IV
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
www.ziyouz.com
kutubxonasi
376
Bu bob an’anaviy na’t, ya’ni Muhammad payg‘ambar ta’rifiga bag‘ishlangandir.
1. «Vashshams bila Vallayl» – Qur’on surasi.
2. “Va sallallohu alo shamsi jamolihi va zilli kamolihi” – arabcha: va Ollohning rahmati uning
jamolining quyoshi va kamolining soyasicha bo‘lsin.
3. “Kofu”, “nun”– va harflarining nomi bo‘lib, ular qo‘shilsa, «kun» so‘zi yuzaga keladi. Diniy
ta’limotga ko‘ra, xudo azalda mavjudotni paydo qilishda shu so‘z bilan buyruq bergan deyiladi.
4. Qurratul-ayn – arabcha: ko‘z ravshanlig‘i; ko‘z qorachig‘i. maj. farzand.
5. «Kavn» – mavjudlik, borlik, dunyo; kavnayn – ikki dunyo (u dunyo va bu dunyo).
6. Arsh – osmonning eng yuqori joyi.
7. Kursiy – bu yerda osmon ma’nosida.
8. Mushaf – Qur’on.
9. Batho – Makka atrofidagi tog‘ oralig‘ida bir dara nomi; maj. Makka ko‘zda tutiladi.
V
Bu bob an’anaviy «Me’roj» (payg‘ambarning ko‘kka chiqishiga bag‘ishlanadi.
1. Minaz-zulumoti ilan-nur – arabcha: zulmatdan nur bilan ma’nosini bildiradi.
2. Nuran alo nur – arabcha: nur ustiga nur, demakdir.
3. Nohid – q. Zuhra.
4. Atorud – Utorid – Merkuriy sayyorasi. Forscha Dabir ham deyiladi. U yozuvchilarning,
san’atkorlarning, umuman donishmandlikning homiysi hisoblanadi.
5. Mushtariy – Yupiter – forscha Birjis ham deyiladi. Ilmi nujumda Mushtariyni «Sa’di akbar»
(yuksaklikdagi joy) va «Falak qozisi» deb ham yuritilgan joyi, oltinchi falakda emish.
6. Rafraf – qanot qoqib.
7. «Motag‘o»– Muhammad payg‘ambar madh qilingan oyatdan bir so‘z.
8. «Mozog‘» – Muhammad payg‘ambarning ko‘zi va o‘zi madh qilingan oyatning bosh so‘zi.
9. Qoba qavsayn – ikki yoy oralig‘i, ikki yoy oralig‘icha masofa. Bu yerda shoir ora yaqinligiga
kinoya qiladi.
VI
Bu bob sarlavhasida Navoiy ijodkor qalami ta’rifini va o‘z salaflari «Panj ganj» («Besh xazina»)
muallifi Nizomiy va «Xamsa» yaratuvchisi Xusrav Dehlaviylarga o‘z munosabatini bayon qiladi.
1. «Panj ganj» – buyuk ozarbayjon shoiri Nnzomiy Ganjaviy (1141–1203)ning 5 dostondan iborat
turkumi ko‘zda tutiladi. Nnzomiyning o‘zi 5 dostonini «Xamsa» deb atamagan, undan keyin bu sohada
qalam tebratgan shoirlar, jumladan, Xusrav Dehlaviy uni birinchi «Xamsa» muallifi deb ataganlar.
2. Bayyazallohu taolo avroqa jaroyimiho – arabcha: Olloh taolo uning gunohlari (bitilgan)
varaqlarni oqlasin (ya’ni, uning gunohlarndan o‘tsin) demakdir.
3. Bu yerda shoir qalamni ta’riflab, uning tez yurarligi va qora iz qoldirishini uchqur qora otga
o‘xshatadi.
4. Baytning mazmuni: chopganida quyrug‘ini bayroq kabi ko‘taradi. Uning boshdan oyog‘i
qulog‘idek tilingandir. Bu o‘rinda shoir qamish qalamning xat yozish jarayonidagi holatini
tasvirlamoqda. Ayni choqda, «qalam» so‘zining lug‘aviy ma’nosi (kesilgan, kesik)dan kinoya ishlatib
so‘z o‘yinidan foydalanadi.
5. Bu baytda qora siyohda bitilgan harflar qimmatbaho qora munchoq toshga o‘xshatiladi.
6. Javf – lug‘. ma’nosi qorin, bo‘shliq. Bu yerda qamish qalamning ichidagi bo‘sh kovak ko‘zda
tutiladi.
7. So‘z Nizomiy Ganjaviy haqida boradi. «Ganja orom» iboralari orqali bu buyuk shoir Ganjada
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |