Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
Belter shlyapaga qaradi-da, jilmaydi. 
— Kechikmayman, ser, endi kechikmayman! 
Tis o‘kirdi: 
— Hoziroq pullarni egalariga qaytar! 
Belter tavoze bilan egildi-da, unga pulni uzatdi, biroq Tis pulni olmadi; shunda negr pullarni uning 
oyog‘i tagiga — qoq yerga qo‘ydi. 
— Mana sizning pulingiz, ser, — dedi u, — katta rahmat. 
Belter jilmaygancha egarga sakrab o‘tirdi-da, otga qamchi bosdi. U cholga tashakkur bildirdi: ular 
yonma-yon ketib borar edilar va ko‘p o‘tmay ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi. 
— Itdan tarqagan! — dedi ko‘zlarini qisib quyoshga qaragancha shivirlab Tis, — itdan tarqagan... 
— Pulni yerdan ol, Semyuel — dedi kimdir ayvondan.  
Butun yo‘l bo‘ylab shu narsa sodir bo‘lmoqda edi. Oyoqyalang bolakaylar yugurib kelishardi-da 
quloqni qomatga keltirib qichqirar edilar: 
— Bisotida borlar yo‘qlarga yordam beradilar! Hamma ozod bo‘ladi! Bir boyvachcha qarzidan 
qutulsin, deb bir kambag‘alga ikki yuztalik “ko‘k”idan berdi! Yana bittasi boshqa kambag‘alga o‘ntalik, 
beshtalik, o‘n oltitalik “ko‘k”idan berdi — hamma joyda shunday qilishayapti, hamma shunday 
qilayapti! 
Oq tanlilar aftlarini bujmaytirib o‘tirishardi. Ular ko‘zlarini qisib olgan, xuddi o‘tdek kuydiruvchi 
shamol va chang yuzlariga savalayotgandek aftlarini burishtirib olishgandi. 
Semyuel Tis g‘azabdan bo‘g‘ilardi. Ayvonga yugurib chiqdi-da, o‘tib ketayotgan olomonga yeb 
qo‘ygudek tikildi. U to‘pponchasini havoda o‘ynatardi. Azbaroyi nafratdan o‘zini qo‘ygani joy topolmas 
edi va hammaga, unga ko‘z tashlagan har bir negrga yuzlangancha ovozining boricha bo‘kira 
boshladi: 
— Gum! Yana raketa uchdi! — Og‘zini to‘ldirib vahima bilan dedi. — Gum! Yopiray! 
Qop-qora boshlar oldinga qaragan, hech kim o‘zini eshitayotgandek qilib ko‘rsatmayotgandi, faqat 
ko‘zlarining oqi birrov ko‘rinardi-da, suzilgancha g‘oyib bo‘lardi. 
— Ta-ta-tax! Hamma raketalar tariqday sochilib ketdi! Qichqiriqlar, dahshat, o‘lim! Gumm! Ey 
xudovandi karim! Menga nima, men shu yerda qolaman, ona-Yerimda! Kampirsho uyaltirib 
qo‘ymaydi! Ha, ha! 
Changni to‘zitgancha tuyoqlar taq-tuq qiladi. Siniq ressorli furgonlar titraydi. 
— Gumm! — Tisning ovozi qo‘rquvni chang va charaqlagan osmon sari quvishga harakat qilib, issiq 
havoda tanho jaranglardi. — Qars! Qorayaloqlarni butun koinot bo‘ylab tirqiratib yuborishdi! Iloyo 
meteoritlar balosiga uchrab, raketalaring chil-chil bo‘lsin! Koinotda nima ko‘p, meteorit ko‘p! Sizlar 
bilmas edilaringmi? Shunday! Mo‘r-malaxday bosib yotibdi koinotni, hatto undan ham ko‘p! 
Raketalaringiz esa yuzdagi xoldek, sopol naychaday har tomonga sochilib ketadi! Qora treska 
to‘ldirilgan zang bankadan nima farqi bor! Paqildoqdek paq-paq-paq yoriladi, tamom. O’n mingta 
nobud bo‘lgan, yana o‘ng mingta. Yer atrofida abadiy aylanib uchib yuraveradi, muzdekkina, 
qoqsholgina, baland-balandlarda, arshi a’lolarda! Eshitayapsizmi, hoy, odamlar! Eshitayapsizmi?! 
Jimlik. Daryo keng o‘zan bilan tinimsiz oqadi. Barcha kulbalarni obdon yalab o‘tadi. Undagi bor 
bud-shudni yuvib ketadi, u soatlarni, kir yuvish taxtalarini, shoyi qiyqimlarini va parda karnizlarini olib 
ketadi, allaqaerlardagi uzoq qora dengizga oqizib ketadi. 
Kunduz soat ikki. Toshqin sal o‘ziga keladi, oqim sayozlashadi. Keyin daryo butunlay qurib qoladi. 
Shaharda sukunat hukmronlik qiladi. Uylarga, o‘tirib olgan erkaklarga, baland, issiqdan mung‘aygan 
daraxtlarga yengil gilamdek qo‘nadi. 
Jimlik. 
Ayvondagi erkaklar quloq soladilar. 
Hechqisi yo‘q. Shunda ularning tasavvuri, ularning fikrlari oldinga, shahar chekkasidagi o‘tloqzorga 
uchadi. Kallai sahardan butun atrofni tovushlarning odatdagi uyg‘un sadosi qoplaydi. Joriy qilingan 
tartibga sodiqlar unda-bunda qo‘shiq xirgoyi qilishadi; butalar tagida oshiq-ma’shuqlar qiqirlashadi; 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish