Kristallografik shakllariga qarab ikki guruhga: monoklin va rombik piroksenlarga bo‘linadi.
Enstatit – Mg2[Si2O6]. Tarkibida SiO2 – 60 %, MgO – 40 %, ba’zan NiO – 0,2 %gacha uchraydi. Rombik singoniyali, rombo-dipiramidal, kristallari prizmatik, tabletkasimon qiyofalarda. Rangsiz, yashilroq tovlanadi, goxo yashil, yaltirashi shishadek, qattiqligi 5,5.
Enstatit magniyga boy magmatik jinslarga mansub mineral. U olivinlar bilan bir assotsiatsiyada peridotitlar tarkibida uchraydi. Effuziv jinslarda (bazaltlarda, andezitlarda) ham yuzaga keladi.
Gipersten – Fe2[Si2O6]. Tarkibida temir miqdori 14 %dan ortiq; fizik xususiyatlari bo‘yicha enstatitga o‘xshash. Rangi yashildan yashil-qoragacha, solishtirma og‘irligi – 3,3–3,5. Temirga boy asos magmatik jinslarda (gabbro-norit, andezitlarda) uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |