Minerallarning shaffofligi.
Minerallarning o‘zidan nur o‘tkazish xususiyati ularning shaffofligi deb ataladi.
Hamma minerallar shaffoflik darajasiga qarab quyidagicha guruhlarga bo‘linadi:
shaffof minerallar: tog‘ billuri, island shpati, topaz va boshqalar;
yarim shaffof minerallar: zumrad, sfalerit, kinovar va boshqalar;
shaffof bo‘lmagan minerallar: pirit, magnetit, grafit va boshqalar.
Minerallarning rangi.
Minerallarning rangi kelib chiqishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: 1) idioxromatik, 2) alloxromatik va 3) psevdoxromatik ranglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |