www.ziyouz.com
kutubxonasi
375
Shiringa ega bo‘lish maqsadida o‘z otasi Xusravni o‘ldirganida, Shirin erining jasadi ustida o‘zini
halok qiladi.
Xusrav Dehlaviyda Shirin ancha sust, sevgida ham barqaror bo‘lmagan (Xusrav Parvez va Farhod
sevgilariga javobda ikkilanadi), hatto Farhod o‘limidan keyin Xusravdan o‘ch olish maqsadida uning
xotinini zaharlab o‘ldirishgacha yetib boradi. Binobarin, Xusrav Dehlaviy talqinida Shirin vatani va
xalqi qayg‘usini chekkani o‘z aksini topmaydi.
Navoiy esa Shirinni har jihatdan mukammal, Farhodning muhabbatiga loyiq, unga vafodor bo‘lgan
qahramoya qilib yaratadi. «Navoiy tasvirida u nihoyatda go‘zal va bu go‘zallik esa uning ruhiy
dunyosining asosini ham tashkil qiladi. Navoiy Shirinni elning baxtu saodati, yurtning obodonligi
tajassumi sifatida ham tasvirlaydi”. (Erkinov S. Farhod va Shirin // O‘zbek adabiyoti tarixi. II. 242-
bet).
11. Xusrav – Sharq xalqlari og‘zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning tarixiy
ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav II Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga qadaladi. Badiiy adabiyotda,
chunonchi, Firdavsiyning “Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal shoh. Alisher
Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi.
12. Shabdez – qora tusli ot. Xusrav otining nomi. Bu baytda shu so‘z orqali ham kecha
qorong‘uligiga, ham otga ishora qilinmoqda.
13. Shopur – Eroniy mashhur rassom (q. XXXIV bob. 2-izoh).
14. Sheruya – Xusrav Parvezning o‘g‘li.
15. Nikiso – Xusrav Parvezning xos mashhur mashshoqlaridan.
16. Zuhra – Venera, Sharqda erta tongda, G‘arbda kechqurun porlab ko‘rinadigan yorqin yulduz.
Qadim yunonlarda muhabbat ma’budasi sifatida tasvirlangan. Zuhra ba’zan Nohid nomi bilan ham
ataladi. Zuhra go‘zallik, muhabbat hamda musiqa homiysi hisoblanadi.
17. Borbad – Borbud – Xusrav Parvezning mashhur hofizi. Badiiy adabiyotda umuman yaxshi
xonandani anglatadi.
18. Bahrom – Mirrih– Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar homiysi sanalgan.
19. Besutun – Bihistun (Bihishtun)–Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100 km. g‘arbda tog‘
oralig‘idagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda ko‘pincha Farhod nomi bilan aloqali holda tilga
olinadi. Farhod shu tog‘ etaklarida kanal qazigan, shu tog‘ni kesib yo‘l ochgan qahramon sifatida
tasvirlanadi.
Shoir o‘z dostoni «Farhod va Shirin»ni minglab mashhur Besutun yodnomalaridan yuksak deb
ta’riflaydi. Bu bilan adabiyotdagi mubolag‘a san’atini qo‘llaydi, ayni choqda “faxriya” san’atidan ham
foydalanadi.
III
1. Bu bob «Munojot» deb atalsa-da, unda Navoiy insonni yo‘qlikdagi holati, so‘ngra, vujudga
kelishi, go‘dakligi, hayoti to‘g‘risidagi fikrlarni bayon etadi. Shoirning inson yaratilgach, iloh
ixtiyorida bo‘ladi, u taqdir belgilagan ishlarnigina bajaradi, bnnobarin, inson yo‘l qo‘ygan xato,
gunohlar uchun aybdor emas, unga shularni avvaldan ravo ko‘rgan o‘sha yaratuvchi aybdordir, – deya
bildirgan fikrlari uning inson himoyasida nechog‘lik qat’iy turganligini ko‘rsatadi (Qayumov A.
«Farhod va Shirin» sirlari, 10-bet).
2. Mustafo – arabcha tanlangan, saralangan, saylangan demakdir. Muhammad payg‘ambarning
laqabi. Bu va oldingi misralarda Navoiy ilohga murojaat qilib, shu asarni yaratishda madadkor
bo‘lishni iltijo qiladi, bu yo‘lda Muhammad payg‘ambardan ham shafoat yetishishini istaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |