Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
374
o‘tkinchimi degan masalalarga ham e’tiborni jalb etadi. 
2. Fafham – arabcha (undov so‘z). Tushun! Angla! Diqqat qil! demakdir. 
3. Vallohu a’lam– arabcha: xudo biluvchandir demakdir. 
Bu baytda shoir yana o‘sha panteistik ta’limotlarga ko‘ra yaratuvchi bilan yaratilganlar bir-biriga 
oshiq, buni idrok etish kerak, demoqchi bo‘ladi. 
4. Moarafnok – arabcha: seni keragicha bilmaganmiz, ma’nosini bildiradi. 
5. Navoiy yozishga kirishayotgan dostoniing personajlari ta’rifini bosh qahramon Farhoddan 
boshlaydi. Ma’lumki, o‘z manmalarini folklordan olgan Farhod obrazi Firdavsiy «Shohnoma”sida 
Afrosiyobning jangovar sipohsolori sifatida tilga olinadi. Dastavval bu obraz Nizomiyning «Xusrav va 
Shirin» dostonida asosiy personajlardan biri sifatida kiritiladi. Nizomiy Farhodi xalq namoyandasi, 
toshyo‘nar usta. U oqil va insonparvar, g‘oyat savodli va pahlavon. Farhod garchi doston syujeti 
rivojida asosiy rol o‘ynamasa-da, muallifning yetakchi g‘oyasini tushunishda ahamiyati kattadir. 
Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonida esa Farhod oliy nasab shahzoda, taqdirga tan 
beruvchi baxtsiz oshiq qilib tasvirlanadi. Farhod obrazini ilk daf’a birinchi o‘ringa ko‘chirib talqin 
qilgan shoir ozarbayjon adabiyoti tarixida Nizomiy an’analarini davom ettirgan, fors tilida ijod qilgan 
Orif Ardabiliy (XIV asr) edi. Lekin Orifning Farhodida qator manfiy jihatlar, jiddiy qusurlar mavjud. 
Farhod o‘z hunar va muhabbati ila Xusravdan juda ustun ko‘tarilsa-da, muhabbatga munosabati va 
shaxsiy ma’naviyati jihatdan undan farqlanmaydn. «Farhod o‘zining sevgilisi Gulistonni tezda yodidan 
chiqaradi». «Muallif o‘z qahramoni (ya’ni Farhod) o‘limini uning Rum Qaysari o‘g‘li Garoyni 
o‘ldirganligi bilan aloqador qilib talqin qiladi... Bu esa obraz qimmatini ozaytiradi» (Arasli N. Arif 
Ardabili va onun «Ferhadname» poemasi. Baki, 88–89-betlar). 
Alisher Navoiy o‘z dostonida Farhodni asosiy, markaziy qahramon qilib oldi. Uni tom ma’noda 
ijobiy qahramon sifatidagi yangicha talqinini berdi. «Farhod obrazida o‘z davrining ilg‘or g‘oyalarini 
kuylaydi, xalq ommasiga xos qator olijanob xususiyatlarni ideallashtiradi» (Hayitmetov A. Navoiyning 
ijodiy metodi masalalari. 93-bet). 
6. Xito – Chin (Xitoy) mamlakatining shimolidagi viloyat nomi (Sintszyan yoki Koshg‘ar ko‘zda 
tutiladi) (Farhangi zaboni tochik, 471-bet). 
7. Mulkoro – Navoiy asarlarida Chin xoqoni vazirining nomi. U g‘oyat donishmand va tadbirkor 
qilib tasvirlanadi. 
8. Moniy – Ibn Fatak (216–276) – moniylik ta’limotining asoschisi. Sharq rivoyatlarida uni 
mashhur naqqosh va rassom deb ta’riflaydilar. Uning muqaddas kitoblari nihoyatda go‘zal 
miniatyuralar bilan bezatilgan emish, monuviysoz–moniycha Qilib ishlash; Dostonda Farhod uchun 
Xoqon yil fasllariga moslab qurdirgan to‘rt qasrni bezagan naqqosh ustaning nomi. 
Bu baytda esa shoir Farhodning ko‘ngli qasri Moniy korgohidek go‘zal va naqshpardoz qilib 
yaratilgan, demoqchi. 
9. Suqrot – Sokrat (mil. av. 470, 469–399) qadimgi yunon faylasufi. Navoiy dostonda Suqrotni aql 
va hikmatda benazir bir xiradmand sifatida talqin qiladi. 
10. Shirin – bu yerda shoir so‘z o‘yini ishlatgan: Navoiy o‘z salaflari Nizomiy va Xusrav Dehlaviy 
Shirinni jahon ahliga yoqimli, totli obraz qilib yaratdilar, demoqchi. Aytish kerakki, Shirin ba’zi 
ma’hazlar, afsona va dostonlarda goh eronlik, goho oromiynasab, yo rumli, yoki armani deb beriladi. 
Nizomiyda u ozarbayjonlik, Navoiyda esa armaniyalikdir. 
Nizomiy Shirini g‘oyat go‘zal va aqlli, irodali va maqsad yo‘lida izchil bo‘lib, sosoniylar podshohi 
Hurmuz o‘g‘li Xusrav Parvezni sevadi. U hatto Xusrav Parvez Vizantiya qaysarining qizi Maryamga
Isfahon go‘zali Shakarga uylanganida ham nechog‘lik g‘am-alam chekmasin o‘z sevgisiga sodiq 
qoladi. Uni kanal qazuvchilar orasidagi toshkesar Farhod sevib qolganida ham Xusravdan voz 
kechmaydi. Oxiri uning qonuniy xotini bo‘lib qoladi. Shirinning xalqi farovonligi yo‘lida Xusravni 
kayfu-safo, hashamdor maishatlardan qaytarish, mamlakat va xalq taqdiri bilan mashg‘ul bo‘lishga 
da’vat etish kabi olijanob intilishlarini Nizomiy madh etadi. Maryamning o‘g‘li Sheruya toju-taxtga


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish