www.ziyouz.com
kutubxonasi
40
havoriyunining shogirdi erdi va ko‘b mol va g‘animati bor erdi. Va ul vaqtda mulk podshohi jabbori
erdi, butparast. Va bir azim but oltun va javohirdin yasab, otin Afluq qo‘yub erdi va xaloyiqqa ul but
ibodatin taklif qilur erdi. Harkim mutobaat qilmasa, halok qilur erdi. Va taxtgohi Mo‘sul erdi. Chun
aning zamonida zulm va taaddi ko‘b erdi, Jirjis a. s. tuhfa va tabriklar murattab qilib bordikim, anga
peshkash qilib, aning zilli himoyatig‘a xalqining zulmidin emin bo‘lg‘ay. Ittifoqo ul yetgan zamon bir
ulug‘ o‘t yoqib, xalqni Afluq parastish qilurg‘a taklif qilur erdi, qabul qilmag‘onni ul o‘tka soladur
erdi. Jirjis a. s. bu holni ko‘rub, hamiyyat va g‘ayrati o‘ti mush-tail bo‘lub, amvolni mustahiqlarg‘a
uloshib, haq taolo amri bila ul zolimni nasihat boshlab, Tengri taolo ubudiyatig‘a dalolat qildi. Ul
zolim dedikim, Afluqqa sajda qilsang, xalossen, yo‘q ersa, azob bila halok qilay. Chun bu amr
mutaazzir erdi, buyurdikim, temir torog‘lar bila Jirjis a. s.ning a’zo va rang va payin bir-biridin oyirib,
temir qozug‘ni o‘tqa solib qizitib, boshig‘a qoqturdi va zindong‘a yiborib, chor-mix qilib, bir sutunni
ustiga nasb qildi. Yerim kecha haq taolo bir malakni yiborib, Jirjis a. s. ni ul sutun ostidin chiqorib,
badanig‘a ruh kiyurub, ani nubuvvat davlatig‘a musharraf qilib, dedikim, yo Jirjis, haq taolo sanga
xntob qildikim, sabur bo‘l va g‘am yemakim, seni yeti yil bu kuffor balosig‘a giriftor qilg‘umdur.
Sanga andoq mu’jizot nasib qilg‘um-durkim, o‘zga anbiyog‘a qilmamish bo‘lg‘aymen. Seni yana uch
qotla kuffor ilikida maqtul qilg‘umdur, yana dog‘i jon bergumdur. Andin so‘ngra o‘z duong bila
bihishti jovidong‘a kiyurgumdur. Jirjis a. s. dedi: Har ne haq taolodindur kelsa, xushtur. Saboh
bo‘lg‘och, yana Jirjis a. s. ul malik dargohig‘a bordi. Ko‘rub hayron qeldilar. Yana nasihat og‘oz qildi.
Ul badbaxt buyurdikim, Jirjis a. s.ning boshig‘a arra qo‘yub iki bo‘ldilar. Va soyir jismini pora-pora
qilib, sherxonag‘a eltib, sibo’ ollig‘a soldilar. Sibo’ aning poralarin hurmat bila asradilar. Haq taolo
yana Jirjis a. s.ni tirguzub, yana ul bebok borgohig‘a hozir bo‘lub, nasihat bunyod qildi. Ul dedikim, bu
kishi sohirdur. Mamlakat sohirlarni hozir qilingkim, anga g‘olib kelsunlar. Sohirlar kelib, iki yilon
xaritadin chiqordilarkim, iki uy bo‘ldilar. O‘ylar bila shiyor qilib, tuxm sochib, hamul zamon aning
mahsulidin non pishurdilar. Ul el shod bo‘lub, podshoh amr qildikim, agar Jirjisning shaklin it shakli
bila qila olsangiz, inoyatlar qilay. Alar bir ayog‘ suvg‘a afsui o‘qub, Jirjis a. s.g‘a ichurdilar. Hech asar
qilmadi. Sahara ajzlaridin mu’tarif bo‘ldilar. Birov dedikim, siz Jirjis a. s.ni sohir dersiz, sohnr hargiz
o‘lukni tirguza olurmu? Sahara dedilarkim, yo‘q. Ul dedikim, biz o‘z ko‘zumiz bila ko‘rdukki, Shom
viloyatida bir ajuzaning bir o‘yi o‘lub erdi. Ul ajuza Jirjis a. s.g‘a dardi dil qildi ersa, Jirjis a. s. asosin
berib, ta’lim berdi. Ul ajuza asoni eltib, o‘lgon o‘yig‘a urg‘och, o‘y tirildi. Bu so‘zdin sahara Jirjis a.
s.g‘a iymon keturdilar. Va ul g‘addor borchasin o‘lturdi. Va aning navvobidin biri Jurjis a. s.g‘a
dedikim, biz o‘lturur kursilarni andoq qilsangkim, avvalg‘i hollarig‘a borsa, ne desang qiloli. Duo
qildi. Hamul quruq yig‘ochlar daraxtlar bo‘ldilarkim, ba’zida gul va ba’zida meva zohir bo‘ldi. Bir
qotla Jirjie a. s.ni bir temir un javfig‘a solib, nafg va gugurd bila ul javfni mamlu qilib, ul uyni bir uluq
o‘tqa soldilarkim eridi. Bu asnoda olamni zulmat tutub, andoq yog‘in va ra’d va barq bo‘ldikim,
kunduzni kechadin farq qilmadilar.
Bir malakka amr bo‘ldi, bu un suratin olib yerga urdi. Andoq sado keldikim, xalq yiqilib behol
bo‘ldilar.
Va Jirjis a. s. uy ichidin solim chiqnb, yana ul bedavlatlar da’vatig‘a mashg‘ul bo‘ldi. Bu qotla
dedilarkim, falon g‘orda salaf mulukidin nechaning maqbarasi bor, duo bila alarni tirguzsangki, bizing
bila so‘zlashsunlar, ne desang qiloli. Jirjis a. s duo qilib alarni tirguzdn. Va alar Jirjis a. s.din. duoyi
mag‘firat talabin qildilar. Va ul yerga ayog‘ urub ul toshtin bir chashma paydo bo‘ldi, alarg‘a g‘usl
buyurdi. Duo qildi. Tengri taolo alarg‘a. mag‘firati arzoniy tutti va yana o‘z hollarig‘a bordilar. Bu
qotla Jirjis a. s.ni bir ajuza beva uyida band qildilarkim, ochlig‘ azobi bila o‘lg‘ay. Ul uyda bir sutun
bor erdi, bir mevalik azim daraxt bo‘ldi. Ul mal’un bilib, ul daraxtni kesib va uyni buzub, Jirjis a. s ni
kupdurub, kulin uch qism qilib, sulsin bahrg‘a, sulsin toqg‘a, sulsin yelga sovurtti. Haq taolo yelga amr
qildikim, ul kullarni yig‘ib, bir yerda Jirjis a. s. kul ichidin chiqti.
Va ajuzaning bir o‘g‘li bor erdi ko‘r va gung va kar va lang. Jirjis a. s. duosi bila qulog‘i,, ko‘zi
avval holig‘a bordi. Yana iki uzvi sihatig‘a ajuza iltimos qildi ersa, tonglag‘a va’da berdi. Tonglasi ul
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |