www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
munavvar qildikim. «Yo Yahyo huzil kitoba biquvvaten va otaynohul-hukma sabiyyan»
62
. Va Yahyo
a. s.ning toati bag‘oyat va yig‘lamog‘i benihoyat erdi. Derlarki, g‘oyat bukodin iki yuzida iki
novdondek chuqur xat paydo bo‘lub erdi va bu favrda Maryam zuafo g‘adridin g‘usl qilur mahalda
Jabrail a. s. ani Iso a. s.g‘a bashorat berdi. Ba’zi debdurlar Iso a. s. to‘quz oydin so‘ngra mutavallid
bo‘ldi. Xaloyiq nomunosib so‘zlar dedilar. Ammo Iso a. s. hamul dam takallum qilib, Tengri taoloning
bandalig‘i va o‘zining nubuvvatig‘a va onasi poklig‘ig‘a tonug‘luq berdi va xotamul-anbiyo vujudi
muborakig‘a sallOllohu alayhi vassalam bashorat yetkurdi. Necha vaqtkim, o‘tti, Yahyo a. s. bila
musohabat qilur erdi. Ul vaqtkim, Iso a. s. mutavallid bo‘ldi va axbor anga ta’n hildilar. Bovujudi ulki,
Tengri taolo Iso a. s.ni o‘tkan takallum bilaki mutaqallim qildi, bani Isroilning ham yuzi, ham ko‘ngli
qaroladi. Iso a. s.ni ul ish tuhmati bila muazzab tutar erdilar. To ish ul yerga yettikim, Zikriyo a. s. ul
nopok el orasidin qochti. Va alar qovlay borib, mashhurdurkim, ul hazrat yig‘och shikofig‘a kirib, ul
shikof butti. Va a’do yetib, etokining uchin yig‘ochdin toshqori ko‘rub, yig‘och boshidin arra qo‘yub
Zikriyo a. s.ni halok qildilar.
Bu yerda chun so‘z derdin, balki dam urardin xoma tili lol va til xomasi gung maqoldur, avlo
ulkim, maqsudqa shuru’ qiloli. Yahyo a. s. qatli bu nav’ erdikim, ul zamonning podshohining yoshqa
yetgon harami bor erdi. Bu jihatdinki, chun qaribdur, bo‘lmag‘aykim, podshoh yana birovni nikohng‘a
kiyurgay va aning mujibi azli bo‘lg‘ay. Uzga abushqadin jamila qizi bor erdi, podshohg‘a targ‘ib
qildikim, ul qizni olg‘ay. Podshoh Yahyo a. s.din so‘rdi ersa, Yahyo a. s. dedikim, sanga aning nikohi
ravo ermas. Ul qiz bila onasig‘a Yahyo a. s. adovati paydo bo‘ldi. Bir kunki podshoh mast erdi, ul
qizni onasi orosta qilib, aning qoshig‘a yibordi. Sukr g‘alayoni va shahvat tug‘yonidin anga mayl qildi.
Qiz ibo qildikim, agar hojatimni ravo qilursen, bu ish bo‘lur. So‘rdikim, hojating nedur? Ul badbaxt
dedikim, hojatim Yahyo a. s. ning qatlidur. Ul zoniy bu zoniya xotiri uchun Yahyo ma’sum qatlig‘a
rizo berdi. Derlarki, ul hazrat qatl bo‘lg‘ondin so‘ng-ra, ul iki mal’unni yer yutti. Derlarki, bani
Isronlning iki fasodidin so‘ng‘isi Yahyo a. s. qatlidur. Bu amr vuqu’idin so‘ngra, Tengri taolo fors
mulukidin Xurvis otlig‘ni bani Isroilg‘a istilo berdikim, ul iki payg‘ambar qoni evazi alarni andoq qatl
qildikim, yahuddin kishi oz qoldi. Derlarki, Baytul-muqaddas darvozasidin Xurvis o‘rdusig‘acha
rudxonadek qon oqti. Alqissa, Zikriyo a. s. dori fanodin bu nav’ do-ri baqog‘a bordilar.
R u b o i y:
Aylab Zikriyo bila Yahyoni qabul,
Qildi ikisini olam ahlig‘a rasul.
Ne qildilar erkin bu ato birla o‘g‘ul
Kim, elga yana alarni qildi maqtul.
Iso binni Maryam salavotullohi alayh bir qavl bila uchunchi ulul-azmdur, bir qavl bila beshinchi.
Andin burung‘i anbiyodin so‘ngra hech qoysig‘a qirq yoshdin burun nubuvvat yetmadi. Va lekin ul
modarzod pay-g‘ambar erdi. Va aning valodatidin burun Tengri taolo Maryamg‘a aning vujudi
bashoratin berdikim, «Iz qolatil-maloikatu yo Maryamu innalloha yubash-shiruki bikalimaten minhu
ismihul masihu Isabnu Maryama va jiyhan fit-dunyo val oxirati va minal-muqarrabiyna va
yukallimunnosa fil mahdi va kahlan»
63
.
Masih lafzida so‘z ko‘ptur. Va Iso a. s. valodatida ham so‘z ko‘ptur. Tafosir kutubidin ma’lum
bo‘lur. Chun bu muxtasarda matlub ixtisordur, ya’ni muarrixona ishlarga qone’ bo‘luldi.
Muqarrardurkim, Iso a. s.ning otasi yo‘qtur. Maryam Jabrail a. s.ning nafasi bila homila bo‘ldi va
tug‘urur vaqtda Baytulliuqaddasdin chiqib, qirog‘roq yerda vaz’ haml qildi. Xalq bu ishni bilib, borib
ul holni ko‘rub, irik so‘zlar ayta boshladilar. Yuqoriroq bitilibdurknm, Iso a. s. ne nav’ javoblar berdi.
Andin so‘ng el mutaajjib bo‘lub, so‘z ayta olmay qayttilar. Maryamni Habnb Najjorkim, xolazodasi
erdi, Iso a. s. bila olib Damashqqa bordi. Iso a. s. o‘n uch yoshag‘uncha anda maosh qildi. Anda ham
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |