O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
MINERALOGIYA VA PETROGRAFIYA
Kasb-hunar kollejlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma
Toshkent
«IQTISOD-MOLIYA»
2010
Taqrizchilar: O‘zMU mineralogiya va geokimyo kafedrasi professori, g.m.f.d, R.I.Koneyev; TDTU geologiya, mineralogiya va petrografiya kafedrasi dotsenti, g.m.f.n. K.A.Odilxonov; S.Rahimov politexnika kasb-hunar kollejining katta o‘qituvchisi R.G‘.Pirmuhamedov
Qo‘shmurodov O.
Mineralogiya va petrografiya. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. O.Qo‘shmurodov, B.Shukuriddinov. – T.: «IQTISODMOLIYA», 2010, - 240 b.
Shukuriddinov B.
BBK…….……..
O.Qo‘shmurodov, B.Shukuriddinov. Mineralogiya va petrografiya. Kasbhunar kollejlarining «Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha geologiya qidiruv ishlari, geofizika ishlari va geologiya qidiruv quduqlarini burg‘ilash mutaxassisliklari uchun yozilgan va o‘quv dasturlariga mos keladi.
Mineralogiya bo‘limida kristallar va ularning eng asosiy xossalari, elementlari, kristallar panjarasi va simmetriyasi hamda singoniyalarining qisqacha bayoni, minerallar to‘g‘risida umumiy ma’lumot, ularning fizik xossalari hamda mavjud tasnif bo‘yicha eng asosiy minerallarning ta’rifi keltirildi. Petrografiya bo‘limida magmatik, cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslarining paydo bo‘lishi, struktura va teksturasi, yotish shakllari hamda tabiatda eng ko‘p uchraydigan jinslar ta’rifi berilgan.
O‘quv qo‘llanmadan foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilish bo‘yicha ishlayotgan barcha yosh mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
ISBN 978-9943-13-188-0 © «IQTISOD-MOLIYA», 2010 SO‘ZBOSHI
«Mineralogiya va petrografiya» o‘quv qo‘llanmasi kasb-hunar kollejlarining «Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha geologik qidiruv ishlari, geofizik ishlar va geologiya qidiruv quduqlarini burg‘ilash mutaxassisliklarining o‘quv dasturiga muvofik yozildi.
Qo‘llanmada kristallar, minerallar va tog‘ jinslari haqidagi barcha ma’lumotlarni davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi va kollej o‘quvchilarining bilim darajasini hisobga olgan holda bayon qilishga harakat qilindi.
Qo‘llanma matnini tuzish va bayon qilishda mualliflar ko‘pchilik mutaxassislar qo‘llaydigan va tan olingan ma’lumotlar hamda geologik atamalardan foydalanib, soddadan murakkablikka o‘tish tamoyili asosida, o‘quvchining yoshiga mos keluvchi qiziqishlarini xisobga olgan holda ifoda qilishga asosiy e’tiborni qaratdilar. Mavzularda uchraydigan, chet tildan kirib kelgan ko‘pgina so‘z va atamalarning o‘zbek tilidagi ma’nosi imkon qadar keltirildi.
Mineralogiya bo‘limida 100 dan ortiq asosiy ma’dan va tog‘ jinsi hosil qiluvchi minerallar, petrografiya bo‘limida esa 40 yaqin tabiatda eng keng tarqalgan asosiy tog‘ jinslari ta’rifi berildi.
Ushbu qo‘llanmada dunyoda birinchi marta O‘zbekiston geolog olimlari va yirik mutaxassislari tomonidan kashf etilib, diyorimiz hududida topilgan minerallarning qisqacha tarifi berilgan.
Qo‘llanmani yozishda mualliflar hozirgi kungacha chop etilgan adabiyotlar va o‘z ma’ruza matnlaridan foydalandilar hamda ko‘p yillik pedagogik va ishlab chiqarish tajribalariga suyandilar.
Mualliflar qo‘llanmani tayyorlashda har taraflama amaliy yordam bergan mineralogiya va geokimyo kafedrasi muhandisi F.M.Sa’dullayevaga minnatdorchilik bildiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |