Microsoft Word Mineral va petro lat doc



Download 4,27 Mb.
bet103/181
Sana31.07.2021
Hajmi4,27 Mb.
#133552
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   181
Bog'liq
2 5373003022144112772ker

Xrizokolla – CuSiO3 · nH2O.

Tarkibi o‘zgaruvchan; singoniyasi aniq emas; ko‘pincha tiniq kolloiddan iborat. Sirti oqiq, tuproqsimon uyumlar hosil qiladi. U havo rang, ba’zida yashil, ko‘k, qo‘ng‘ir. Qattiqligi – 2; mo‘rt, notekis yuzalar bo‘yicha sinadi. Uning solishtirma og‘irligi – 2, tarkibidagi suv 100 °C dan yuqori darajada qizdirilganda ajraladi. U mis konlarining oksidlanish zonalarida yuzaga keladi, quruq issiq iqlimli joylarda keng tarqalgan. Xrizokollaning malaxit, azurit kalsit va boshqa minerallar o‘rnida psevdomorfozalari uchraydi.



Turmalin – (Na, Ca)(MgAl)6[B3Al3Si6](O, OH).

Tarkibi o‘zgaruvchan – SiO2 – 30–44 %, B2O3 – 8–12 %, Al2O3 – 18–41 %, FeO · Fe2O3 – 38 %, MgO – 25 %gacha, Na2O – 6 %gacha, CaO – 4 %gacha va H2O – 4 %gacha. Turmalinning magnitga boy xili «dravit», temirga boyi «sherl», litiyli xili «elvanit» deyiladi. Uning singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal-piramidal. Agregatlari nayzasimon, radial shu’la kabi joylashgan, chalkashib yotgan ignachalar yoki tola-tola holida uchraydi. Uning rangi kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Odatda yashil, pushti, qizil va qora ranglarda bo‘ladi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi 7–7,5; «C» o‘qi bo‘yicha cho‘zinchoq, notekis yuzalar hosil qilib sinadi, solishtirma og‘irligi 2,9– 3,3. Turmalin pegmatitlarda pnevmo-gidrotermal jarayonlarda, ba’zan kristallik slanetslarda, gneyslarda paydo bo‘ladi. U ko‘pincha kvars, topaz minerallar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda uchraydi. Turmalinning shaffof rangli, tiniq chiroyli xillari zargarlikda bezak buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.



Vollastonit – Ca3[Si3O9] yoki CaSiO3, nomi kimyogar V.Vollaston (1766–1828) sharafiga qo‘yilgan. Tarkibi CaO – 48,3 %, SiO2 – 57,7 %, ba’zan FeO – 9 %gacha borligi aniqlangan. U triklin singoniyali, kristall qiyofasi-tabletkasimon, ko‘pincha «B» o‘qi bo‘yicha cho‘ziq kristallar hosil qiladi. Agregatlari varaqsimon, radial shu’lasimon yoki nayzasimon, ba’zan to‘rdek to‘qilib ketgan tolalardan iborat. U kul rang, oq, goho qizg‘ish, shishadek yaltiraydi. Ulanish tekisligi yuzalari sadafdek tovlanib turadi. Qattiqligi – 4,5–5; solishtirma og‘irligi – 2,7–2,9 atrofida. Vollastonit-kontakt-metasomatik jarayonlarda (skarnlarda) yuzaga kelib granatlar, diopsid, gedenbergit, vezuvian, sheelit va sulfit minerallari bilan birga uchraydi.

Rodonit – (Mn, Ca)SiO3. nomi grekcha «rodon»-pushti so‘zidan olingan. Tarkibida: MnO – 46,0–30,0 %, CaO – 4–6,5 %, ba’zan FeO – 2–12 % bo‘ladi. Triklin singoniyali, simmetriya ko‘rinishi pinakoidal, ko‘pincha uchraydigan kristallari tabletkasimon izometrik, goho prizmatik yoki yaxlit zich massalar holida uchraydi. Rodonitning rangi o‘ziga xos pushti-kul rang; shishadek yaltiraydi, ulanish tekisligida yuzasi sadafdek tovlanadi; qattiqligi – 5–5,5; solishtirma og‘irligi – 3,4–3,7. U past haroratda paydo bo‘lib, rodoxrozit, bustamit, boshqa marganets minerallari va sulfidlar bilan birga topiladi. Faqat rodonitdan tashkil topgan minerallar bezak buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.



Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish