Kristallarning tarangligi. Ma’lumki, qattiq jismlarga tashqi mexanik kuchlar (siqish, cho‘zish, bosish va x.k.) ta’sir etsa, ularning tashqi ko‘rinishi va xajmi o‘zgaradi, ya’ni oldingi bo‘limda aytilganidek, deformatsiyalanadi. Agar tashqi kuch ta’siri ma’lum me’yorda bo‘lib, undan keyin olib tashlansa, qattiq jism o‘zining avvalgi holatiga (ko‘rinishiga) qaytadi.
Bu hodisa qattiq jismning taranglik xususiyati deyiladi. Tashqi kuch ta’siri me’yoridan oshib ketsa, qattiq jismning ichki tuzilishi buziladi, sinadi, pachoqlanadi. Bu «qaytmas deformatsiya» deyiladi.
Qattiq jism deformatsiyalangandan so‘ng o‘zining avvalgi holatiga qaytishi «qattiq jismning tarangligi» deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |