www.ziyouz.com kutubxonasi
69
Silli boshini chayqadi.
— O’zim bilib olib olaman.
— Ular sening raketaga allaqanday lash-lushlaringni olaveradi deb o‘ylaysanmi?
— Men o‘zim bilan olib olaman, — muloyim ohangda takrorladi o‘smir.
U do‘kondan uycha tomonga chopib ketdi. Uning supurayotgani va sarishta qilayotgani eshitilib
turardi. Hayal o‘tmay Silli yana paydo bo‘ldi. Pirildoqlar, zo‘ldirlar, eski varraklar va bir necha yil
davomida to‘planib qolgan turli ashqol-dashqollarni ko‘tarib olgan. Shu zahoti ford yetib keldi. Silli
mashinaga o‘tirib eshikni yopdi.
Tis ayvonda zaharxanda jilmaygancha tik turardi.
— Xo‘sh, u yerda nima qilmoqchisan?
— Do‘konimni ochmoqchiman, — javob berdi Silli. — Shunaqa do‘kon qurmoqchiman.
— Obbo muttaham-ey, shuning uchun menga yollangan ekansan-da, ishni o‘rganib olib, keyin bu
hunardan foydalanish uchun juftakni rostlab qolmoqchi bo‘lgan ekansan-da!
— Yo‘q, xo‘jayin, men hech ham unday o‘ylaganim yo‘q, bunday bo‘lishini bilganim ham yo‘q, lekin
shunday bo‘lib qoldi. Hunar o‘rganib gunoh ish qilibmanmi, mister Tis?
— Hali raketalaringga nom ham qo‘yib olgandirsan?
Qoratanlilar o‘zlarining yagona soatlari — fordning uskunalar taxtasidagi soatiga qarashdi.
— Ha, xo‘jayin?
— Hoynahoy, “Ilya”, “Jang aravasi”, “Katta g‘ildirak” yoki “Kichik g‘ildirak”, “Sadoqat”, “Umid”,
“Muruvvat” bo‘lsa kerakdir?
— Biz kemalarga nomlar o‘ylab topganmiz, mister Tis.
— “Farzand-Xudo” va “Avliyo-arvoh”mi? Ayt-chi, bolakay, bitta raketani Baptistlar cherkovi
sharafiga nomlasalaring nima qilibdi?
— Endi boraylik, mister Tis.
Tis qah-qah urib kuldi.
— Nahotki birontasini “Pastroq uch”, yoki “Sharofatli arafa” deb nomlamagansizlar?
Mashina o‘rnidan jildi.
— Xayr, missis Tis.
— Sizlarda “Sochilinglar, mening suyakchalarim” degan raketa bormi?
— Xayr, mister!
— “Iordan orqali” degani-chi? Vah! Bo‘pti, yigitcha, jo‘na, raketangda gumdon bo‘l, parvoz qil,
portlasa ham bir tomchi ko‘z yosh to‘kmayman!
Mashina chang buluti ichida yelib ketdi. Silli xiyol o‘rnidan turdi-da, kaftini og‘ziga karnay qilib,
so‘nggi bor Tisga qichqirdi:
— Mister Tis, mister Tis, endi tunlari nima ish qilasiz? Tunlari nima ish qilasiz?
Sukunat. Mashina uzoqlarda ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Yo‘l huvillab qoldi.
— U nima demoqchi bo‘ldi, shaytondan tarqagan? — dedi hayron bo‘lib Tis. — Tunlari nima qilar
ekanman?
U changning o‘tirishiga qarab turdi va birdan gap nimadaligini anglab qoldi.
U tunlari uyi yonida avtomashinalar kelib to‘xtaganini, ularda esa qop-qora qiyofalar bo‘lishini,
tizzalar osilib turishini, undan yuqoriroqda miltiq millari ko‘rinib turishini go‘yo mudroq daraxtlarning
qop-qora shoxlari ostida bir mashina to‘la turnalar turgandek bo‘lishini eslab qoldi. Yana darg‘azab
ko‘zlar... Gudok, yana gudok, miltiqni qo‘lida siqib ushlagan, o‘zicha hiringlab kulgancha eshiklarni
qarsillatib yopadi, yuragi boladek o‘ynab ketadi. Yoz tuni qo‘ynida yo‘ldagi ola-tasir poyga boshlanadi,
mashina poli ustida yo‘g‘on arqon o‘rami ko‘rinadi, yangi patronlar qutichalaridan paltoning
cho‘ntaklari qappayib turadi. O’tgan yillar ichida bunday kunlardan nechtasi o‘tgan ekan — qahrli
ko‘zlar ustiga tushib turgan soch tutamlarini silab o‘ynayotgan qarshi shamol, yaxshi, baquvvat,
mahkam daraxtni ko‘rgandagi tantanavor hayqiriqlar va kulba eshigini chertish!
— Shunga shama qilgan ekan-da, itdan tarqagan! — Tis qorong‘idan yo‘l ustiga sakrab chiqdi. —
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |