Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
379
11. Bu va keyingi baytlardan Jomiy ham birinchi hotif aytgaklarini ta’kidlagani, ularni shoir qabul 
qilgani va duo olib o‘z hujrasiga ravona bo‘lgani anglashiladi. 
IX 
1. Bu bob sarlavhasida Navoiy dostonini yozishga kirishar ekan, asarning rejasini tuzib olgani, turli 
afsonalar, tarixiy manbalarnn ko‘rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo‘l qo‘yilgan 
xatolarnn tuzatib, o‘z g‘oyalarini qay tarzda ifoda etimoqni niyat qilganini yozadi. Bunda u g‘oyat 
obrazli qilib: «Ma’no nafosatlari mato’ini g‘oyibdan kelgan savdogarlardan hayotim naqdini berib, 
latofat uyining kelinchaklari uchun sotib olmoq va jon ipi va kiprik ignasi bilan namoyish va oro 
libosini tikib, bu bokiralar qadlariga solib jilvalantirmoq»,– deya bayon qiladi (Navoiy. Farhod va 
Shirin. Nasriy bayon muallifi G‘afur G‘ulom, matnni ayrim to‘ldirishlar bilan qayta nashrga 
tayyorlovchi Hayitmetov A. 13-bet). 
2. Bu baytning mazmuni: menga yulduzdek kulib turgan toleim yuqori manzil – «Xamsa»chilik 
yaratishdek yuksaklikdan joy tayyorladi. Keyingi baytlarda bu joyni farishtalar kelib o‘z parlari bilan 
supurgani, osmon yulduzlaridan ko‘z yoshi to‘kib, u yerga suv sepgani haqida so‘z yuritar ekan, shoir 
Sharq she’riyatidagi yopiq istiora san’atidan foydalanadi. 
3. Sharqda maxsus majmar (mijmar) deb atalgan manqalga qora rangli daraxt cho‘plari – udni 
tashlab, yoqimli hid taratish odati qadimdan mavjud. Hindistonning Qumor degan shaharida esa eng 
yaxshi ud bo‘lar ekan. Bu baytda shoir ana shunga ishora qilmoqda. Keyingi baytlarda Navoiy qalamni 
yo‘nib, yozishga kirishar ekan, saodat va iqbol kirib kelib uni muborakbod etganlari ta’riflanadi. 
4. Bu baytda shoir «tuproq ko‘tarsang, katta tepadan ko‘tar», keyingi baytda esa «tuproq olsang 
oltin bo‘lsin» kabi xalq maqollarini ishlatib, she’riyatdagi «irsoli masal» san’atini qo‘llagan. 
5. Nasri toyir–aynan: burgut; maj. burgutga o‘xshab ko‘rinuvchi. yulduzlar turkumining nomi. Uni 
«Uqob» ham deb yuritiladi. Bu yerda shoir doston yozishga kirishar ekan, hatto osmondagi yulduzlar 
turkumi – nasri toyir ham himmat qanotini qoqib gardun qorong‘uligida sayr qila boshladi, deydi. 
6. Bu va keyingi baytlarda Navoiy yozilajak asari yangi bo‘lishi lozimligini, avval shu mavzuda 
yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, shoir o‘ziga 
asos maqsad qilib, adabiyotga yangilik berishni niyat qilib olganligini bildiradi. Bu sohada qalam 
tebratganlar nazm dengizidan ajoyib durlar qo‘lga kiritganini, lekin ancha oliy qimmat durlar hamon 
qolib yotganini bayon etib, ularni olib chiqish va o‘z dilrabo asarimga bezak qilish menga muyassar 
bo‘ldi, – deydi. 
7. Bu bayt mazmunida Navoiy o‘z dostonining ranglarga boy, undagi voqealar ham, qahramonlar 
ham g‘oyat otashin bir tarzda, ta’sirchan qilib yaratilganligini bildiradi. 
8. Bu va keyingi baytlarda shoir ushbu jomdan may ichganlar, ya’ni shu mavzuda doston 
yozganlarning barchasi Xusravning maddohi bo‘lib qoldilar. Ular uning mulkiga, rasm-rusmlari, 
qo‘shiniyu imkoniyatlarini Shabdez otining uchqurligiyu Borbad ismli xonandasining sayrashi, Shopur 
degan yaqinining uzluksiz hiyla-firiblari, Buzurg Ummid nomli vazirining xushomadgo‘yligi uning 
(ya’ni Xusravning) goh Maryam (Rum qaysarining qizi), goho Shakar (Isfahon go‘zali) ismli xotinlarn 
huzurida orom olishiyu Shiringa shohona oshiqlik izhor qilishini madh etdilar. Uni haqiqiy muhabbat 
oyini bo‘lgan dardu balo, azobu iztiroblardan begona bo‘lgan erka bir shoh sifatida talqin qildilar. 
To‘g‘ri, ular ora-sira Farhod haqida ham so‘z yuritdilar. Uni shunchaki tog‘lardagi bir toshyo‘nar qilib, 
Shirin vaslida yelib-yugurgani uchun Xusrav tomonidan o‘ldirilganini bayon qildilar, – deydi. 
Ko‘rinadiki, ularda Farhod obrazi epizodik xarakterga ega. 
9. Bu baytda Navoiy o‘z salaflaridan boshqacha yo‘l tutganini, asos e’tibori bilan mehnatnoma 
(mehnat – mashaqqat, ranj, alam ma’nosida) mazmunini sharh etganligini uqdiradi. 
10. Navoiy Farhod haqida hazin bir doston yaratib, unda Farhod va Shirinni tarannum etishni 
munosib ko‘rgani bu va keyingi baytdan anglashiladi. Binobarin, Navoiy o‘z salaflaridan butunlay 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish