Aktinolit. Nomi grekcha «aktis» – nur va litos – tosh, tabiatda ignasimon agregatlar holida uchraydi.
Rangi och yashildan to‘q yashilgacha, solishtirma og‘irlgi – 3,1– 3,3. Aktinolit shakli va agregatlarining tuzilishiga binoan qo‘yidagi turlarga bo‘linadi: nefrit – yashirin kristalli, zich joylashgan, yashil, qoramtir yashil;
Aktinolit past haroratda barqaror.
Shox aldamchisi. Monoklin singoniyali, prizmatik ko‘rinishda. Kristallari ustunsimon, prizmatik, ba’zan izometrik shakllarda topiladi. Shox aldamchisi rang-barang yashil yoki qo‘ng‘ir qoramtir hollarda uchraydi, qattiqligi – 5,5–6; ulanish tekisligi 124° burchak bilan (100) prizma bo‘yicha mukammal.
Shox aldamchitsi asos, o‘rta, ba’zan nordon intruziv va vulkan jinslariga mansub rangli mineral hisoblanadi. Bulardan tashqari amfibollarda, kristalli slanetslarda va ba’zan skarnlarda topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |