Slyudalarning rangi kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib, kaliyli temirsizlari rangsiz, temirga boylari esa qoramtir, ayrimda qora.
Muskovit – KAl2[(OH,F)2AlSi3O10]. Monoklin singoniyali, kristallarning qiyofasi plastinkasimon yoki tabletkasimon bo‘lib, ko‘ndalang kesimi psevdogeksagonal yoki rombga o‘xshash bo‘ladi. Agregatlari yaxlit varaq-varaq donador yoki tangachalardan iborat massalar holida uchraydi. Muskovitning qattiqligi – 2–3; solishtirma og‘irligi – 2,7–3,0. U jins hosil qiluvchi mineral sifatida ba’zi bir intruziv nordon jinslarda, greyzenlarda topaz, kvars, volframit, kassiterit, molibdenitlar bilan bir assotsiatsiyada mavjud. Granit-pegmatitlarda benixoya yirik kristallari, kundalangi 1–2 m keladigan uyumlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |