www.ziyouz.com
kutubxonasi
38
so‘rdikim, sizing zamonda soch oqarmas ermish. Som dedikim, saning duong uni yetkoch, qiyomat
bo‘lg‘on sog‘inib, vahmu xavfdin bular oqardi. Chun Som elga pandlar dedi, Iso a. s. duosi bila
avvalg‘i holig‘a bordi va shaq bo‘lg‘on yer bir-biriga qo‘shuldi. Ham Salmoni forsindin
manquldurkim, bu mu’jizani ko‘rub, ul mulk eli musulmon bo‘ldilar. Ba’zi safardakim, yemakka
tanglik voqe’ erdi. Bani Isroil havoriyung‘a dedilarkim, agar Iso a. s. duo qilsakim, Tengri taolo
osmondin moida yiborsakim, taomg‘a muhtoj xaloyiq andin bahra topsalar va Tengri taolo vujudi va
Iso a. s. nubuvvatig‘a tainlari bo‘lsa, deb havoriyun arz qilg‘och, Iso a. s. tazarru’ qilib dedikim,
«rabbano anzil aylayna moidatan minas-samoi takunu lano i’ydan li avvalina va oxirina va oyatan
minka varzuqno va anta xay-rur-roziqin»
67
.
Chun Iso a. s. munojotdin forig‘ bo‘ldi, vahy keldikim, biz moida yiborali va lek har kishi kufroni
ne’mat qilsa, qottiq azobg‘a giriftor bo‘lur. Iso a. s. bu so‘zni aytqoch, borcha dedilarkim, har kishi
kufroni ne’mat qilsa, Tengri taolo anga azob nasib qilg‘ay. Bu so‘zdin so‘ngra Tengri taolo osmondin
moida yibordi. Xonning azamat zebu ziynatini aytmoq hojat emaski, Tengri taolo xoni erdi. Ammo
moida non va biryon bolig‘ erdi. Ta’m va mazasi ham ta’rifdin toshqari erdi. Va anda tuz va sabzalar
bor erdi. Bir rivoyat bila uch kun va bir rivoyat bila qirq kun bu moida indi. Qavm har necha yedilar
kam bo‘lmadi. Jami’ murazo ani yegoch, sihat toptilar. Saboh inar erdi, oqshomg‘acha el andin yerlar
erdi. Oqshom yana osmonga borur erdn. Qavmdin ba’zi inkorg‘a til uzottiknm, bu moida osmondin
kelmaydur, Iso sihr qiladur.
Har oynakim, Tengri taolo kufroni ne’mat qilg‘onlarni va’da qilg‘on dastur bpla to‘ng‘uz shakli
bila o‘runlaridin qo‘pordn. Va ul to‘ng‘uzlar mazbalalarda kezib, najosatlarni yerlar erdilar.
Iso a. s. qoshig‘a kirib, ko‘zlarndin yosh borib, bosh-larnn yerga qo‘yarlar erdi. To uch kundin
so‘ngra aqabah vujuh bila adam yo‘lng‘a aznmat qildilar. «Nauzu bil-lohi min shuro‘ri anfusino va min
sayyioti a’moli-no»
68
. Va Iso a. s.ning mu’jizoti bag‘oyat g‘arib va ko‘ptur. Masbutroq kutubdin
ma’lum qilsa bo‘lur. Va Iso a. s. osmong‘a chpqqanida muxtalif rivoyot ko‘ptur. Ammo sohibi
«Guzida» mundoq debdurkim, ul jamoat 'chhud va masx bo‘lg‘ondin so‘ngra, Iso a. s. yonnb Baytul-
muqaddasqa keldi. Va ul gumrohlarining baqinyasi Iso a. s.ning qatlig‘a qasd qnldnlar. Va Iso a. s.
maxfiy bo‘ldi. Va Sham’uini tuttilar va ul Iso a. s. ni ko‘rguzmadi. Parvis o‘tuz diram rishvat olib, Iso
a. s.ni ko‘rguzdi. Juhudlar tiladilarkn, Iso a. s.nn tutub o‘lturganlar. Tengri ta.olo alarning ko‘zidin ani
g‘oyib qilib, osmonga chiqordi. Va Iyshu’nikim, juhudlarning ulugi erdi, Iso a. s.ning shakln bila
mutashakkil bo‘ldn. Juhudlar ani Iso a. s. sog‘inib tuttnlar qatl qilgoli. Ul har necha faryod qildikim,
men Iyshu’men, foyda bermadi. Ani bir daraxtqa bo‘g‘-zidin ostilar. Va yeti kecha-kunduz osig‘lig‘
qoldi. Maryam ani Iso a. s. sog‘nnib, har kecha kelib azo ras-mi bila yig‘lar erdi. Iso a. s.ni Maryam
xotnri it-minoin uchun yetinchi kecha osmondin yerga nozil qnldn-kim, Maryam qoshig‘a keldi.
Maryamg‘a ahvoldin xabar-dor qilib, Maryamning xotiri qaror topti. Yahyo a. s, yana yetn kishi
havoriyundnn Iso a. s.ni ko‘rdilar. Va Iso a. s. alarg‘a pandlar va nasihatlar qildi va har qoysini bir
ishga ta’yin qildi, tonglasn bu g‘arib ishni oshkoro qildilar ersa, yahud borchani takzib qnlnb zindong‘a
mahbus qildilar. Ammo Iyshu’ni yo‘q-lag‘onlar bornb, osnlg‘on knshini ko‘rdilar. Iyshu’ erdikim, ani
Tengri taolo asli suratig‘a eltib erdi. Bu ishdin ko‘b el Iso a. s. dinin ixtiyor qildilar. Va Maryamni
ba’zi debdurlarkim, Iso a. s. daf’ndin burun olamdin ketti. Ba’zi debdurlarkim Iso a. s. olti yildin
so‘ngra, har taqdir bila va’da budurkim, Mahdi zuhur qilg‘ondin so‘ngra Iso a. s. osmondin ingoy,
dog‘i Dajjolni halok qilib, soyir milal ahlin xotamun-nubuvva millatig‘a dalolat qilg‘ay. Sallallohu
alayhi vassalam, val ilmu indallohu.
Iso a. s.ni debdurlarkim, o‘n yeti yoshida mab’us bo‘ldi. O‘tuz uchida osmong‘a chiqti.
R u b o i y:
Isoki, mujarrad ayladi Tengri ani,
Ko‘k ravzasi bo‘ldi jilvagohu chamani.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |