www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
rafiq podshohg‘a bu ishdin xabar berib, voqe’ erkoni zohir bo‘lg‘ondin so‘ngra, Obidni azob bila qatl
hukmi qildi. Va ul holda yana rafiqi o‘z shaytanatin zohir qilib dedi: bu balodin seni xalos qilay, agar
manga sajda qilsang. Ul nodon bu ishni ham qildi, dag‘i maqtul bo‘ldi.
She’r:
Bo‘lma mag‘rur ko‘h yoki aso,
Ko‘rki, ne ishga qoldi Barsiso.
(Ashobi Uxdud qol Ollohu taolo) qutila ashobul-uxdud»
72
. Bu qavm Yaman mulkidin erdilar va
Zulvos bularning podshohi erdi. Va borcha butparast va gumroh erdilar. Va Zulvosning bir vaziri bor
erdi, sohir. Qarig‘on chog‘da bir yigitni tarbiyat qilibkim, qoim maqomi qilg‘ay. Va ul yigit bir kun
bnr yo‘l bila boradur erdi, bir un eshittiki, birov Tengri taoloning otin tutub tazarru’ qilur. Ul ot
ko‘ngliga xush kelib, mutaassir bo‘lub, tilab, ul mutakallimni topti. Bir obid erdi. Yer ostida qavm
qo‘rqunchidin ibodat qiladur erdi. Aning xidmatig‘a mashg‘ul bo‘lub, bot haq taolodin olin marotib
topti. Andoqki, bir yo‘lida jam’i bir ajdaho qo‘rqunchidin mutavaqqif erdilar va muztarib. Ul ilgari
borib, ajdahoning uchasig‘a ilikin silab ajdaho yo‘ldin qiroq chiqib, xalq o‘tti. Va bu nav’ xavoriq
andin ko‘b zohir bo‘ldi. Podshohning bir hojibining ko‘zi ramad shidda-tidin ko‘r bo‘lub, hechkim iloj
qilaolmaydur erdi, ul duo bila bino qildi. Va hojib din qabul qildi. Podshoh andin ko‘zi yorug‘och,
sababin so‘rdi ersa, ulcha voqe’ erdi, dedi. Podshoh ul yigitni va obidni tilab, millatlarin bilgandin
so‘ngra islom dinndin ruju’ buyurdi. Chun qabul tushmadi, hojib bila obidni o‘lturub, yigitni boliglar
tu’masi uchun bahrg‘a yibordi. Tengiz qirog‘inda aning duosi mulozimlarini suvg‘a solib, yigit solmm
keldi va podshohni ding‘a dav’at qildi. Bu qotla tog‘din tashlasunlar, deb yibordi ham yel ani
eltganlarni tog‘din uchurub, ul solim keldi. So‘ngra ani dorg‘a osib, sangboron va tirboron qildilar, kor
qilmadi va dori ostig‘a o‘t yoqtilar, asar qilmadi. Chun yigitga haq taolo visoli ishtiyoqi g‘olib erdi,
dedikim, Tengri taolo otin tutub o‘q oting. Alar ul degondek qildilar. O‘q anga o‘tti va halok bo‘ldi.
Chun obid yigit o‘ldi, haq taolo amri bila ashobi Uxdud ham kuydilar.
Sh ye ‘ r:
Magar oh urdi ul dam Obidi pok
Ki, yaksar kuydilar ul qavmi bebok.
Shamsun Obid. Manquldurkim, Iso a. s. bila hazrat Risolat sallallohu alayhi vasallam
zamonlarining orasida arab ichra obidi erdikim, kecha ishi ibodat erdi. Tengri taolo anga ancha kuch
bernb erdikim, mushriklar necha anga qasd qildilar, zafar topaolmadilar. Oqibat xotunin qavm shohi
o‘z nikohi va’dasi bila firib berib, ul bevafo va’da qildikim, ani giriftor qilg‘an.
Sh ye ‘ r:
Da’ zikrahunna mimmo lahunna vafou,
Rihussabo vava’di savou
73
.
Bir kecha obid uyug‘onda g‘addora aning ilik-ayog‘in berk tanob bila bog‘lab, Shamsun uyg‘ondi
va zo‘r qildi va iplarni uzub, ul ishning qilg‘on sababin so‘rdi ersa, dedikim, saning zo‘rungni imtihon
qildim. Ahli sharik muni bilgoch, zanjir yibordilar. Bu qotla zanjir bila bog‘ladi. Obid yana uyg‘onib,
zo‘r qilib, zanjir dog‘i uzuldi. Oqibat makr va fusun bila obid sodadin iqror tortti va ham aning
mahosini tukidin bosh bormog‘in bog‘lab, kufforg‘a topshurdi. Alar Shamsunni band qilib, podshoh
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |