www.ziyouz.com
kutubxonasi
382
farzandidek, deb ta’riflaydi.
XIII
Bu bob sarlavhasida Farhodning dunyoga kelgach, chehrasida muhabbat izlari namoyonligi,
ko‘ngli esa g‘amu dardlarga to‘la ekanligi, u shijoat bilan yigitlik mashqlarini o‘rganganligi bayon
etiladi.
1. «Al-asmou tanzilu min as-samo» – arabcha: ismlar osmondan tushadi, demakdir.
2. Xush, xud, bexud, darxo‘rd, sarxush, noxush kabi «vov» yoki «zamma» bilan yoziladigan
so‘zlardagi «vov»ni «vovi ma’dula», ya’ni «o‘zgartirilgan vov» deyiladi. Shu so‘zlardagi bu harfni
«alif» (a)ga aylantirib, «xash», «xad», «bexad», «darard», «sarxash», «noxash» qabilida talaffuz qilish
mumkin. Lekin yozuvda «vov» saqlanadi.
3. Bu va yuqoridagi uch baytning mazmuni: uning, ya’ni Yangi tug‘ilgan go‘zalning (yuzida
shohlik yog‘dusi, nuri) far ko‘zga tashlanib turgani sababli bu nurdan yeru ko‘k yorishib ketdi..
«Himmat», «Iqbol» va «Davlat» (bu so‘zlarning avvalidagi harflar « » « »«») yuz ko‘rsatib, shu
yog‘dudan ziynat topdilar.
Bu javharlar, ya’ni qimmatbaho ma’nolar go‘dakka taalluqli deb tushunilgach, ularni bir-biriga
qo‘shilsa, «Farhod» ( ) ismi -kelib chiqadi. Bu san’at Sharq poeziyasida muammo deb ataladi. Keyingi
misrada yana shu muammo yo‘li bilan «yog‘du» () ni bayt hodiysi (ya’ni ) to‘g‘ri yo‘lga soldi (ular
biriktirilib nom chiqarildi) va shahzodaga darhol «Farhod» nomi qo‘yilgani aytiladi.
4. Bu va avvalgi uch baytda Navoiy deydiki, ishq go‘dakning pokiza zotini ko‘rgach, «Firoq»,
«Hajr», «Oh» bilan «Dard» (arab yozuvida «Farhod» ismidagi qisqa «a» harfi ifoda etilmaydi, u
«fatxa» orqali talaffuz qilinadi) so‘zlaridan birinchi harflarini biriktiradi va «Farhod» ismini chiqaradi.
Bu bilan shoir bu nomning yana bir tuzilish tarkibi va uning zimnidagi ma’noni bayon etadi.
5. Mofizzamir– arabcha, aynan: zamiridagi; bu yerda «ko‘nglidagi» ma’nosida kelgan.
6. Abjad – qadimgi arab alifbosining sirasini ko‘rsatuvchi sakkizta shartli so‘zning birinchisi va
shu uydirma so‘zlar birikmasining nomi. Bundagi har bir harf ma’lum bir son qiymatiga ham ega
bo‘lgani uchun harflar tartibida alifbo emas, balki raqamlarning o‘sib borishi nazarga olingan. O‘sha
davrda, keyinlar ham maktablarda «abjad»ni maxsus taxtaga yozib, bolalarga harf tanitilgan va
harflarning son miqdori yodlatilgan. Shoir shunga ishora qilmoqda.
7. Suho – Hulqar turkumidagi xira ko‘rinadigan yulduzning «omi. Bu yerda shoir Farhodning
merganligini ta’riflab, shunday xira Yulduzni ham nishonga ola olar edi, – deydi.
8. Turki falak – maj. Mirrih – Mars sayyorasi. Mirrih Sharq adabiyotida urush, jangchilik homiysi
ma’nosida Bahrom ham deyiladi. Shoir Farhodning jangovarlik yarog‘larini mohirlik bilan
egallaganini maqtab, u o‘q otganda Mirrih ham ofarin o‘qiydi, demoqchi.
9. Alburz – Elburs tog‘i. Shoir bu o‘rinda ham ig‘roq san’atini ishlatib Farhod o‘z gurzisi bilan
uning changini chiqarib yuboradi, deydi.
10. Bahrom – q. Mirrih.
11. Hut – aynan: katta baliq; maj. o‘n ikkinchi oftob burji (zodiak)ning nomi, fevral–mart oylariga
to‘g‘ri keladi.
12. Asad – aynan: arslon; maj. oftob burjlaridan beshinchisining nomi, iyul–avgust oylariga to‘g‘ri
keladi.
Bu va oldingi baytlarda Navoiy yana o‘sha ig‘roq san’atini,aqlga nomuvofiq, hayotda mumkin
bo‘lmagan mubolag‘ani ishlatadi. Farhod xanjariniig zarbidan Hutning bag‘ri ezilib suvga aylanib
ketishi, panjasi bilan Asadning bo‘ynini uzib olishi mumkin, deb ta’riflanadi.
13. Ro‘yintan – aynan: bronza tanali; Firdavsiyning «Shohnoma»siga ko‘ra, Eron shohlaridan
Asfandiyorning laqabi. Uning tanasiga zarba yetkazib bo‘lmas ekan. Shoir Farhodning tanasini, uning
kuchini Asfandiyordan ortiq deb ta’riflamoqda.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |