259. Abu Ali Roziy q. t. s.
Shayx ul-islom debdurki, ul dediki, qachon ko‘rsangki Haq s. t. xalqdin vahshat berdi, andoqqi
hozirdin asoylamassen va g‘aybni tilamassen, bilki irodasi uldurki, sanga o‘zi bila unsu orom bergay.
260. Abu Ali Xayron q. t. s.
Oti Hasan b. Solih b. Xayrondur. Faqih erdi. Shofe’i jam’ qilib erdi fiqhu vara’ o‘rtasida. Anga taklif
qildilarki, qoziyul quzzot bo‘lg‘ay. Qabul qilmadi. Derlarki, Muqtadyrbilloh xalifaning vaziri Ali b. Iso
kishi yibordikim, Shayx Abu Ali Xayronni kelturgay. To qazoni anga arz qilg‘aylar, Shayx eshitti va
yoshundi. Necha kishini muvakkil qildilarki, chun suvg‘a muhtoj bo‘lsa chiqqay, olib eltgaylar. Un
kundin ortuq chiqmadi. Vazirg‘a bu xabar yetishdi, dedi: qo‘ying, bizga maqsud ul erdiki, xalq
bilgaylarki, bizing mulkda andoq kishi borkim, sharqdin g‘arbg‘acha mulk qazosnn anga bersalar, ul
qabul qilmas ermish. Ul debdurki, [kimki biror narsaga orqa qilsa, aqli ketadi]
1
.
261. Abu Ali Sirjoniy q. s.
Debdurlarki, anga musofire yetishti, bir igna uchun ani yetmish qatla bozorg‘a yibordiki, mundin
yaxshiroq kerak. Ul qarilig‘ va za’f va buzurgluki bila borur erdi va yana bir olib kelur erdi. Yetmish
qatladin so‘ngra bir suzangarni rlib keldikim, nechukkim ul tilagay, saranjom qilg‘ay. Ul musofir
dedikim, darig‘kim, yarim haqimdin ortuq emas ermishsen; agar yasaguchini kelturmasang, yetti yuz
qatla seni yiborgum erdi.,
262. Abdulloh b. Muhammad Ma’ruf Murta’ish q. s.
To‘rtunchi tabaqadindur. Nishoburlik Kuniyati Abu Muhammad. Hiyra mahallasidin. Bag‘dodda
bo‘lur erdi. Iroq mashoyixining yagonasidur, a’immasidin, Abu Hafs Haddod ashobidindur. Va Junayd
q. s. ni ko‘rub erdi. Debdurlarki, Bag‘dodning ajoyibi uch nimadur: Shibliyning za’qasi va
Murta’ishnidg nuktasi va Xuldiyning hikoyati. Murta’ish Bag‘dodda Shuniziya masjidida uch yuz
yigirma sakkizda dunyodin o‘tti yo yigirma uchda. Abu Hafs anga sayohat buyurib erdi. Har yil ming
yig‘och safar qilur erdi, yayog‘ va boshyalang. Va hech shahrda o‘n kundin ortuq turmas erdi, goh
bo‘lg‘ay ediki, uch kundin ortiq bo‘lmag‘ay erdi. Ibrohim b. Muvallid derkim, Murta’ish Raqqa’g‘a
keldi. Ibrohim Qassor aning uchun bir tabaq non va uzum yibordi, Murta’ishning bir mirzi bor erdi va
po‘stnni. Mirzni iyzor qildi va po‘stinni sotti va bir tabaq non va uzum olib, Ibrohim Qassorg‘a
yibordi. Va dediki, non va uzumga non va uzum; agar sening Tengri taolo bila bir holing bor, tashqari
chiq! Ibrohim bizga ayttikim, to mundadur, aning bila so‘zlashmang va anga salom qilmayg. Ul uzun
muddat Raqqa’da iqomat qildi. Bir kun anga yettim. Dedim, yo Abo Muhammad, muncha xorliqkim
sanga yetishti, hanuz mundasen? Dedi: mening bu yerda muncha iqomatimg‘a sabab ushbu erdi, yo‘q
ersa men o‘zga shahrlarda muncha iqomat Qilmas erdim. Murta’ish debdurki, hargiz o‘zumni xavos
botini bila ko‘rmadim, to avom zohiri bila ko‘rmadim. Andin so‘rdilarki, Tasavvuf nedur? Dedikim,
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
ashkol va talbis va kitmon. Ham andin so‘rdilarkim, [qaysi amal afzal?]
1
. Dedi: [Alloh faglini
ko‘rmoq]
2
. Va bu bantnn o‘qidikim,
b a y t:
[agar taqdir qo‘llasa, ojiz kuchliga aylanadi]
3
. Va ham ul debdurki, [rizqlarning afzali yaxshi bandalik
qilish va sunnatga muvofiq xnzmatdir]
4
.
Do'stlaringiz bilan baham: |