Biotit – K(Mg,Fe2+, Mn)3[Oh,Fe3+Si3O10]. Tabiatda keng tarqalgan mineral. Monoklin singoniyali, monoklin-prizmatik, tabletkasimon, ustunsimon va piramidal qiyofalarda bo‘ladi. Rangi – qora, qo‘ng‘ir, qizg‘ish, yashilroq tuslarda bo‘ladi. U shishadek yaltiroq, yuzasi sadafdek tovlanadi. Qattiqligi – 2–3, solishtirma og‘irligi – 3– 3,12. Mikroskop tagida pleoxroizmi aniq ko‘rinadi. Biotit magmatik jinslarning jins hosil qiluvchi minerali sifatida, ba’zan xol-xol donalar sifatida uchraydi. Uning yirik kristallari pegmatitlarda paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |