O’zbekiston Respublikasi XTV
Toshkent viloyati XTB
Yangiyo’l shahar ХТB
12-son umumiy o’rta ta’lim
maktabining Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi
Tashpo’latova Nargizaning __-sinfda
« Basketbol to’pini yuqoridan sherigiga uzatish va qabul qilishni o’rgatish. »
mavzusida bir soatlik
Jismoniy tarbiya fanidan dars ishlanmasi.
“…Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy,ham ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish,ularning baxtu saodati,farovon kelajagini ko’rish,dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi”.
Dars ishlanmasi
Sinfi:_____________ Dars o’tish sanasi:_______
Dars mavzusi: Basketbol to’pini yuqoridan sherigiga uzatish va qabul qilishni
o’rgatish.
Darsning maqsadi: 1.O’quvchilarga basketbol to’pini uzatish va qabul qilish
texnikasini o’rgatish.
2.Mashg’ulot jarayonida jamoaviy harakatlanish,o’zaro
do’stlik,bir-birovga hurmat hissini tarbiyalash.
3. O’quvchilarda chaqqonlik, epchillik va tezlik jismoniy
sifatlarini rivojlantirish.
Darsning uslubi:Frontal(yoppasiga),o’quv guruhlariga bo’lib, juft, juft-juft, yakka tartibda.
Dars o’tish joyi: Maktab sport zali, basketbol maydonchasi.
Dars jihozlari: basketbol to’plari.
Dars qismi
|
Darisning borish tarkibi
|
Me’yori
|
Tashkiliy metodik ko’rsadmalar
|
Tayorlov qismi .10-12
daqiqa
|
Saflanish, raport topshirish, salomlashish, yangi mavzuni bayoni.
|
1-2 daqiqa
|
Darsning maqsad va vazifalarini aniq tushuntirish
|
Saf mashqlari (o’nga, chapga, orqaga burilishlar.
|
1-2 daqiqa
|
Qomatni to’g’ri tutishga e’tibor berish
|
Yurish va yugurish mashqlari.
|
1-2 daqiqa
|
Mashqlarni to’g’ri bajarilishini nazorat qilish.
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bajarish:
D.h. 1-oldinga, 2-orqaga, 3- o’nga, 4-chapga boshni egishlar.
D.h. qo’llar yelkada, 1-4 oldinga, 1-4 orqaga qo’llarni harakatlantirish.
D.h. chap qo’l yuqorida, 1-2 oldinga, 3-4 orqaga aylantiramiz. Keyin o’ng qo’l bajariladi.
D.h. qo’llar belda, egilish mashqi, 1-chap oyoqqa, 2- o’rtaga, 3- o’ng oyoqqa, 4 D.h.
D.h. oyoqlar yelka kehgligida, qo’llar belda 1-o’ng oyoq uchiga qo’lni tekkazamiz; 2-qo’llar yerga, 3-chasp oyoq uchiga qo’lni tekkazish, 4-D.h.
|
6-8
daqiqa
6-8 marta
6-8 marta
6-8 marta
6-8 marta
|
Mashqni to’g’ri bajarilishi lozim
Yelkalar kurraklar bilan to’liq bajarilishi lozim
Oyoqlar yerdan uzilmasligi kerak.
Egilish jarayonida tizzalar bukilmasligi lozim.
Egilganda tizzalarni bukmaslik va iloji boricha ko’proq egilishga harakat qilish.
|
D.h. oyoqlar juftlikda, 1-o’tirib qo’llar oldinga, 2-D.h., 3-o’tirib qo’llar oldinga, 4- D.h.
D.h. tik turish, oyoqlar juftlikda 1-sakrab, tizzalarni ko’krakka tekkazish.
D.h. Tik turish qo’llar belda,
1-qo’llarni uzatib, o’tiramiz;
2-D.h.
D.h. o’ng oyoq tizzadan bukilgan, chap oyoqni yonga cho’zib o’tiramiz. 1-chap oyoqqa o’tamiz, 2-D.h.
D.h. qo’llar belda tik turish,
1-otiramiz, 2-D.h.
|
6-8 marta
6-8 marta
6-8 marta
6-8 marta
6-8 marta
|
O’tirganda qo’llarni tekkis tutish.
Sakrash mashqlari oyoqlar uchlarida bajariladi.
O’tirganda qo’llarni bukmaslik lozim.
Mashq jarayonida tizzalarni bukilmasligiga e’tibor berish.
Qo’llarni tekkis ushlash.
|
Asosiy qism. 25-30 daqiqa
|
Basketbol o’yinini kelib chiqishi haqida ma’lumot berish:
Basketbol o’yini 1891 yilda AQSHning Massachuyets shtatida kollej jismoniy tarbiya o’qituvchisi Jeyms Neysmit tarafidan o’ylab topilgan .” “Basketbol” so’zi inglizchadan tarjima qilinganda savat va to’p degan ma’noni bildiradi. Bu o’yinda har jamoadan maydonda 5 nafar o’yinchi qatnashadi.
Maydon o’lchamlari:bo’yi 28 metr,eni 15 metr,o’rta doira radiusi 1,80 metr.
.O’quvchilarga to’pni yuqoridan uzatish texnikasini tushuntirib o’rgatish:
O’quvchilarni ikki juftlikka bo’lib, to’pni yuqoridan uzatish estafetasi uzatiladi.Mashq musobaqa tarzida o’tkaziladi.
O’quvchilar o’z guruhlaridan ajralmagan holda, to’pni yakka holda to’pni yuqoriga uzatib, to’pni ulib olish.
Harakatlanib to’pni bir-biriga uzatish usullarini bajarish.
Ikki taraflama o’quv o’yni.
|
3-5 daqiqa
8-10 daqiqa
|
Berilgan mashqlarni texnikasiga e’tibor berib bejarish.
Berilgan topshiriqni to’g’ri bajarilishini nazorat qilish
|
6-8 daqiqa
8-10 daqiqa
|
Belgilangan masofagacha borib qaytish.
Harakat elementlariga e’tibor qaratish.
|
Yakuniy qism
5-6 daqiqa
|
Qayta bir qatorga saflanish.
Nafasni rostlash mashqlari.Shitga to’p tashlash.
O’quvchilarni baholash.
Xato va kamchiliklarini tushuntirish.
Uyga vazifa berish:Arg’amchida sakrash mashqlari.
|
2-3 daqiqa
2-3 daqiqa
|
Oquvchilarni dastlabki holatiga qaytarib olish.
|
Test savollari:
1.Basketbol o‘yini qanday o‘yin?
a) Basketbol to‘p yordamida guruhlarda qo‘l bilan o‘ynaladigan o‘yin. Unda to‘plar xalqalarga tushuirilishi orqali ochkolar aniqlanadi* .
b) To‘p bilan oyoq yordamida o‘ynaladigan o‘yin.
s) Gimnastik devorlarda o‘ynaladigan o‘yin.
2. Basketbol o‘yinida to‘pni ikki qo‘llab olib yurish mumkinmi?
a) Mumkin
b) Mumkin emas
s) Faqat ikki qadam*
3.Basketbol o‘yining to‘p tashlash elementlaridan ko‘rsating.
a) Yugurib kelib ikki qadam tashlab, bir oyoqni ko‘targan xolda ikkinchi oyoqqa tiralib sakrab tashlash, masofadan turib, ikki qo‘l yordamida to‘pni uloqtirish, ma'lum masofalardan yon va o‘rta tarafdan turib to‘pni uloqtirish*
b) 11 metrli masofadan tepish.
s) To‘pni darvozaga jarima maydonidan turib tepish.
4. Maktab o‘quvchilarida jismoniy tarbiya darslarida qaysi sport turlari o‘rgatiladi?
a) Xokkey, badminton, voleybol
b) Armrestling, suzish
s) Gimnastika, akrobatika, yengil atletika, kross tayyorgarligi, harakatli milliy o‘yinlar, futbol, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, milliy kurash, suzish, raqs elementlari*
5. Umumta`lim maktab o`quvhilari qanday me'yorlani bajaradilar?
a) Umid nihollari
b) Farxod va Shirin
s) Alpomish va Barchinoy*
6. Basketbolda «o‘yin texnikasi» deb nimaga aytiladi?
a) Basketbolda qo‘llaniladigan usulllar*
b) O‘yinchilarning to‘p bilan yaxshi harakat qilishi
s) O‘yinchilarning to‘pni yaxshiroq olib yurishiga
7. Chidamlilik nima?
a) O‘rtacha sur'atda tinimsiz xarakat faoliyatiga bardosh berish qobiliyati*;
b) U yoki bu harakat faoliyatidan tashqi tasirga bardosh bera olish faoliyati;
s) Yugurish va yurish faoliyati;
8. Tezkorlik nima?
a) Tez va o‘ta tez yugurish;
b) Haddan tashqari tez ish bajarish;
s) Harakatni mumkin qadar yuqori tezlikda bajarish*
9. Yotishdan necha soat oldin ovqatlanish lozim?
a) 1 soat oldin
b) 2 soat oldin*
s) 4 soat oldin
10. Kuch deb nimaga aytiladi?
a) U yoki bu darajadagi istalgan harakatga;
b) Tashqi qarshilikni muskullar tarangligi bilan yengishga*?
s) Tosh ko‘tarish, sakrash, tortilish.
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi:__________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |