Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
373
ShARH VA IZOHLAR 

Muqaddima o‘rnidagi bu bob adabiy an’anaga ko‘ra, «hamd» – Alloh taoloning maqtoviga 
bag‘ishlangan bo‘lib, Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi 
bo‘lgan g‘oyaviy niyati haqida so‘z yuritadi. 
1. Baytning birinchi misrasi arabcha: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening (ya’ni Ollohning) 
maqtoving bilan, degan mazmunii bildiradi. Keyingi misrada esa, shoir so‘z o‘yini san’atini ishlatadi – 
«fath» so‘zining ikki ma’nosidan foydalanadi: ma’nolar eshiklarinn ko‘nglimga «ochib» ber va ularni 
«zabt» etishni nasib qil, mazmunida qo‘llaydi. 
Keyingi baytlarda shoir ma’nolar xazinasi qulfiga qo‘lining kalit bo‘lishini, shu vosita bilan barcha 
umidlariga yetishishni tilaydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olamni, olam ahlini manfaatdor etishni 
umid qpladi. Bu baytlarda «maxzan», «durafshon», «gavhartosh», «dur», kabi so‘zlar majoziy, ya’ni 
ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Ular mazmun, ma’no bilan aloqador bo‘lib, buni badiiyat haqidagi ilmda 
«istiora» san’ati deb yuritiladi. 
II 
1. Navoiyning «Farhod va Shirin»i boblari sarlavhalari boshqa dostonlaaridagi kabi ma’lum 
g‘oyaviy va badiiy funktsiyalarni bajaradi. Shoir ularda asos-e’tibori bilan har bir bobdagi yetakchi 
g‘oyani izohlab beradi. Shuningdek, ular badiiy jihatdan ham muayyan vazifani o‘tab, o‘quvchining 
bobda bayon etiladigan voqealarga munosabatini belgilashga xizmat qiladi. 
Bu bob sarlavhasida shoir arab yozuvidagi harflar ifodasiga ishora qilib, shavq dostoni bo‘lmish 
«Farhod va Shirin»da sarvqadlar bo‘yiga o‘xshash «alif», binafsha sochlar jingalagiga o‘xshash 
«lom»larda «Olloh» so‘zi nazarda tutilishini yozadi. Binobarin, bu yerda Navoiy xudo ta’rifi berilishini 
bayon qiladi. 
Bu bobda shoir yozishga kirishayotgan «Farhod va Shirin» dostonining umumiy talqini, undagi 
qahramonlar, personajlarning muxtasar tavsifini beradi, «dard bog‘i» deya ta’riflangan ishq bilan 
aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir xoliq –yaratuvchi xudo sanosi – maqtoviga 
kirishar ekan, eng avvalo, u inson ko‘nglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga 
aylantirganligini madh etadi. Ishqqa «jahonni kuydiruvchi» qudrat baxsh etadigan yaratuvchi husni, 
go‘zallik ta’rifn esa Navoiy davridagi keng tarqalgan tasavvufdagi panteizm ta’limoti tushunchalarita 
aloqadordir. Bu ta’limot «ilg‘or fikrli mutafakkirlar uchun hayot va insonni kuylashga keng imkoniyat 
tug‘dirar va o‘z davri uchun taraqqiyparvar yo‘nalish edi. Demak, Navoiyning yaratuvchi go‘zalligini 
kuylovchi ilhomli misralarini dunyo va koinot go‘zallignning tavsifi desa bo‘ladi» (Qayumov A. 
«Farhod va Shirin» sirlari. Toshkent. 1979. 6-bet). Bobning avvalgi yetti baytida shoir yana majoziy 
ma’nodagi «dard bog‘i», «lola», «gul bargi», «sunbul», «oqar suv», «g‘uncha», «otashin vard» (Kizil 
gul) kabi so‘zlar orqali ishq, uning alamlari, iztiroblari haqida so‘z yuritadi. Buni shoir ilmi bade’dagi 
uyg‘unlashtirish san’ati vositasida amalga oshiradi. Shuningdek, bobdagn «qazo Farhodi amri 
rahnamuni» misrasidan to «Kelib kam zarralardin dog‘i Xusrav» misrasigacha bo‘lgan qismda 
«Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun tog‘iga, aqlni Chin xoqonining vaziri 
Mulkoroga va Suqrotga, tunnn Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning do‘sti Shopurga, 
ajalni otasini o‘ldirgan Parvezning o‘g‘li Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga 
o‘xshatgan holda «shirin», «tilism» so‘zlari Besutun, Xusrav va uning xonandasi Borbad nomlarini 
tilga olib, muqaddimani dostoniing mundarijasiga uyg‘unlashtirgan» (Rustamov A. Navoiyning badiiy 
mahorati, 149-bet). Ayni choqda, bu o‘xshatishlar zamirida shoir doston mundarijasida qahramon va 
personajlar faoliyatn qaysn ko‘lamda kechishi, ular dostonda ijobiy, salbiy rol o‘ynaydimi yoki 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish