Qattiqlik
«Qattiqlik» – deb minerallarning tashqi ta’sir etuvchi mexanik kuchga qarshilik ko‘rsata olish darajasiga aytiladi. Dala sharoitida minerallarning faqat nisbiy qattiqligini aniqlash mumkin. Mutlaq qattiqligini aniqlash faqat laboratoriya sharoitida amalga oshiriladi. Ularning nisbiy qattiqligini aniqlaydigan, amaliyotda keng ko‘lamda qo‘llaniladigan oddiy usullar juda ko‘p. Bu usullar asosan minerallarning biri ikkinchisining tomonlari yuzasida iz (chiziq) qoldirishga asoslangan. Qattiqligi yuqoriroq bo‘lgan mineral undan yumshoqroq bo‘lgan mineral yuzasida iz qoldiradi. Iz qoldirgan mineral qattiqligi yuqoriroq degan xulosa chiqariladi.
1822-yili Avstriya mineralshunosi Fridrix Moos (1773–1839-yy.) tomonidan etalon sifatida nisbiy qattiqlik jadvali (shkalasi) ishlab chiqildi (4-jadval).
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |