www.ziyouz.com
kutubxonasi
385
istagani, hajrdan so‘z boshlansa, ikki ko‘zidan qonli yoshlar oqqani haqida yozadi. Xullas, Xoqon
o‘g‘lini ko‘ngli uchun nimaiki qilgan bo‘lsa, xato ekanini tushunadi va bundan hayron qolib
sarosimaga tushadi.
XVIII
Bu bob sarlavhasida shoir Xoqonning podshohlik tojini Farhodga bermoqchi bo‘lgani, uning esa
otasidan uzr so‘rab rad etgani bayon qilinadi.
1. Bu baytning mazmuni: bu mamlakat ustida shohlik nog‘orasini chalgan zot so‘z sipohiga
shunday tartib beradi. Bu yerda ushbu dostonni kuylayotgan shoir shunday hikoya qiladi, demoqchi.
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: Burgut va Kuykanak (Ilvasin – mayda parranda ovlaydigan
qushlarning bir turi)ni tutib, ovga solsalar uning ishini bunisi qila olarmidi. Agar arsa – shaxmat taxtasi
bo‘m-bo‘sh qolsa ham undagi shoh donasi o‘rnini baydaq – piyoda egallay olarmidi?! Bu so‘zlarni
Farhod Xoqonning toj taklifiga javoban aytadi.
3. Bu va keyingi 10 baytda Farhod uzrxohlik bilan: – men hali yoshman, vazifa esa ulug‘. Shu
choqqacha barcha ishlardan g‘ofil, yolg‘iz ayshu-ishrat bilan band edim. Endi shoh inoyat qilsa-yu
men biror kichik xizmatga jiddiyroq mashg‘ul bo‘lsam, uning rivoji va kasodini tushunib yetsam,
xatolarimni tuzatib turilsa, ma’lum tajriba orttirgach, har qanday hukm bo‘lsa, bajonidil bajarsam, –
deydi.
XIX
1. Oyinai Iskandariy – Iskandar oynasi. Afsonaga ko‘ra, Iskandar tomonidan temirga sayqal berib
yaratilgan oyina. Go‘yo unda Jamshidning jomidagidek, shu asnoda bo‘layotgan narsalarni ko‘rsa
bo‘lar ekan. Iskandar (356–323) eramizdan avval yashagan makedoniyalik Filippning o‘g‘li. Juda
yoshligidanoq harbiy salohiyat paydo qilib, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa mamlakatlarni
ishg‘ol qilgan. Badiiy adabiyotda Iskandarga bag‘ishlangan asarlar juda ko‘p. Jumladan, Nizomiy,
Xusrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiylarning maxsus dostonlari shular jumlasidandir. Ularda Iskandar
qudratli hukmdor, ideal shoh timsoliga aylangan.
2. Badiiy adabiyotda «Iskandar oynasi» tushunchasi ko‘p ishlatiladi. Bu bob sarlavhasida shoir
Xoqonning Farhodni o‘z xazinasiga olib kirgani, uning esa oltinu javohirlarga nazar solmay Iskandar
oynasi bilan qiziqqani va oynada ajoyib narsalar ko‘ringani haqida yozadi. Bu baytda Navoiy inson
tafakkuriga yuksak baho beradi. Farhod tilidan aytilgan misralarda inson nimaniki bunyod etishga
qodir bo‘lsa, unga fikrlash zamirida erishadi, degan falsafiy tushuncha ifodalanadi.
3. Aflotun – Platon – asl nomi Aristotel (mil. av. 428/ /427. Afina – 348/347) – qadimgi yunon
faylasufi, antik falsafadagi ob’ektiv-idealistik oqimning asoschisi. 407 yillarda Sokrat (Suqrot) bilan
tanishib, uning eng yaqin shogirdi bo‘lib qolgan. Afinada mashhur faylasuflar maktabi – «Platon
akademiyasi»ni yaratgan. Xamsanavis shoirlar Ivkandar atrofidagi olim, mutafakkirlar orasida
Aflotunga ayricha o‘rin ajratgan-lar, uni donishmandlar rahbari sifatida ta’riflaganlar. Bu yerda Navoiy
Iskandar oyinasini har biri Aflotunga teng keladigan 400 nafar dono olimlar yaratgan, deydi.
4. Bayt mazmuni: Xoqonning hikmati bo‘lgan bu ko‘zguda ajib bir tilsim yashiringandir.
5. Bu va keyingi baytlarda ko‘zguda yashiringan tilsimni ochish uchun uch manzilni o‘tish lozim:
birinchisida ajdaho, ikkinchisida Ahraman, uchinchisida yanada mushkulroq sir bor. Ularni yengib
o‘tilsa, to‘rtinchi manzil keladi, unda tog‘ va ichida g‘or bor. G‘orda Suqrot yashaydi. Agar u tirik
bo‘lsa, barcha mushkullarni ochib beradi, agar olamdan o‘tgan bo‘lsa uning ruhiga sig‘inilsa, maqsad
hosil bo‘ladi, degan mazmun bayon etiladi.
6. Buqrot – Gippokrat (mil. av. 460–375)–mashhur yunon hakimi, ilmiy tibbiyotning
asoschilaridan biri. Uning «Kitob al-fusun» («Aforizmlar») nomli kitobi juda mashhur. «Gippokrat
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |