Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


XXVI  Alisher Navoiy. Farhod va Shirin  www.ziyouz.com



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

XXVI 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
390
Bu bob sarlavhasida Farhodning o‘z mamlakatiga qaytgani va oynada Arman vodiysi va Shirin 
jamolini ko‘rib hushidan ketgani bayon etiladi. 
1. Bu baytda shoir ot ustidagi go‘zal Shirin xatti-harakatini shatranj donalari (shaxmat) va ularning 
yurishlariga o‘xshatib go‘zal obraz yaratadi: U go‘yo quyosh bilan shatranj o‘ynayotgandek ruh va ot 
bilan yurib, uni – quyoshni har soatda yuz marta mot qilar edi. 
2. Bahrom – dostonda vazir Mulkoroning o‘g‘li, Farhodning emikdoshi va yaqin sirdosh do‘sti. 
3. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: (qayta hushiga kelgan Farhod yana ko‘zguga qarasa) uning 
yuzi avvalgidek qorong‘i edi. Uni yasagan donishmand shunday tilsim ishlatgan ediki, ko‘zguga 
qaragan odam qanday shakl ko‘rsa, keyin boshqa ko‘rinmas, tilsimi buzilib qolar edi. 
4. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod) hamma narsani o‘ylab ko‘rgach, aql qonuni bilak ishga 
kirishmoqcha bo‘ldi; lekin u bilmadiki, ishq bedodlik qilsa, yuzlab aql va bilimning qonun-qoidalari 
barbod bo‘lib ketadi. 
XXVII 
Bu bob sarlavhasida Farhodning ishq o‘tinn yashira olmagani, rangi sarg‘ayib ketganidan hakimlar 
dengiz sayohatini maslahat ko‘rganlari bayon etiladi. 
1. Baytning mazmuni: har qanday odam ko‘rsa, ma’lum qilar ediki, bu xoro – toshni, o‘t – olov 
mum qilib yuboribdi. Shoir bu yerda istiora san’atini ishlatgan, «xoro» so‘zidan Farhod ko‘zda tutiladi. 
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhodga) shunday holatlar yuz bergan ekan (ya’ni uning rangi 
sarg‘aygani, harorati ko‘tarilgani va h. k.), ular dimog‘ining yubsi’a – qurishiga sabab bo‘lgan. Endi 
mizojini harorat va qurishlik zabt etibdimi, uning iloji dengiz (ya’ni teskari, zid – dimog‘ni 
yumshatish, haroratni tushirish) – muolajadir. 
3. Shar’iy – uzunlik o‘lchovi, bir shar’iy – 2–3 km. 
Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod dengiz sayohati taklifini eshitgach) dengizdek qalbi jo‘shib 
ketdi, og‘zi kema og‘zidek ochildi, lekin so‘zsiz edi. Xayoli dengiz mavjlariga zanjirdek ulanib, ularga 
yana yuz ming xayollar ulandi. 
XXVIII 
Bu bob sarlavhasida Xoqon va Farhodning katta kemaga tushib, dengizda suzishlari, qattiq shamol 
ko‘tarilib kemani cho‘ktirib yuborgani, Xoqon va Mulkoroni to‘lqinlar Chinga tashlagani, Farhodning 
esa dengizda bir taxta ustida qolib ketgani bayon etiladi. 
1. “Va izal-bihoru fujjirat” – arabcha, (agar) dengizlar to‘lib-toshsa ma’nosida. 
2. «Va izal – jibolu suyyirat» – arabcha, (agar) tog‘lar siljisa ma’nosida. 
3. Baytning mazmuni: (Kemalarning) uchi osmondagi Hut (baliq) va Savr (ho‘kiz) sanchigudek, 
tubi ham yer ostidagn ho‘kiz va balig‘ni yanchigudek edi. Shoir bu yerda ilmi nujumga ko‘ra Hut 
(Baliq) va Savr (Ho‘kiz) deb ataluvchi quyosh burjlariga hamda qadimgi diniy e’tiqodga binoan yer 
go‘yo katta ho‘kizning, ho‘kiz esa baliqning ustida turadi, degan aqidaga ishora qilmoqda. Kemaning 
uchi va tubini baland va chuqurligini bu xilda ta’riflash she’riyatidagi «g‘uluv» san’atiga yaqqol 
misoldir. 
4. Jirmi xok – yer kurrasi. Shoir dengizdagi kemalar va odamlarni qorasi yer kurrasidek tuyilardi, 
deydi. 
5. Dalv – ilmi nujumda o‘n ikki burjdan o‘n birinchisi. Bu yerda shoir dengizdagi baliqlarning suv 
ichishini osmondagi Hutning falak burjidan suv ichganiga o‘xshatadi. 
6. Baytning mazmuni: suvning mavji go‘yo simdan to‘qilgan sovutu uni (baliq) omburdek og‘zida 
tutib ketayotgandek edi. 
7. Baytning mazmuni: qorong‘ilik tushdi, dengizning ham dahshatli to‘lqinlari mayda mavjlarga 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish