Elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatlari. Kristallar tarkibi, ichki tuzilishi, atom va ionlarning o‘zaro bog‘lanish turlariga qarab elektr tokini har xil o‘tkazadi. Atomlari metall bog‘lanishga ega bo‘lgan, sof metall kristallar tokni yaxshi o‘tkazadi.
Masalan: mis, temir va boshqalar. Aksariyat ionli va kovalentli bog‘lanishga ega bo‘lgan ko‘pgina kristallar va minerallar oddiy sharoitda elektr tokini o‘tkazmaydi (dielektrik). Lekin bu bog‘lanishlardagi ko‘pgina kristallar ishqalanganda, qizdirilganda, cho‘zganda, qisganda zaryadlanish va tok o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ba’zi bir kristallarni qizdirganda elektrlanishiga «piroelektriklik», qisganda elektrlanishiga – «pyezoelektriklik xususiyati» deyiladi. Bular amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, texnika sohasida keng kulamda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |