253. Abubakr Kafshiriy q. s.
Kafshir Shomda bir kentdur. Ul debdurki, Bani Isroyil tihida borur erdim. Manga parzada o‘tmak va
chboqla havas bo‘ldi. Filhol boqda sotquchining uni keldi tihdaki qoshimg‘a kelturdi. Shayx ul-islom
debdurki, bu karomat emaski, Tasavvuf tariqida beg‘arodur.
Bir darvesh bodiyada suvsiz bo‘ldi, oltin qadahda sovuq suv ollida hozir qildilar. Ul darvesh dediki,
sening izzating haqqiki, bu suvdin ichmag‘aymen, magar bir a’robiy iligidinki, meni silliy urg‘ay va
suv bergay, yo‘q ersa karomot bila suv kerakmas. G‘urur xavfidin muni dedi. Va dedi: qodirsen
angakim, mening javfumda suv ijod qilg‘aysen, ya’ni zohir karomot makrdin emin bo‘lmag‘ay.
Shayx ul-islom debdurki, haqiqat karomot bila durust bo‘lmaskim, haqiqat xud karomotdur va
karomot zuhhod bila abdolg‘a bo‘lg‘ay.
254. Abubakr Dovud Dinavariy q. s
Shomda bo‘lur erdi. Ibn Jallo bila suhbat tutubdur. Ul debdurki, «me’da taom mahalidur, agar anda
halol taom solsang, toat quvvati topqaysen va agar shubha bila bo‘lsa, Haq yo‘lin sanga yopqay va
agar ha-rom bo‘lsa, ma’siyat zoyanda bo‘lg‘ay». Derlarki, ul yuz yil umr topti va uch yuz ellikda
Dinavarda dunyodin o‘tti.
255. Abu Ali Rudboriy q. t. s.
To‘rtunchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad b. Qosim Mansur. Vuzaroning ro‘asoni
abnosidindur va nasabi Qasriyg‘a yetar. Bir kun Junayd q. s. masjidi jome’da so‘z aytur erdiki, aning
ko‘zi masjidi jome’ga tushti, Junayd majlisiga. Junayd biravga so‘z asnosida dediki, [so‘zimni eshit]
1
.
Abu Ali sog‘indiki, anga dedi, turdi va quloq soldi. Junayd kalomi aning ko‘nglida yer tutdi va muassir
tushti, har nedakim bor erdi, boridin chiqti va bu qavm tariqig‘a iqbol ko‘rguzdi. Hofizi hadis erdi va
olim va faqih va adib va qavm sayyidi. Abu Abdulloh Rudboriyning xolidur. Shayx Abu Ali Qotib
derkim, [Abu Ali Rudboriy r. t. dan o‘zga shariat va haqiqat ilmini o‘zida jamlagan kishini
ko‘rmadim]
2
. Abu Ali Kotib har qachon Abu Ali Rudboriyni yod qilsa erdi, «Sayyidino» der erdi.
Shogirdlarig‘a andin rashk qilur erdi. Anga dedilar, nedur buki, ani o‘zungning sayyidi dersen? Dedi,
ul shariatdinha qiqatqa bordi va biz haqiqatdin shariatga kelurbiz. Shayx ul-islom debdurki, to kishini
to‘rdin bo‘sag‘aga eltmaslar, bilmaski, ulkim, bo‘sag‘adin to‘rga boribdur, kimdur? Asru sovug‘
bo‘lg‘ayki, nozdin niyozg‘a yuborgaylar, niyozdin nozg‘a borur va tahoratdin namozg‘a. Abu Ali
Rudboriy Bag‘dodda Junayd va Nuri va Abu Hamza va Masuhiy va alar bilakim, alar tabaqasida
erdilar, suhbat tutub erdi va Shomda Abdulloh Jallo bila. Uni Bag‘dodlig‘dur, ammo Misrda muqim
bo‘ldi va Misriylar va ul yerning so‘filarining shayxidur. Va tasavvuf ahlining shuarosidindur. Naz’
vaqtida debdurkim,
Do'stlaringiz bilan baham: |