Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet370/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
386
qasamyodi» – shifokor burchi va xulq-atvorining qisqacha ta’rifi shu olim qalamiga mansub deb 
hisoblanadi. Bu yerda Navoiy Suqrot hakimni bilimdon, donishmandlikda zamonasining Buqroti desa 
bo‘ladi, – deya ta’riflamoqda. 
XX 
Bu bob sorlavhasida Farhodning Yunon mamlakatiga borishga azm etgani, Xoqon Mulkoro bilan 
kengashib, Farhodni olib Yunonga qo‘shin tortmoqqa qaror qilgani bayon etiladi. 
1. Baytning mazmuni: Bugun shoh (ya’ni Xoqon) zamonning eng aqlli kishisidir, uning porloq 
ko‘ngli davlat mash’alidir. 
2. Dastur – bu o‘rinda «vazir», ma’nosida ishlatilgan. 
3. Baytning mazmuni: qo‘shin to‘plakadigan vaqtni va joyni tayin qilib, tavochi har garafga bu 
haqda jar soldirdi. 
XXI 
Bu sarlavhada Farhodning maqsadlariga yo‘l topish uchun Xoqonning Yunonga qo‘shin surgani 
va u yerda mamlakat donishmandlari bilan birgalikda Suhaylo hakim g‘origa va barchalari Suqrot 
g‘origa yetishganlarini ma’lum qiladi. 
1. Suhaylo – bu ism Suhayl nomli yorug‘ yulduz nomidan olingan (ast. Konopus). O‘rta asr 
munajjimlari bu yulduz yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, deb biladilar. Bu yerda Yunondagi mashhur 
donishmand hakimning nomi. U ham Suqrot kabi g‘orda yashaydi. 
2. Jomosp – qadimgi Eronning afsonaviy donishmandi va munajjimi. Uni Luqmonning shogirdi 
deb biladilar. Kelajak voqealaridan xabar qiluvchi «Jomospnoma» nomli kitobni shu donishmandga 
nnsbat- beradilar. Navoiy Suqrot g‘origa ketayotganlarga Suhaylo «Jomosp»dan Farhodga yulduzi 
baland degan xushxabar yetkazganini bayon qiladi. 
3. Baytning mazmuni: maqsadim mamlakatlarni fath etish emas, balki tahlikali joylarni yengish 
edi. 
4. Baytning mazmuni: abadiy saodat hamrohlik qilib Atorid yoniga oy bilan quyosh keldilar. Bu 
yerda Navoiy istiora san’atini ishlatadi. U Suhaylo hakimni Atorid, Farhodni oy, Xoqonni esa quyosh 
deb atamoqda. 
5. Bu va keyingi baytlarda Suhaylo tilidan – Jomospning o‘limidan keyin hakimlar uning 
aytganlarini yozib qoldirishlaridan menga ayonki, ming yildan so‘ng Chindan Yunonga bir Farhod 
degan yigit keladi. U ancha qiyinchiliklardan so‘ng Iskandar tilsimini ochadi. Ammo ungacha Farhod 
ajdarni o‘ldirishi kerak, shunda bebaho xazina chiqadi. So‘ngra devni (ya’ni Ahramanni) qatl etishi 
kerak, buni bajarganda Sulaymon payg‘ambarning uzugini qo‘lga kpritadi. Tilsimni ochganida 
Jamshid jomiga ega bo‘ladi. Bularnn Farhod Xoqonga bag‘ishlasin, unga esa Suqrotni ko‘rishi va 
Iskandar oynasi kifoyadir, – deydi. 
6. Sulaymon hotami – Sulaymon – Tavrot bo‘yicha Solomon podshoh, islomda Sulaymon 
payg‘ambar. Diniy rivoyatlarga qaraganda, unga xudoning muqaddas, yashirin va sirli ismi ma’lum 
bo‘lgan va bu so‘z (ismi a’zam) uning hotamiga – uzugiga naqshlangan – o‘yib yozilgan ekan. Bu 
uzuk vositasida Sulaymon faqat odamlarga emas, balki hayvonlar, hasharotlar, insu jinslarga ham o‘z 
hukmini o‘tkaza olar ekan. Sharq adabiyotida uning Sabo (Navoiyda Saibo) diyori malikasi Bilqis 
bilan oshiq-ma’shuqligi hamda sehrli uzugi qalamga olinadi. Navoiy o‘zining «Tarixi anbiyo va 
hukamo” asarida Sulaymon haqidagi rivoyatlarga keng o‘rin ajratadi (q. Alisher Navoiy. Asarlar. 15-
tom, 224–231-betlar). 
7. Samandar – mayda bir jonivor. Afsonalarga ko‘ra, u olovda tug‘ilib, olov ichida yashar emish. 
Bu yerda Suhaylo hakim Farhodga ajdar bilan olishuv paytida o‘t-olovdan saqlanish uchun bir idishda 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish