffordin azoblar ham vuqu’ topti. Emdi kufforni halok qil va meni o‘zungga vosil qil. 
Filhol bir bulut paydo bo‘lub, o‘t yog‘durub jami’ malain o‘rtonib, Jirjis a. s.ni haq taolo o‘ziga vosil 
qildi. 
R u b o i y : 
Jirjiski, oyini risolat tuzdi, 
Kufr ahliga ko‘b mo‘‘jizalar ko‘rguzdi. 
Ne sud agar elni dami tirguzdi 
Kim, tori hayotin necha qotla uzdi. 
Jamoati akbiyoki, g‘ayri mursal erdilar, alarning adadi muyayan ermas. Ba’zi yuz yigirmi to‘rt 
ming va ba’zi sekiz ming debdurlar. Va bulardin uch yuz o‘n uchii mursal debdurlar. Va mursal 
uldurkim, anga vahy Jabrail vositasi bila kelmish bo‘lg‘ay. Va g‘ayri mursal ulkim, ilhom yo tush bila 
elga rahnamoyliq qilg‘ay. Ululazm uldurkim, bovujudi bu iki shaq anga kitobi osmoniy kelmish 
bo‘lg‘ay va boshqa shariati bo‘lg‘ay. Va xotim ulkim, bovujudi bu iki shaq ondin so‘ngra payg‘ambar 
bo‘lmag‘aykim, bu sifat hazrati Muhammad arabiy sallallohu alayhi va alo olihi va ashobihi 
vasallamg‘a musallamdur, bas. 
Chun mursal adadi va asomiysi g‘ayri mashohir ma’lum ermas, g‘ayri mursalg‘a ham ne yetkay. 
Ammo mursalni mu’tabar kutubdin ulcha mumkindur sa’y va ihtiyot qilib zikr qilildi. Va g‘ayri mursal 
adadi va asomiysining otlarin bitib, aksar, balki borcha kutubda tahqiq bo‘lmag‘on jihatidin nuqta ham 
qo‘ymaydurlar va voqoye’ va holotlarini bitmaydurlar. Muborak ismlarin g‘alat bitmak beadablig‘ va 
ahvollarin sharh qilmoq befoyda ko‘rungan uchun, alar zikridin qalam jurdai xush xiromidin inon 
tortildi. Va ba’zi Jirjis a. s. g‘ayri mursal debdurlar, vallohu a’lam. 
She’r: 
Chun mu’tabar anbiyo so‘zi topti savod, 
Ubbod ila hikmat ahlin ettuk bunyod. 
Barsisoy Obid. Ibn Abbos raziyallohu anhumodin manquldurkim, Iso a. s. raf’idin so‘ngra bani 
Isroil qavmida Barsisoy Obid yetmish yil ibodat qildi, xalq anga murid va mu’taqid bo‘ldilar. Shayton 
ahli saloh suratida aning savmaasig‘a kelib, ibodatg‘a mashgul bo‘ldi. Va bir yilg‘acha o‘zin andoq 
toatqa mashg‘ul ko‘rguzdikim, Barsisoy aning ixtilotig‘a mayl ko‘rguzdi. Va guftu shunuftdin 
oralarida suhbati garm bo‘ldi. Chun Harif soda kishi erdi va harif muzavvir Obidqa bir ism 
o‘rgatdikim, bemorlarg‘a mujibn shifodur. Necha kishining bo‘g‘zini bo‘g‘ub, Obidqa nishon berdi. 
Obid mulk podshohining qizig‘a bu hol dast berdi. Ani duosi bila daf’ bo‘lub, mujibi shuhrat bo‘ldi, to 
ulki, ul Obid savmaasig‘a kelturdilar. Va Obid xilvatig‘a kiyurub, chun kulli e’timodlari bor 
erdi,yotqurub kettilar. 
Obid muolajag‘a mashg‘ul bo‘lg‘onda ko‘rmagan shakl bila ko‘rub, shayton vasvasa og‘oz qildi. 
Chun xilvat emin yer erdi va jamila behush, Obid masx fursatni tanimat tutti. Matlubi muyassar 
bo‘lg‘ondin so‘ngra rafiqi hozir bo‘lub dedikim, ajab ish qilding. Va ul ham ishi qabohatig‘a voqif 
bo‘lub, iloj tiladi. Dedikim, iloji qatldurkim, bir yerda madfun bo‘lg‘an. To aytilg‘oykim, uydin 
chiqibdur, bilmasbiz qayon boribdur. Rafiq rahnamoylig‘i bila bu ish ham vujud tutti. Andin so‘ngra 


Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo 

Download 303,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish