kompaniyasining aktsiyalari uchun haqiqatda 25 ming va brokerga komission haqi 0,5 ming
so’m to’lagan. "B" kompaniyasining aktsiyalari uchun 15 ming va komission haqi 0,7 ming
so’m to’lagan. Mazkur holatda moliyaviy investitsiyalar quyidagilarni tashkil etadi:
Uzoq muddatli investitsiyalar bo’lsa:
Dt 0610 Kt 5110 41200 so’m
A kompaniyasi 25 + 0,5 = 25,5 ming so’m
B kompaniyasi 15 + 0,7 = 15,7 ming so’m
Xarid qilingan bahosi bo’yicha 41,2 ming so’m
A va B ning nominal qiymati 20 + 17 = 37 ming so’m.
Qisqa muddatli investitsiyalar bo’lsa:
Dt 5810 Kt 5110
A kompaniyasi = 24,5 ming so’m.
B kompaniyasi = 15,7 ming so’m.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan uzoq muddatli investitsiyalar 06 –
schyotning debeti bo’yicha va ana shu qo’yilmalar hisobiga berilgan boyliklar hisobga
olinadigan schyotlarning krediti bo’yicha aks ettiriladi. Masalan, xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlarning qimmatli qog’ozlarini xarid qilish 0610 – schyotning debeti bo’yicha va
5110 — "Hisob-kitob varag’i", 5210 - "Valyuta hisobvarag’i" schyotlari yoki moddiy va
boshqa boyliklarni hisobga oladigan (agar qimmatli qog’ozlarga haq to’lash moddiy va
boshqa boyliklarni (pul mablag’laridan tashqari) sotuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektga
mulk qilib berish yoxud foydalanishi uchun berish yuli bilan amalga oshiriladigan bo’lsa)
boshqa schyotlarning krediti bo’yicha o’tkaziladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’tkazgan, lekin hisobot davrida ularga xo’jalik yurituvchi
sub’ektning tegishli huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlar (aktsiyalar,
obligatsiyalar, boshqa
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga amalga oshirilgan omonatlar summalari haqidagi
guvohnomalar va boshqalar) olingan uzoq muddatli investitsiyalarni 0610 – schyotda
alohida tarzda aks ettiriladi.
0610 - "Qimmatli qog’ozlar" hisobvarag’ida
hisobga olinadigan qimmatli
qog’ozlarning bahosi to’lanishi (sotib olinishi) va sotilishi 9220 - "Boshqa aktivlarning
tugatilishi" hisobvarag’ining debeti va 0610 – schyotning krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Qisqa muddatli qimmatli qog’ozlarni, ya’ni 5810 - "qimmatli qog’ozlar"
hisobvaraqning hisobini yuritish ham asosan 0610 — schyotning hisobini yuritishga
o’xshashdir.
Investitsiyalarning aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi yo’li bilan
qisman yoki to’liq xarid qilinishi chog’ida ularning
nominal qiymati emas, balki qimmatli
qog’ozlar bozoridagi sotish qiymati xarid qilish qiymati bo’lib hisoblanadi.
141
Investitsiyalarni almashlash yoki boshqa aktivga qisman almashtirish yo’li bilan xarid
qilishda xarid qiymati berilayotgan aktivning bozor qiymatiga asoslangan holda aniqlanadi.
Moliyaviy investitsiyalarning o’z ichiga foizlar ulushini,
hisoblangan dividendlarni
ularni sotib olish vaqtigacha bo’lgan davr uchun bo’lgan qiymat bo’yicha sotib olinishi
xaridor tomonidan sotuvchiga to’langan foizlar summasini chiqarib tashlangan holda xarid
qilish qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Agar moliyaviy investitsiyalar (obligatsiyalar) xarid
qilish vaqtiga kadar hisoblangan foizlar bilan birgalikda sotiladigan bo’lsa,
u holda ularning
foizlarni to’lash kuni bilan to’g’ri kelmaydigan kunlarda sotib olinishi chog’ida xarid va
sotuvchi o’zaro tegishli summani bo’lishib olishlari kerak. Xaridor sotuvchiga
investitsiyalar qiymati bilan bir qatorda ularning so’nggi to’lovi amalga oshirilgan vaqtidan
boshlab o’tgan davr uchun to’lanishi lozim bo’lgan foizlarni to’laydi. Foizlarni to’lashning
navbatdagi muddati kelgan vaqtda xaridor ularni to’liq jami davr uchun oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: