www.ziyouz.com
kutubxonasi
45
Cheksa dushman sening salohingga til,
Mahzi afsod bo‘lg‘usidur bil.
Aflotun hakim Suqrotning shogirdidur. Va Dorob zamonida zuhur qildi va Iskandari Rumiyg‘a
musohib bo‘ldi. Va hakimi olihi erdi. Va aning so‘zlaridin-durkim, podshohg‘a chog‘ir ichmak
haromdur, nevchunkim, ul mulk va raiyyatning nigohbonidur. Nigohbonkim, anga nigohbon kerak
bo‘lg‘ay, yaxshi bo‘lmag‘an. Mufliski, o‘zin g‘aniy tutqay dijamdekdurkim o‘zin semiz ko‘rguzgay.
Jud tilaman bermakdur, nevchunki, tilab bergan tilaganning mukofotidur.
She’r:
Tilamay jud qil saxiy ersang,
Tilamak muzdidur tilab bersang.
Aristotolis hakim Aflotunning shogirdidur, Iskandarning vaziri erdi. Aning so‘zlaridin budurkim,
podshoh ulug‘ rudg‘a o‘xshar va atbon arig‘larg‘akim, ul ruddin ayrildilarkim, ul rud sunig‘a har hol
bo‘lsa, arig‘larg‘a hamul holdur. Ul chuchuk bo‘lsa, bular chuchuk; Ul achig bo‘lsa, bular achig‘; Ul
sof bo‘lsa, bular sof; Ul loy bo‘lsa, bular lon. Pas, podshohg‘a vojibdur – goyat hikmat va e’tidol bila
maosh qilmoq, to xayl va hashami anga mutobaat qilgaylar.
Sh ye ‘ r:
Shoh daryo va xalq erur anhor,
Ikisining suyig‘a bir maza bor.
Balinos hakim Aristotolisning shogirdidur. Iskandariya minorasi tilisminikim, farang ahli qilg‘on,
anda ko‘runur erdi, Balinos yasab erdi. Va aning so‘zlaridindurkim, podshoh kerakkim, borcha eldnn
nima olgay, ammo e’tidol bila, to mulk barqaror bo‘lg‘ay. Yo‘qki, borchag‘a nima bergay bee’tidolliq
bila, to mulk buzulg‘ay.
Sh ye ‘ r:
Chu shah oz olsa bo‘lg‘ay mulk obod,
Chu ko‘b berdi, bo‘lur yuz mulk barbod,
-ya’ni ko‘b bersa, ko‘b olmog‘ lozimdur.
Jolinus hakim Balinosning shogirdidur. Va aning so‘zlaridindurkim, anduh jon bemorlig‘idur.
Bemorkim, nshtahasi bo‘lg‘ay, ul tandurustdin yaxshiroqdurkim, ishtahasi bo‘lmag‘aykim, anga sihat
ortar va munga ranj.
Sh ye ‘ r:
Bemori mushtahiyg‘a salomat nishonidur,
Chun tandurust mushtahiy ermas, ziyonidur.
Batlimus Hakim Jolinus shogirdidur. Va aning so‘zlaridin bukim, qobilning saodati budurkim,
fahim bo‘lg‘ay. Nekbaxt uldurkim, el holidin pand olg‘ay va badbaxt ulkim, aning holidin el pand
olg‘aylar.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
www.ziyouz.com
kutubxonasi
46
Sh ye ‘ r:
Ulus af’olldin sen bo‘l barumand,
Yo‘q ulkim, olg‘ay af’olingdin el pand.
Sodiq No‘shiravoni odil zamonida erdi. Va No‘shiravong‘a nasihatnoma bitibdur. Bu mufrid so‘z
aning so‘zlaridindurkim, shoh va gadog‘a foydasi omdur. «Lo t’kul taoman va fi me’datika
taomo‘n»
76
.
Sh ye ‘ r:
Zarari borcha elga om o‘lgan,
Kim taom ustida taom o‘lg‘ay.
Buzurjmehr No‘shiravoni odilning vaziri erdi. Aning o‘zlaridindurkim, ustodimdin so‘rdimkim,
yigitlikda ne qilmoq yaxshy va qarilig‘da ne qilmoq yaxshi? Dedikim, – yigitlikda ilm kasb qilmoq va
qarilig‘da ani amalg‘a kelturmak yaxshidur.
Sh ye ‘ r:
Yigitlig‘da yig‘ ilmning maxzani,
Qarilig‘ chog‘i xarj qilg‘il ani.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |