Microsoft Word Moliyaviy hisob


Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobini tashkil qilish



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#232839
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124
Bog'liq
moliyaviyhisob uzl cecd9-разблокирован

5.3. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobini tashkil qilish 
Mamlakatimiz hududida va xorijda to’zilgan boshqa korxonalarning qimmatbaho 
qog’ozlariga, avlod, qo’shma, uyushgan korxonalarning ustav kapitallari (fondlari)ga uzoq 
muddatli qo’yilmalar (investitsiyalar)ning mavjudligi va harakati to’g’risidagi 
ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar"; 
0620 – "Shu’ba korxonaga investitsiya" 
0630 – "Qaram bo’lgan jamiyatlarga investitsiyalar"; 
0640 – "Qo’shma korxonalarga investitsiyalar"; 
0690 – "Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar". 
Aktivlarni investitsiyalarga kiritish tartibi va ularning turlari 12-son "Moliyaviy 
investitsiyalar hisobi", 8-son "Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va avlod 
xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi", 14-son "Moliyaviy hisobotda qo’shma 
faoliyatda qatnashish ulushini aks ettirish" nomli Buxgalteriya hisobining milliy standartlari 
(BXMS) bilan tartibga solinadi. 
Moliyaviy investitsiyalar - bu foizlar, dividendlar, royalti yoki ijara haqi, 
investitsiyalangan tomondan boshqa tushumlarni olish maqsadida xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt ixtiyoridagi aktivlardir. 
Uzoq muddatli investitsiyalar – bu muddati 12 oydan ortiq bo’lgan barcha 
investitsiyalardir. 
0610 – "Qimmatli qog’ozlar" schyotida davlatning foizli obligatsiyalariga va mahalliy 
zayom (qarz)larga, aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalariga va boshqa qimmatbaho 
qog’ozlari (aktsioner, fyucherslar, depozit sertifikatlari va boshqalar)ga uzoq muddatli 
moliyaviy qo’yilma(investitsiya)larning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 
Masalan: Sotuvchi – korxonaga asosiy vositalarni berish yo’li bilan qimmatbaho 
qog’ozlarning sotib olinishi. 
Debet – 0610, kredit – 9210. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshqa korxonalardan qimmatbaho qog’ozlar sotib oldi: 
Debet – 0610, kredit – 5010 (5110, 5210). 
0620 – "Shu’ba korxonalarga investitsiya", 0630 – "Qaram bo’lgan jamiyatlarga 
investitsiyalar" "Qo’shma korxonalarga investitsiyalar", 0640 – "Qo’shma korxonalarga 
investitsiyalar", schyotlarida, muvofiq holda, avlod, qo’shma va assotsiatsiyalashgan 
korxonalarga hamda qaram bo’lgan jamiyatlarga uzoq muddatli investitsiyalarning 
mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 
 
136


0690 – "Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar" schyotida davlat korxonalariga yoki 
boshqa xayriya, ekologiya jamiyatlariga kelajakda moliyaviy naf olish maqsadida qilingan 
uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. 
Shunday qilib, obligatsiyani o’zish (qaytarish) muddati etib kelganda uni chiqargan 
tashkilotga belgilangan qiymatda topshirish imkoniyati yaratiladi. Buning uchun obligatsiya 
va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish qiymati bilan belgilangan qiymat o’rtasidagi 
farq shunday amortizatsiyalangan bo’lishi kerakki, ularni o’zish muddati etib kelishiga 
balans qiymati belgilangan qiymati teng bo’lsin. 
"Uzoq muddatli investitsiyalar" schyotida hisobga olinadigan qimmatli qog’ozlarning 
o’zilishi (sotib olinishi) va sotilishi "Boshqa aktivlarni tugatilishi" schyotinig debetida va 
"Uzoq muddatli investitsiyalarlar" schyotining kreditida aks ettiriladi. 
Boshqa korxonalarga uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni asosiy vosita shaklida 
kiritilgan bo’lsa, 9210 – "Asosiy vositalarni tugatilishi" schyoti kreditlanadi, 0610/90 "Uzoq 
muddatli investitsiyalar" schyoti debetlanadi, agar nomoddiy aktivlar, TMZlar sarf qilinsa, 
9220 – "Boshqa aktivlarni tugatilishi" schyotida kreditlanadi. 
Masalan: 
1. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsionerlik jamiyatidan har biri 50 000 so’mdan 5 ta 
aktsiya sotib olindi. 
Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 250 000 so’m. 
Kredit. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 250 000 so’m. 
2. Aktsionerlik jamiyati shu’ba korxonadan 10 000 so’mdan 50 ta aktsiya sotib oldi. 
Aktsionerlik jamiyati aktsiyaga to’lov sifatida 300000 so’mga baholangan erdan 
foydalanish huquqini berdi va hisob-kitob schyotidan 200 000 so’m pul o’tkazdi. 
Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 500 000 so’m. 
Kredit. 0440 – "Er maydonlari va tabiiy boyliklardan foydalanish huquqi" – 300 000 
so’m. 
Kredit. 5110 – "Hisob-kitob schyoti" – 200 000 so’m. 
3. Nominal qiymati 500 000 so’mlik obligatsiya 438 000 so’mga olindi. Komission 
to’lov 2000 so’m. Obligatsiyalarni o’zish muddati 20 oydan so’ng. Hech qanday oraliq foiz 
to’lovlar ko’zda tutilmagan. Foiz sifatida har oyda muayyan tarzda 3 000 so’m ((500 000 – 
438 000 – 2 000) : 20 q 3 000 so’m) to’lanadi. 
Obligatsiyalarni sotib olish: 
Debet. 0610 – "Qimmatbaqo qog’ozlar" – 438 000 so’m. 
Kredit. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 438 000 so’m. 
Komission to’lov: 
Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 2 000 so’m. 
Kredit. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 2 000 so’m. 
 
137


Har oyda foiz so’mmasi daromadga o’tkaziladi. 20 oydan so’ng foydaga umumiy 
summada 60000 so’m o’tkaziladi, obligatsiyalarning sotib olish qiymati esa uning nominal 
qiymatiga tenglashadi. 
Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 2000 so’m. 
Kredit. 9560 – "Qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar" – 3 000 
so’m. 
Obligatsiyalarni so’ndirish: 
Debet. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 500 000 so’m. 
Kredit. 9220 – "Boshqa aktivlarni tugatilishi" 500 000 so’m. 
So’ndirilgan obligatsiyalarning balans qiymati yoziladi: 
Debet. 9220 – "Boshqa aktivlarni tugatilishi" – 500 000 so’m. 
Kredit. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 500 000 so’m. 
Unda obligatsiyalarni o’zish bo’yicha foyda yoki zarar ko’rsatiladi, lekin haqiqatda 
korhona hisob-kitob schyotiga obligatsiyalarning nominal qiymati kelib tushganda 
sarflangan mablag’dan 60 000 so’m ko’p oldi. Bu daromad mazkur 20 oyning moliyaviy 
natijalarida aks ettirildi, lekin haqiqatda bu daromad faqat 20 oylik muddat oxirida kelib 
tushgan. Yuqoridagi operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish metodikasiga tuzatish kiritish 
zarur. Jahon amaliyotida qabul qilingan tamoyillarga ko’ra bu operatsiyani schyotlarda 
quyidagicha aks ettirish zarur. 
Har oyda obligatsiyalar bo’yicha foiz o’tkaziladi. 20 oydan so’ng obligatsiyalar narxi 
uning nominal qiymatiga tenglashadi. 
Debet. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 3 000 so’m. 
Kredit. 6230 – "Muddati uzaytirilgan daromadlar" – 3 000 so’m. 
20 oydan so’ng obligatsiyalarni so’ndirishga 500 000 so’m kelib tushdi. 
Debet. 5110 – "Hisoblashish schyoti" – 500 000 so’m. 
Kredit. 9220 – "Boshqa aktivlarni tugatilishi" – 500 000 so’m. 
So’ndirilgan obligatsiyalarning balans qiymati qayd etildi: 
Debet. 9220 - "Boshqa aktivlarni tugatilishi" – 500 000 so’m. 
Kredit. 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" – 500 000 so’m. 
O’tkazilgan foiz summasi hisobot davri moliyaviy natijalariga o’tkaziladi: 
Debet. 83 - "Muddati uzaytirilgan daromadlar" – 60 000 so’m. 
Kredit. 9560 - "Qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar" – 60 000 
so’m. 
Umuman, yangi schyotlar rejasi bo’yicha korxona tomonidan xarid qilingan aktsiyalar, 
obligatsiyalar va boshqa shunga o’xshash qimmatbaho qog’ozlarning xarid qilish qiymati 
ularning nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda ularning har biri bo’yicha tegishli 
daromadni hisoblashda xarid va nominal qiymati o’rtasidagi farq hisobdan chiqariladi. 
 
138


Bunda 4830 – "Olinadigan foizlar" yoki 4840 – "Olinadigan dividendlar" (qimmatbaho 
qog’ozlar bo’yicha olinadigan daromad so’mmasiga) schyotlarining debeti va 0610 – 
"Qimmatbaho qog’ozlar" (xarid va nominal qiymati o’rtasidagi farq summasiga), 9520 – 
Dividendlar ko’rinishidagi daromad" (4830 – "Olinadagan foizlar" yoki 4840 – "Olinadigan 
dividendlar" schyotlaridagi summalari o’rtasidagi farqqa) schyotlarining krediti bo’yicha 
yozuvlar amalga oshiriladi. 
Agar korxona tomonidan sotib olinagn obligatsiyalar va boshqa shunga o’xshash 
qimmatbaho qog’ozlarning xarid qilish qiymati ularning nominal qiymatidan past bo’lsa, u 
holda ularning har biri bo’yicha daromadni hisoblashda xarid va nominal qiymat o’rtasidagi 
farq summasiga etkazib qo’yiladi. Bunda 4830 – "Olinadigan foizlar" yoki 4840 – 
"Olinadigan dividendlar" (qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha olinadigan daromad summasiga) 
schyotlarining debeti va 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" (xarid va nominal qiymati 
o’rtasidagi farq summasiga) schyotining debeti hamda 9520 – "Dividendlar ko’rinishidagi 
daromad" (4830 – "Olinadigan foizlar" yoki 4840 – Olinadagan dividendlar"schyotlaridagi 
umumiy summaga) schyotlarining krediti bo’yicha yozuvlar qilinadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan ikkala holda ham: 
• 
qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha korxonaga tegishli bo’lgan daromadni hisoblashda 
hisobdan chiqariladigan (qo’shib yoziladigan) xarid va nominal qiymat o’rtasidagi farq 
umumiy farq summasidan va qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha daromad to’lashning 
o’rnatilgan davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;  
• 
qimmatbaho qog’ozlarning so’ndirish muddatiga ular 0610 – "Qimmatbaho qog’ozlar" 
schyotida hisobga olingan baho bilan nominal qiymatga muvofiq kelishi kerak. 
Uzoq muddatli investitsiyalarni so’ndirish va ularning sotilishi 9220 – "Boshqa 
aktivlarning tugatilishi" schyotining debeti va uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga 
oluvchi tegishli schyotlarning krediti bo’yicha aks ettiriladi. 
0610 – 0690 schyotlari bo’yicha analitik hisob uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar 
turlari va ob’ektlari bo’yicha (sotuvchi korxonalar, qimmatbaho qog’ozlar, avlod, qo’shma 
va uyushgan korxonalar, qaram bo’lgan jamiyatlar va korxona ishtirokchisi hisoblangan 
boshqa korxonalar va boshqalar bo’yicha) yuritiladi. Bunda analitik hisobning to’zilishi 
mamlakat hududidagi va xorijdagi ob’ektlarga uzoq muddatli moliviy qo’yilmalar 
to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkonini ta’minlash kerak. 
Uyushgan obligatsiyalarni sotishdan tushgan daromad u haqiqatda korxonaga kelib 
tushgan hisobot davri buxgaletriya hisobida aks ettirilishi kerak. Uzoq muddatli 
obligatsiyalar operatsiyalari bo’yicha zararlar, qachonki real xarajatlar obligatsiyalarning 
nominal qiymatidan oshib ketsa, obligatsiyalar aylanishi muddati bo’yicha taqsimlanadi va 
teng qismda har oy korxona zarariga o’tadi. 
 
139


Lekin bo’nday operatsiyalar korxona uchun zarar keltiradi, shuning uchun unga yo’l 
qo’ymaslik kerak. 
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko’pincha qirqma tomon bilan chiqariladi, ular bo’yicha 
obligatsiyalar muomala muddati davomida davriy tarzda foiz to’lab turiladi. Bunday 
hollarda obligatsiyalarning xarid va nominal qiymati o’rtasidagi farq har gal korxonaga 
tegishli foiz daromadlari o’tkazilganda qayd etiladi. Agar obligatsiyalarning xarid qilish 
narxi uning nominal qiymatidan ortiq bo’lsa, har bir o’tkazilgan foiz daromadlari qiymati 
obligatsiyalarning nominal qiymatidan oshgan qiymatni so’ndirish hisobiga kamayadi. 
Masalan: 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’ziga tegishli qimmatbaho qog’ozlarning nominal va xarid 
qiymatlari o’rtasidagi farqni aks ettirishi. Nominal qiymati – 40 000, xarid qiymati – 38 
200. 
Debet. 0610; Kredit. 5110. - 38200 so’m 
Yil oxirida qimmatbaho qog’ozlarning xarid va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqning 
(xarid qiymatidan yuqori) aks ettirilishi: 
Dt 0610 Kt 9560 1800 
Qimmatbaho qog’ozlarning kamomadi schyotlar korrespondentsiyasida quyidagicha 
aks ettiriladi: 
Dt 5920 Kt 0610; 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish 
maqsadida turli sohalarga investitsiyalar amalga oshirilmoqda. Bu, albatta, iqtisodiyotni 
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga 
oshirilgan qo’yilmalar ham, boshqa aktivlar singari buxgalteriya hisobi aktivi tarkibiga 
faqatgina bu mablag’dan korxona iqtisodiy foyda ko’rishga ishonch etarli bo’lgan holda 
kiritilishi kerak. Bu xalqaro hisob standartlari kontseptsiyasida qayd etiladi. Buning uchun 
faqatgina mablag’larning mavjudligiga etarli asos bo’la olmaydi. Bu qilingan xarajatlar 
kelgusida korxonaga foyda keltirilishi aniq ishonch bo’lishi zarur. Agar bunday ishonch 
bo’lmasa, bunday xarajatlar korxona uchun aktiv emas, balki zararga aylanadi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish