Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

 275. Ibrohim Dehistoniy r. t.
 
Shayx ul-islom dedikim, Muhammad Qassob Domag‘onda manga dedikim, ul vaqtki bu diyorda 
Kalom ahli padid bo‘ldilar, men andin ranjur erdim. Qo‘ptum va Shayx Ibrohim Dehistoniyg‘a 
bordimki, andin so‘r-g‘aymen, ya’ni mazhabdin va alarning so‘zidin. Chun aning qoshng‘a yettim 
hanuz andin hech nima so‘rmaydur erdimki, dedi: Muhammad, qayt! [Allohni Allohdin o‘zga kishi 
tanimas]
1
Zunnun q. s. so‘zidurkim, [Al-loh zoti haqidagi ilm – nodonlikdur]
2

 
 276. Ibrohim Marg‘inoniy q. s.
 
Shayx ul-islom debdurki, Ibrohim Marg‘inoniy debdurki, ulcha quloq anglag‘oy – ilmdur va ulcha 
fahm anglag‘ay – hikmatdur va ulcha oning bila eshitilgay va aning bila anglag‘aysen – hayot va 
tiriklikdir.


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
74
 277. Ibrohim Nozuvayh q. s.
 
Kuniyati Abu Ishoqdur. Nishobur mashoyixindindur. Abu Hafs Haddodni ko‘rubdur va Abu Usmon 
Hiriy bila suhbat tutubdur. Anga futuvvatda azim shon : ekandur. Oti Ibrohim b. Muhammad b. Sa’d. 
Ammo anga yaxshi suratdin va xo‘b o‘qumoqdin Nozuvayh laqab qilibdurlar. 
 278. Muzaffar Kirmonshohiy Qirmisiy q. s.
 
To‘rtunchi tabaqadindur. JabAliing kibori mashoyixidindur va sodiq fuqarosidin. Abdulloh Xarroz 
bila suhbat tutubdur. Uz tariqida mashoyixying yagonasi ermish. Va Abbos Shoirning ustodidur. Shayx 
ul-islom debdurki, ul kyochani uch qismat qilib erdi bir qismni namoz qilur erdi va yana bir qismni 
Qur’on o‘qur erdi va yana biri munojot qilur erdi. Va o‘ziga zorliq qilib, bu baytlarni o‘qur erdikim,
 sh ye’r:
[Jigarimni ishq iloni chaqib oldi. Bu dardimning davosi ham, afsungari ham yo‘q. Uning yolg‘iz tabibi 
men ko‘ngul qo‘ygan tabibdurkim, afsunim ham, taryokim ham uning qo‘lidadir]
1

 
Ul debdurki, [orif–qalbini mavlosiga, jasadini xalqiga bag‘ishlagan kishidir]
2
. Va ham ul debdurki
[kimki yoshlar bilan salomatlik va nasihat qilish sharti bilan suhbat qursa, bu suhbat uni baloga giriftor 
qiladi. Salomatlik sharti bilan suhbat qilmaganning holi ne kechadi?]
3
Andin so‘rdilarki, faqir kimdur? 
Dedikim, anga hojati bo‘lmag‘ay, ya’ni hojati barcha ul bo‘lg‘ay. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish