Microsoft Word Mineral va petro lat doc



Download 4,27 Mb.
bet18/181
Sana31.07.2021
Hajmi4,27 Mb.
#133552
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   181
Bog'liq
2 5373003022144112772ker

Psevdoxromatik rang. Ayrim shaffof minerallar rangining xilma-xil bo‘lib tovlanishi «psevdoxramtizm» deyiladi. Grekcha «psevdo» – qalbaki degani. Mineral yuzasiga tushayotgan nurning uning ulanish tekisligi darzlari ichki yuzalaridan, ba’zan qandaydir aralashmalar yuzasidan qaytishi psevdoxramitk ranglarni keltirib chiqaradi. Bu xodisani suv ustida suzib yurgan kerosin, yog‘ yoki neftning har xil «kamalak rangidek» tovlanib turadigan pardasida kuzatishimiz mumkin. Bu shaffof moy po‘stining ostki (suvdan ajratib turadigan) va ustki (havo bilan cheklangan) yuzalaridan qaytgan yorug‘lik nurining boshqa ranglarga ajralishi bilan bog‘liqdir.

Bunday aldamchi rang hodisasi qattiq shaffof minerallarda ham bo‘ladi. «Labradorit» degan ziynat tosh buning ajoyib misolidir. Uning ayniqsa jilolangan yuzasida ma’lum burchakka burab qaraganda har joy-har joyi chiroyli ko‘k va yashil bo‘lib tovlanib-chaqnab ko‘rinadi. Bu holat tarkibiga ko‘ra asosiy massadan ajralib turadigan boshqa minerallarning yupqa plastinkachalari aralashmasi borligi bilan bog‘liqdir.

Amaliy ish paytida minerallarning rangi biror yaxshi tanish bo‘lgan jism yoki modda rangi bilan taqqoslanib, qiyosiy aniqlanadi. Shuning uchun ham minerallarning rangi ko‘pincha qo‘sh nom bilan yuritiladi. Masalan: sutdek oq, asaldek sariq, jezdek sariq, qirmiziqizil, zumraddek yashil, olmadek yashil (xom olma rangida), shokoladdek qo‘ng‘ir, qo‘rg‘oshindek kul rang, qalayidek oq va h.k. Bunday aniqlashlarning hammasi qiyosiy (nisbiy) bo‘lishiga qaramay, ular qabul qilingan va mineralogiyaga oid jahon adabiyotida uchraydi.

Quyida bir qator minerallar uchun doimiy bo‘lgan ranglarning ko‘p qo‘llaniladigan nomlari keltiriladi:





1. Gunafsha rang – ametist

9. Qalayisimon – oq arsenopirit

2. Ko‘k – azurit

10. Qo‘rg‘oshindek kul rang –



molibdenit

3. Yashil – malaxit

11. Po‘latdek kul rang – aynama



ma’dan

4. Sariq – auripigment

12. Temirsimon qora – magnetit

5. Sarg‘ish-qizil – krokoit

13. Havo rang – kovellin

6. Qizil – kinovar

14. Misdek-qizil – sof tug‘ma mis

7. Qo‘ng‘ir – limonitning g‘ovak xili

15. Jezsimon-sariq – xalkopirit

8. Sarg‘ish-qo‘ng‘ir – limo- nitning oxrasimon xili

16. Tilladek-sariq – oltin.


Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish